11.1. Iqtisodiy-ijtimoiy prognozlashtirish modellarining klassifikatsiyasi.
Model iqtisodiy prognozlashning, tadqiqot qilinayotgan jarayonlarni ilmiy jihatdan bilish dastaklardan biri hisoblanadi. Modellashtirish jarayonining mazmuniga ob’ekt yoki jarayonni dastlab o‘rganib olish, uning muhim tavsilotlarini yoki belgilarini aniqlash asosida modellarni tuzish, modellarni nazariy va sinovli tahlil qilish, modellashtirish natijalarni ob’ekt yoki jarayon to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan taqqoslash, modelni to‘g‘rilash va aniqlashtirish kabilar kiradi.
Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganish vositasi iqtisodiy-matematik modeli hisoblanadi. Iqtisodiy-matematik modeli o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy tizimni hosil qiluvchi elementlarining asosiy o‘zaro aloqasini izohlab beruvchi rasmiylashgan nisbatlar tizimini ifodalaydi.
Iqtisodiy va ijtiomiy parognozlash modellarining ayrim turlari optimallashtirish mezoni yoki eng yaxshi kutilayotgan natijaga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan, iqtisodiy-matematik modellar (unda xarajatlar minimallashtiriladi) va masalan imkon qadar ko‘p mahsulot olishga qaratilgan modellar ajratiladi. Qiziqarli ma’lumotlar14
V aqt omilini hisobga olgan holda modellar statistik (ya’ni modelda rejali davr mobaynida muayyan bir vaqt kesimi uchun chegaralar qo‘yilgan va bu sharoitlarda xarajatalar minimalashtiriladigan yoki yakuniy natija maksimallashtiradigan holatlar mavjud) yoki dinamik (bu holatda chegaralar butun rejali davr uchun samarani huddi shunday minimallashtirish yoki makismallashtirish sharoitida bir nechta vaqt kesimi uchun o‘rnatilgan).
Chiziqli, nochiziqli turdagi ko‘p omilli modellar prognoz qilinayotgan ko‘rsatkichning darajasi va dinamikasiga bir vaqtning o‘zida bir nechta omillarning ta’sir etishini hisobga olishga imkon beradi. Ushbu modellar jumlasiga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalarni tavsiflovchi modellar, aholi daromadlari, narx, to‘yinganlik darajasi, unumli iste’mol me’yorlari va h.k. ga qarab alohida iste’mol buyum uchun talabni tahlil qilish modellari kirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |