Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Mavzu-8. IShSIZLIK VA INFLYATSIYa DARAJASINING IQTISODIY TAHLILI



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə21/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

Mavzu-8. IShSIZLIK VA INFLYATSIYa DARAJASINING IQTISODIY TAHLILI


Reja:

1. Aholi bandligi siyosati, usullari va yo‘nalishlari


2. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari, turlari, asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari
3. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari va hisoblash usullari


8.1. Aholi bandligi siyosati, usullari va yo‘nalishlari

Aholi bandligini muayyan darajada barqaror ushlab turish har qanday mamlakat oldida turgan murakkab vazifalardan sanaladi. Bandlik sohasida bozorning o‘zini o‘zi avtomatik suratda tartibga solish jarayoniga ta’siri har doim ham sezilmaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan barcha mamlakatlarda doimiy, bandlik sohasiga ta’sir ko‘rsatish shakllari va vositalari jihatidan egluvchan choralarni qo‘llash asosida bandlikni tartibga solish siyosati amalga oshirilmoqda. Aholining to‘liq va samarali bandligini ta’minlash har qanday demokratik jamiyatning muhim vazifalaridan biridir.


Bandlik siyosati – bu jamiyat va uning har bir a’zosining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi chora tadbirlar yig‘indisidir.
B andlik sohasidagi davlat siyosati ikkita asosiy vazifani hal qilishga qaratilgan: birinchidan, amalda investitsiyalanadigan kapitalning ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish. Jadal va foydali amal qiladigan kapital ishchi kuchidan samarali foydalanishning eng muhim dalilidir; ikkinchidan, mehnatga layoqatli aholini kishilarning me’yordagi hayot kechirishlarining muhim sharti sifatida ish joylari bilan ta’minlash.
Aholi farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davlatning an’anaviy vazifasi hisoblanadi.
Davlat mehnat bozorida ikki turdagi siyosatni, ya’ni passiv va aktiv siyosatni amalga oshirishi mumkin. Passiv siyosat ish izlayotgan fuqarolarni ro‘yxatga olish, ishsizlik nafaqasini tayinlash, uni taqdim qilish tizimini tashkil etish, ishsizlar va ularning oilalarini qo‘llab quvvatlashning pulsiz shakllarini amalga oshirish bilan cheklanadi.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin