2.1. Tahlilning mohiyati va boshqarishdagi o‘rni. Iqtisodiy tahlilning o‘ziga xos xususiyatlari.
X alqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish Xalqaro Valyuta fondi, Jahon Banki,Osiyo taraqqiyoti banki kabi xalqaro moliya tashkilotlar faoliyatiga qatnashish bir qancha qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Bulardan biri bo‘lib mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini tahlil qilganda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini bir xil usul va uslublarda hisoblash kiradi. Mamlakatni iqtisodiy holatini, o‘tkazilayotgan joriy chora tadbirlarini zarurligini, samarasini baholashda iqtisodiy tahlil juda katta ahamiyatga ega. Tahlilning muhim vazifalaridan biri bo‘lib mamlakatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni modellashtirishning sifatini oshirish, o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosatni natijalarini aniqlashdir.
Makroiqtisodiy tahlil ko‘rsatilgan iqtisodiy agregatlarni o‘zgarishlarini tushuntirib, iqtisodiyotda kutilmagan o‘zgarishlarni oldini olish va chora tadbirlarni ko‘rish uchun mamlakat mamuriyatiga belgilani ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ygan. Mamlakatda sodir bo‘ladigan holatlarni aniq tahlili va undan keyingi zarur bo‘ladigan siyosatni ishlab chiqish, aniq iqtisodiy va statistik ma’lumotlari sistematik ravishda to‘planishni talab etadi.
Makroiqtisodiy tahlil shunday vositadirki, uning yordamida makroiqtisodiy tahlil axborot ta’minoti, real sektor, to‘lov balansi, budjet-soliq siyosati, pul-kredit siyosati, bandlik, ishsizlik va inflyatsiya darajalar ustidan nazorat yuritish mumkin bo‘ladi.
2.2. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirish uslubiyoti. Tahlil uslubiyotini shakllantirishda tizimli yondashuv.
Uslub deganda u yoki bu ishni bajarishning usullari, eng maqsadga muvofik koidalari majmuasi tushiniladi. Iqtisodiy tahlilda uslub deganda, tahlil maqsadiga erishish uchun ma’lum ko‘rinishda buysundirilgan, korxona iqtisodiyotini tadqiq qilishning analitik usullari va tartiblari tushiniladi.
Iqtisodiy tahlil uslubini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va xususiy uslablarga. Umumiy uslub - bu milliy iqtisodning turli tarmoklarining turli ob’ektlarini o‘rganishda bir xilda foydalanadigan tadqiqot tizimidir.
Xususiy uslub - umumiy uslubni iqtisodiyotning ma’lum tarmog‘i,ishlab chiqarishning ma’lum turi yoki ma’lum tadqiqot ob’ektiga karab aniqlashtiriladi.
Kompleks tahlili (KT)ning o‘tkazish, albatta uning tartibini aniqlab olishni taqazo qiladi. KTni bajarishda qo‘yidagi bosqichlar ajratilib ko‘rsatiladi:
|