Ikkinchi bosqich. Bu bosqichning asosiy maqsadi tizimning barcha elementlariga, ularning o‘zaro (tashki va ichki) bog‘lanishlariga,uning mavjudligi sharoitlariga tula va sifatli tavsif beradigan ko‘rsatkichlarni tanlashdir.
Uchinchi bosqich. O‘rganilayotgan tizimning umumiy chizmasini ishlab chiqish bu bosqichni asosiy maqsadini tashkil qiladi. Grafik ko‘rinishda bu alohida -alohida tuzilgan bloklardan tashkil topgan bo‘lib,bunda har bir elementga alohida blok mos keladi. Alohida bloklar ular orasidagi bog‘lanishlar mavjudligini va yunalishini tavsiflovchi strelkachalar bilan bog‘lanadi.
To‘rtinchi bosqich. Bu bosqich tizimning umumiy ko‘rinishdagi iqtisodiy matematik modelini tuzishga bagishlanadi.Bunda sifat tahlili yo‘li bilan tizimning bircha tenglama va tengsizliklarining matematik shakildagi ifodasi aniqlanadi.
Beshinchi bosqich. Bu bosqichda "model bilan ishlash" amalga oshiriladi. Model bilan ishlashni ShEHM yordamida dilog rejimida o‘tkazish tavsiya kilinadi. Model bilan ishlashda, bizning fikrimizcha imitatsion modellardan foydalanish maqsadga muvofikdir.
2.3. Makroiqtisodiy tahlilning amaliy ahamiyati, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda iqtisodiy tahlil natijalarining o‘rni va ahmiyati.
Makroiqtisodiy tahlil davlat iqtisodiy siyosatining asosiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy siyosat – davlat va jamoat institutlarining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga tuzatishlar kiritishga yo‘naltirilgan harakatlari tizimi. Ta’kidlash lozimki, huddi makroiqtisodiyot kabi, makrotahlil ham pozitiv va normativ tarkibiy qismlarni o‘zida mujassam etgan. Pozitiv tarkibiy qism «Nima sodir bo‘layapti?» degan savolga javob beradi va prognoz qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (bunda muayyan faktlar, nisbatlar va raqamlardan foydalaniladi). Normativ tarkibiy qism «Qanaqa bo‘lishi kerak?» degan savolga javob beradi va iqtisodiy siyosat vositalarini ishlab chiqish orqali vaziyatni to‘g‘rilashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |