Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə87/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

GLOSSARIYLAR


GLOSSARIYLAR

Atamaning ingliz tilida nomlanishi

Atamaning
rus tilida nomlanishi

Atamaning o’zbek tilida nomlanishi

Atamaning ma’nosi

Autocorrelation

Avtokorrelyatsiya

Avtokorrelyatsiya

vaqtli qatorlarning keyingi va oldingi hadlari o`rtasidagi korrelyatsion bog`lanish hisoblanadi

Amortizing

Amortizatsiya

Amortizatsiya

bu investitsiyalarning sof va yalpi hajmini farqlash uchun qo`llaniladi, ba`zan esa amortizatsiya deb asosiy kapital iste`moliga aytiladi

Employment policy

Politika zanyatosti

Bandlik siyosati

bu jamiyat va uning har bir a`zosining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta`sir etuvchi chora tadbirlar yig`indisidir.

Hypothesis

Gipoteza

Gipoteza

umumiy nazariya dairasidagi ilmiy bashoratni tavsiflaydi

Income method

Metod doxodov

Daromadlar usuli

bu YAIMni rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan barcha daromadlar summasiga teng deb ham hisoblash mumkin

Reserve

Zapas

Zaxira

bu faqat muayyan vaqtda o`lchanadigan va muayyan sana (masalan, yilning boshi yoki oxiri) holatiga ko`ra ob`ektning holatini tavsiflovchi o`zgaruvchan.

Import inflation

Import inflyatsiya

Import inflyatsiyasi

bunda tashqi omillar ta`sir qilib, mamlakatga chet el valyutasining haddan tashqari oqib kelishi va import tovarlarining bahosi oshishi tufayli yuzaga keladi

Net investment

Chistыe investitsii

Investitsiyalar sof hajmi

bu investitsiyalar yalpi hajmidan amortizatsiya hajmining ayirmasiga teng.

Inflation

Inflyatsiya

Inflyatsiya

iqtisodiyotdagi narxlar umumiy darajasining barqaror va doimiy ravishda oshishiga aytiladi

Consumer price index

Indeks potrebitelskix sen

Iste`mol narxlari indeksi

o`rta darajali iste`molchi tomonidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar reprezentativ savati narxlarining o`sishini o`lchaydi.

Credit inflation

Inflyatsiya kreditov

Kredit inflyatsiyasi

ortiqcha kredit ekspansiyasi tufayli yuzaga keladi

Value added

Dobavlennыy stoimost

Qo`shilgan qiymat

bu oraliq iste`mol qiymati chegirma qilingan ishlab chiqarish yalpi hajmining qiymati.

Macroeconomic forecasting

Makroekonomicheskoe prognozirovanie

Makroiqtisodiy prognozlash

iqtisodiy hodisalarni bilishning ilmiy usullariga va iqtisodiy prognostikaning usullari, vositalari va uslublari yig`indisidan foydalanishga asoslangan makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqish jarayoni hisoblanadi

The balance of labor resources

Balans trudovыx resursov

Mehnat resurslari balansi

mehnat resurslari mavjudligini hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ko`rsatkichlar tizimi

The system of accounts national

Sыstema natsionalnыx schotov

Milliy hisoblar tizimi

muayyan davrda real ishlab chiqarish hajmini va barcha asosiy sektorlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatning umumiy ishlab chiqarishiga qo`shgan hissasini ko`rsatuvchi turli faoliyat turlarini hisobga oluvchi statistika tizimi

Model

Model

Model

so`zi lotincha “modulus” so`zidan kelib chiqib, o`lcham, namuna deb anglatadi

Financial operations

Fыnansovie operatsii

Moliyaviy operatsiyalar

bu moliyaviy aktivlar va majburiyatlar darajalaridagi o`zgarishlar (misol uchun, qaytaril-magan ssudaning asosiy summasini to`lash majburiyatlarning qisqarishini o`zida namoyon etadi)

Nominal indices

Nominalnie pokazateli

Nominal ko`rsatkichlar

joriy davr narxlarida o`lchanadigan ko`rsatkichlardir

Forecast

Prognoz

Prognoz

kelajakda ob`ektning ehtimol holatlari, muqobil yo`llari va ularni amalga oshirish muddatlari to`g`risida ilmiy asoslangan fikr-mulohazalarning miqdori tushuniladi

monetary sector

Denejnыy sektor

Pul sektori

iqtisodiyotni moliyaviy xizmatlar bilan ta`minovchi sektordir

Actual results

Realnie pokazateli

Real ko`rsatkichlar

bu bazaviy davr narxlarida o`lchanadigan ko`rsatkichlardir

Live streams

Realnie potoki

Real oqimlar

bu tovarlar va xizmatlar bilan amalga oshiriladigan (import, eksport, etkazib berish) operatsiyalar mahsuli

Real sector

Realnыy sektor

Real sektor

bu tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni iste`mol qilish amalga oshiriladigan sektor. Real sektorning asosiy sub`ektlari bo`lib uy xo`jaliklari va korxonalar hisoblanadi

