Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


F anni o‘qitishdan maqsad



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə4/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

F anni o‘qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi.
Fanning vazifasi – talabalarni iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlilini amalga oshirish; iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish; ularga milliy hisoblar tizimi(MHT)ga ko‘ra asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usullarini o‘rgatish; mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlashtirish; iqtisodiy qonunlarning budjetsoliq, pulkredit sohalarida amal qilish xususiyatlarini ko‘rsatish; talabalarda makroiqtisodiy jarayonlarni, iqtisodiy operatsiyalarni tahlil qilish asosida ularni samarali boshqarish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish; prognozlashning barcha usullaridan keng foydalanishni bilgan holda, iqtisodiyotning aniq bir sohasida rivojlanishni prognozlash va ularni rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat.


1.3. Makroiqtisodiy tahlil va MHTning roli

Makroiqtisodiy tahlil turli iqtisodiy o‘zgaruvchilar orasidagi funksional o‘zaro aloqalarning parmetrlarini baholashdan iborat. Makroiqtisodiy tahlil o‘tkazilganda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish keng qo‘llaniladi.


Makroiqtisodiy tahlilning vositalari quyidagi modellardir: ekonmetrik, vaqtli qatorlar, imitatsion, umumiy muvozanat. Yuqorida aytilgan modellar milliy hisoblar tizimi doirasida joriy, o‘zgarmas narxlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sishning sur’atlarida tuziladi.
Milliy Hisoblar Tizimi makroiqtisodiy hisoblarning, aktiv va passiv balanslarning hamda jadvallarning mantiqiy ketma-ket, butun to‘plamidan iborat.
U larning asosida xalqaro darajada kelishilgan qator tushunchalar, tasniflar va hisoblar qoidalari yotadi. Hisoblarning kompleks tizimi iqtisodiy tahlil, qaror qabul qilish va siyosat, ishlab chiqarish maqsadlari to‘g‘ri keladigan shaklda iqtisodiy ma’lumotlarni tuzish va berish imkonini beradi.
MHT makroiqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni makroiqtisodiy tahlil ehtiyojlari uchun kerakli shaklga tizimli ravishda keltirishga imkon beruvchi buxgalteriya hisobining tizimi sifatida ishlab chiqilgan. U milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlari tahlilida, baholashda va monitoringida muhim rol o‘ynovchi axborotning uzluksiz oqimini tashkil etish uchun xalqaro hamjamiyat tan olgan asosdan iborat.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin