1.4. Makroiqtisodiy tahlildan foydalanish sohalari
1. Makroiqtisodiy tahlil.
2. Turli davrlar uchun ma’lumotlarning solishtirma tahlili.
3. Mamlakatlararo yoki o‘zaro tahlil.
Turli mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqqoslash. MHT xalqaro tashkilotlar tomonidan foydalaniladi, ta’riflanish va tasniflanishning tegishli xalqaro andozalarga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlarni berishga imkon beradi. Bu ma’lumotlar asosida XVFga a’zo mamlakatlarining kvotalarini hisoblashda imtiyozli yordamga huquqlar haqida qarorlar qabul qilinadi. Umuman olganda, mamlakatlararo tahlil t urli mamlakatlardagi iqtisodiy holatni taqqoslash uchun qo‘llaniladi.
Markaziy rejalashtirishda pirovard ishlab chiqarish hajmini baholash uchun boshqa tizim – Moddiy Mahsulot Tizimi (MMT) ishlab chiqarish, uning doirasida ishlab chiqarish yalpi hajmi ko‘rsatkichi bo‘lib moddiy ishlab chiqarishning sof mahsuloti xizmat qilgan. MMTning MHTdan asosiy farqi shundaki, MMTda amortizatsiya va nomoddiy xizmatlar sektorining qo‘shilgan qiymati hisobga olinmagan.
MHTda iqtisodiyotning 5 ta asosiy sektori farqlanadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar, moliyaviy sektor, hukumat va tashqi sektor.
Tayanch so‘z va iboralar
Fanning maqsadi va vazifasi. Hodisalar to‘plami. Statistik ma’lumotlar. Milliy hisoblar tizimi. Makroiqtisodiy tahlilning vositalari. Ekonometrik vaqtli qatorlar, imitatsion, umumiy muvozanat. MHT. Mamlakatlararo yoki o‘zaro tahlil. Moddiy mahsulot tizimi. MHTda iqtisodiyotning asosiy sektori. Makroiqtisodiy jarayonlarini prognozlash. Prognozlash usullari va modellashtirish asosiy mohiyati va tasnifi.
Mavzu-2. MAKROIQTISODIY TAHLILNING USLUBIYoTI VA USULLARI
Reja:
1. Tahlilning mohiyati va boshqarishdagi o‘rni. Iqtisodiy tahlilning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirish uslubiyoti. Tahlil uslubiyotini shakllantirishda tizimli yondashuv.
3. Makroiqtisodiy tahlilning amaliy ahamiyati, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda iqtisodiy tahlil natijalarining o‘rni va ahmiyati.
Dostları ilə paylaş: |