Plan

Plan

Reja

bu bajarilishi shart bo`lgan, bir ma`noli direktiv hujjat

Net exports

Chistыy eksport

Sof eksport

import bilan eksport o`rtasidagi farq

Net external assets

Chistыe vneshnie aktivы

Sof tashqi aktivlar

tashqi passivlar chegirma qilingan holda tashqi aktivlarga teng

Net factor income

Chistыy faktornыy doxod

Sof faktoriy daromad

bu rezidentlarning mulki bo`lib, chet elda turgan ishlab chiqarish omillaridan foydalanishdan olingan daromadlar bilan norezidentlarga ushbu mamlakatda o`zla-riga qarashli chiqarish omillaridan foyda-langanlik uchun to`lovlar o`rtasidagi farq

Offer Inflation

Inflyatsiya prilojeniya

Taklif inflyatsiyasi

bunda baholarning o`sishiga sabab sifatida garchi resurslardan to`laligicha foydalanilmagan bo`lsada ishlab chiqarish xarajatlarini oshishini keltirish

Demand inflation

Inflyatsiya sprosa

Talab inflyatsiyasi

bu ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la kondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketishi

Disposable national income

Raspolagaemыy natsionalnыy doxod

Tasarrufdagi yalpi milliy daromad

bu Rezidentlar yakuniy iste`mol qilish yoki mablag`lar jamg`arish maqsadida tasarruf etishi mumkin bo`lgan umumiy daromad

External economic forecasts

Vneshno-ekonomicheskie prognozы

Tashqi iqtisodiy prognozlar

jahon iqtisodiyoti, mamlakatimizning kapital va rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o`zaro iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo va xalqaro bozor kon`ukturasi shakllanishining umumiy tendentsiyalarini qamrab oladi

Transfers

Transfertы

Transfertlar

shunday to`lovlar jumlasiga kiradiki, ularni amalga oshirishda hech qanaqa almashish yuz bermaydi va hech qanaqa majburiyatlar yuzaga kelmaydi

Trend

Trend

Trend

bu iqtisodiy ko`rsatkichlar o`zgarishining uzoq muddatli tendentsiyasi


Balance of payments

Platyojnыy balans

To`lov balansi

bu norezidentlarga amalga oshirilgan to`lovlar va ulardan tushgan tushumlar qayd etildi

Inflation of costs

Inflyatsiya izderjek

Xarajatlar inflyatsiyasi

bunda ishlab, chiqarish omillari bahosi oshganda ishlab chiqarish xarajatlari ham oshadi va natijada ishlab chiqarishlgan mahsulot narxi ham oshadi

Expenditure approach

Metod rasxodov

Xarajatlar usuli

bu Mazkur usulni qo`llashda YAIM undan yakuniy foydalanish moddalarining yig`indisi bo`yicha hisoblab chiqiladi

Net current transfers from abroad attracted

Chыstie tekushie transfertы privlechyonnыe iz zarubeja

Chet eldan olingan sof joriy transfertlar

chet elga o`tkazilgan joriy transfertlar chegirma qilingan holda norezidentlar tomonidan olingan va ishlab chiqarish omillari hisobiga kelib tushgan daromad bilan bog`liq bo`lmagan joriy transfertlarga teng

Environmental forecast

Ekologicheskiy prognoz

Ekologik prognozlar

atrof-muhitdan foydalanish holatini, tabiiy muhitning ifloslanish muammolarini, o`simlik va hayvonot dunyosining rivojlanish istiqbollarini, qishloq xo`jaligi hosillarining unumdorligini, salbiy ekologik oqibatlarni minimallashtirish maqsadida ishlab chiqarishni amalga oshirish imkoniyatlarini tadqiq etadi


ILOVALAR


FANNING NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI


I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy
ta’limdagi o‘rni
Mamlakatning iqtisodiy holatini, o‘tkazilayotgan joriy chora-tadbirlar zarurligini, samarasini baholashda va iqtisodiyotning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirishda “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani juda katta ahamiyatga ega. Tahlilning muhim vazifalaridan biri mamlakatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni modellashtirish sifatini oshirish, o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosatning natijalarini aniqlash. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash asosiy ilmiy–amaliy yo‘nalishlardan biri bo‘lib makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlab berishga, ijtimoiy–iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirishga yordam beradi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan murakkab muammolarning muvaffaqiyat bilan hal etilishi, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanishi, dastlab iqtisodiy pasayishni bartaraf etilishi va so‘ngra iqtisodiy o‘sishga erishish chuqur o‘ylangan va ilmiy asoslangan iqtisodiy siyosat samarasidir.
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalarni o‘rganish va uni mo‘tadil rivojlantirishning yechimlarini topishda hamda “Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)” ta’lim yo‘nalishi mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirish uchun talabning yuqori bo‘lganligi sababli fanning ahamiyati va uni o‘rganish zarurati katta.
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani ixtisoslik fani hisoblanib, 5-6-semestrda o‘qitiladi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”, “Makroiqtisodiyot”, “Statistika”, “Mikroiqtisodiyot”, “Iqtisodiy-matematik usullar va modellar”, “Iqtisodiy tahlil va audit”, “Menejment”, “Marketing”, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanlaridan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani “Investitsiya loyihalari tahlili”, “Milliy iqtisodiyot” va boshqa fanlarni o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin