Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə10/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

Tayanch so‘z va iboralar

Makroiqtisodiy jarayonlar va ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy tahlilining ob’ekti sifatida. Tahlilning mohiyati va boshqarishdagi o‘rni. Iqtisodiy tahlilning o‘ziga xos xususiyatlari. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirish uslubiyoti. Tahlil uslubiyotini shakllantirishda tizimli yondashuv. Makroko‘rsatkichlar tahlilning yuqori darajadagi murakkab ob’ekti, ularning miqdoriy jihatdan shakllanishi. Iqtisodiy tahlil usullari va ularni amalda qo‘llashning asosiy tamoyillari, tahlil ob’ektining xususiyatiga qarab ularni tanlash uslubiyoti. Makroiqtisodiy tahlilning amaliy ahamiyati, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda iqtisodiy tahlil natijalarining o‘rni va ahmiyati.



Mavzu-3. MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLAShNING AXBOROT TA’MINOTI


Reja:

1. Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarning shakllanishi va ularning turlari


2. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti sifatida
3. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishda axborot texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishlari.


3.1. Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarning shakllanishi va ularning turlari

M akroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi – mamlakatda ishlab chiqarishning umumiy hajmi, inflyatsiya sur’atlari, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar.


Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Quyida eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning asosiy turlarini, shuningdek, bozor va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda inflyatsiya, bandlik, ishsizlik, real ish haqi darajasini o‘lchash va tahlil qilish usullarini ko‘rib chiqamiz. Ushbular esa ayni paytda axborotob’ektlari hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq sektorlar va tarmoqlarning murakkab yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Uning eng muhim tavsiflari - tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmi, inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish sur’atlari, bandlik, ishsizlik va daromad darajalari. Ushbu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, ularning o‘zgarishi haqidagi axborot milliy hisob varaqlar tizimida to‘liq aks ettirilgan. Makroko‘rsatgichlar tahlil va prognozlash uchun asosiy axborot ob’ekti hisoblanadi.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin