Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Mamlakat aholisining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə49/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

15.2. Mamlakat aholisining tarkibiy tuzilishi

Demografik prognozlar aholi dinamikasini uning jinsiy yosh strukturasi, tug‘ilish, xududiy harakati tugrisidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida kurib chiqdi. Demografik prognozlash oilalarning kelajak sonini ularning urtacha kattaligi, aholi ko‘chma oqimlarining intensivligi, yunalishlari, faol mehnat faoliyati, davomiyligi va boshqalar tugrisida prognoz axborot olish imkoniyatini beradi.


Demografik prognozlar asosida jamiyat ehtiyojlari xajmi va strukturasi, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash tizimi taraqqiyoti va boshqalar rejalashtiriladi. Shu tahlil demografik prognozlar ijtimoiy taraqqiyot va xayot darajasini oshirish prognozlari bilan izchil bog‘langan. Demografik prognozlashni amalga oshirishda usullarni tanlash muhim jihat hisoblanib, ularning yordamida aholining kelajakdagi sonini yanada aniqroq belgilash mumkin. Aholi sonini prognozlashning asosiy usullaridan biri komponentlar usuli hisoblanib, uning mohiyati asosiy komponentlarning kelajak dinamikasi, ya’ni tug‘ilishlar va o‘lishlar soni, xududga kuchib kelishlar va kuchib ketishlar sonini jamlashdan iborat. Butun mamlakat miqyosida aholi sonini prognoz qilishda dastlabki ikki komponent yetarlidir.


15.3. Ishchi kuchi, shahar va qishloqlarda ularning tarkibiy tuzilishi

D emografik prognozlashlashning yetakchi o‘rinlaridan biri mehnat resurslari sonining perspektiv baholanishi hisoblanadi. Uning negizi aholining jinsiy yosh strukturasi bo‘yicha sonining prognozi sanaladi, buning asosida mehnatga layoqatli 16—55 (59) yoshdagi aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.


Prognozlashda eng avvalo mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishning barcha tomonlarini qamrab oluvchi mavjud qonuniyatlar va ularning shakllanishi, takomilashishi va qo‘llanilishi bo‘yicha o‘rganish lozim. Bularning barchasi shunga muvofiq statistik yoki boshqa axborot to‘planishini talab qiladi.
Aholi sonini prognozlashda ekstropolyatsiya va matematik modellash usullaridan keng qo‘llaniladi.
Immigratsiya usuli asosida dinamik qatorlardan foydalangan holda aholi harakatining turli komponentlari prognozlari aniqlanadi. Bu prognoz o‘rta va uzoq muddatli davr uchun yaratiladi. Hozirgi paytda matematik modellash usullari va birinchi navbatda omilli tahlil usuli keng qo‘llanilmoqda.
Aholi sonini prognozlash modeli tenglamalar tizimi ko‘rinishida tuziladi.
U=a0+a1x1-a2x2+a3x3
Bu yerda: x1 –tug‘ilish,x2 –o‘lim, x3 –migratsiya.
X1=b0+b1z1k+b2z2+ b3z3
X2=s0+s1z1+ s2z2+ s3z3
X3=d0+d1z1+ d2z2+ d3z3… va xokazolar.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin