Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə51/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

Tayanch so‘z va iboralar

Prognozlash ob’ekti demografik jarayonlarning xususiyatlari, o‘zagrish tendensiyasi, o‘sish dinamikasi. Mamlakat aholisining tarkibiy tuzilishi. Aholi migratsiyasi, tarkibiy o‘zgarishi. Ishchi kuchi, shahar va qishloqlarda ularning tarkibiy tuzilishi. Demografik jarayonlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni belgilovchi omillar. Aholi sonini prognozlash, demografik ko‘rsatkichlarni prognozlash usullari va modellari. O‘zbekistondagi mehnat resurslarining tarkibi va ularni prognozlashning o‘ziga xos xususiyatlari.


MAVZU-16. TARMOQNING IQTISODIY RIVOJLANIShINI PROGNOZLASh


Reja:

1. Tarmoqdagi mahsulot talabini prognozlashtirish


2. Talab doiralari va ularning talabdagi ulushini aniqlash, retrospektiv ma’lumot to‘plash, prognozlashtirish usulini tanlash, tarmoq mahsulotiga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha talab modelini ishlab chiqish
3. Ishlab chiqarish resurslari talabini prognozlashtirish.
4. Tarmoqning prognozlashtirish tarkibi


16.1. Tarmoqdagi mahsulot talabini prognozlashtirish

Iqtisodiyot tarmoqlarini prognozlashning qiyinchiligi shundaki, tarmoqlar mahsulotiga bo‘lgan iste’mol hajmini aniqlashdadir. Shuning uchun bunday prognozlashni ishlab chiqishda uning barcha komponentlari yaxshilab baholash kerak. iqtisodiyotdagi aniq bir mahsulotga bo‘lgan iste’molni aniqlash, bu sohani prognozlashning asosidir. Buning uchun sohaning butun iqtisodiy tahlil qilish, va iqtisodiyot tarmoqlari qonuniyatlarini ko‘rib chiqish kerak. jamiyatda ushbu mahsulotga bo‘lagan iste’mol talabini qondirilishi va ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash kerak. samaradorlikni baholashda bir qator ko‘rsatgichlar tizimidan foydalaniladi, ular ishlab chiqarish omillari holatini ko‘rsatib beradi, ular quyidagilar; mehnat unumdorligi, fond qaytimi, kapital quyilmalar qaytimi ko‘rsatgichi, material sig‘imi


Ishlab chiqarish resurslarini prognozlashtirishda asosiy fond va ishlab chiqarish kapital quyilmalarga kerak bo‘ladigan mehnat va moddiy resurslarga bo‘lgan talabni aniqlashdan iboratdir. Qiziqarli ma’lumotlar21
U shbu prognozning aniqligiga qarab tarmoq ishlab chiqarishini rivojlanish darajasi va hajmi rejalashtiriladi. Iqtisodiyotda mavjud iste’mol hajmi balan ishlab chiqarishning umumiy hajmi teng bo‘lishi kerak. Buning uchun tarmoqlarning ishlab chiqarish imkoniyati va forydalanish darajasini bilish kerak. Ushbu ko‘rsatgichni prognozlashtirish tarmoqning ishlab chiqarish kuchini va undan ma’lum muddat mobaynida foydalanishini aniqlash imkonini beradi. Bir paytning o‘zida ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar tarmoq yo‘nalishi, tarmoqda ilmiy texnika taraqqiyoti darajasi, boshqa tarmoqlar bilan aloqasi va boshqa omillar inobatga olinadi.


16.2. Talab doiralari va ularning talabdagi ulushini aniqlash, retrospektiv ma’lumot to‘plash, prognozlashtirish usulini tanlash, tarmoq mahsulotiga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha talab modelini ishlab chiqish

Tarmoq iqtisodiy rivojlanishini prognozlash uchun avvalo o‘sha tarmoqning maxsulotga bo‘lgan uzoq muddatli talabini aniqlash kerak.


Talab (ehtiyoj)ni prognozlash jarayoni qo‘yidagi bosqichlardan iborat:

  • Prognoz ob’ektini belgilash.

  • Prognozdan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni aniqlash.

  • Prognozlash vaqtini aniqlash.

  • Talab doiralari va ularning talabdagi ulushini aniqlash.

  • Retrospiktiv ma’lumot to‘plash.

  • Prognozlash usulini tanlash.

  • Tarmoqning mahsulotga bo‘lgan ehtiyoji (talabi) bo‘yicha model va xisob ishlab chiqish.

Talab ishlab chiqariladigan va noishlab chiqariladigan shaklda bo‘ladi.
Xar bir yo‘nalish xisob-kitob qilinadigan, talab aniqlanadigan tarmoq va ishlab chiqarish guruxlariga ajratiladi. Talabning aniqlanishi uchun turli xil usullardan foydalaniladi. Bular normativ usul, oddiy-o‘rtacha usul, ekstropolyatsiya usuli, morr-regress usul va boshqalar.
Normativ usul bilan talab aniqlanishida eng asosiysi normativlarning aniqlanishidir. Ogoxlantirishdan kelib chiqqan xolda bularning qisqa davr ichida ilmiy asoslangan talab normativlari asos qilib olinadi. Uzunroq davr uchun normativlarning o‘zi eng avvalo ilmiy - texnikaviy rivojlanish, ishlab chiqarish strukturasi va boshqa ko‘pgina omillar ta’sirida funksiyalar sifatida o‘rtaga chiqadi. Normativlar aniqlanganda maxsulot talabini hisoblab chiqish qiyin emas.
talab (ehtiyoj)
Aij-talab normasi ij maxsulot, i talab
Bi-i talab
Qisqa muddatli prognozlashda ba’zan oddiy-o‘rtacha usul xam ishlatiladi. Bu usulda talab o‘tgan yillardagi realizatsiya xajmidan kelib chiqqan xolda aniqlanadi.
Bu usulda ko‘rib chiqilayotgan davr ichidagi realizatsiya xajmlari qo‘shilib, davrlar soniga bo‘linadi:




Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin