Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti sifatida



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə11/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

3.2. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti sifatida


Milliy hisoblar tizimi (MHT) makroiqtisodiy ma’lumotlarga ishlov berish va ularni makroiqtisodiy tahlil maqsadlari uchun tizimlashtirilgan ko‘rinishda taqdim etish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobi sifatida ishlab chiqilgan. U milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, baholash va monitoringini amalga oshirishda zarur bo‘lgan axborotning uzluksiz oqimini tashkil etish uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan bazani o‘zida namoyon etadi.
M illiy hisoblar tizimi – muayyan davrda real ishlab chiqarish hajmini va barcha asosiy sektorlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatning umumiy ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatuvchi turli faoliyat turlarini hisobga oluvchi statistika tizimi.
Ta’kidlash lozimki, MHTning makroiqtisodiy tahlil uchun o‘ta muhim ahamiyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
1. MHT makroiqtisodiy tahlil uchun zarur baza hisoblanib, o‘zining ancha moslashuvchanligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Rivojlanishning turli bosqichlarida turgan mamlakatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi, hamda tahlil va prognoz uchun axborot bazasi hisoblanadi.
2. MHT nafaqat muayyan davrda, balki dinamikada ham (muayyan vaqt qatori mobaynida) eng muhim makroiqtisodiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar (masalan, ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi) harakatini kuzatish imkonini beruvchi tizimni o‘zida namoyon etadi.
3. MHT – xalqaro taqqoslashlar uchun eng muhim axborot manbai hisoblanadi, chunki xalqaro tashkilotlarga milliy hisobvaraqlar bo‘yicha ma’lumotlarni, xalqaro standartlarga mos keluvchi ta’riflar va tasniflarni taqdim etishda foydalaniladi. Ushbu ma’lumotlar ko‘plab holatlarda, masalan, imtiyozli yordam olish huquqini belgilashda, XVFga a’zo mamlakatlar kvotalarini hisoblab chiqishda, shuningdek, turli mamlakatlar milliy hisoblarini taqqoslashni amalga oshirish imkonini beradi.


3.3. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishda axborot texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishlari.

H ozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan sharoitda makroiqtisodiy tahlil va prognozlashda kompyuter texnologiyalardan keng foydalaniladi. Hozirgi kunda texnika rivojlanishi natijasida, ko‘plab murakkab va ko‘plab insonlar mehnatini qiluvchi jarayonlarni birgina dastur orqali amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lmoqda. Odatda, iqisodiy tahlil va prognozlashda matematik amaliy paketlardan foydalanib, bular quyidagilar: MS Excel, Stata, EViews, Statistics va boshqalar.


Amaliyotda MS Excel, Stata va Eviews dasturiy paketlardan keng foydalaniladi. MS Excel oqali malumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash va statistik baholashda foydalaniladi. Ma’lumotlarni statistik baholash, tahlil qilish va ko‘rsatgichlarni o‘zaro bog‘liqligini baholashda Stata dasturiy paketidan foydalaniladi. Bir qancha kuzatuv vaqt ma’lumotlari asosida iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik baholash va prognoz qilishda Eviews dasturiy paketdan foydalanish qulay bo‘lib hisoblanadi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish lozim:

  • MS Excelda mavjud ma’lumotlarni yangi MS Excelga ko‘chirib ushbu faylni “soxranit kak” buyrug‘i yordamida MS Excel 5.0/95 shaklida saqlashimiz kerak;

  • Kompyuterda o‘rnatilgan Eviews dasturini ishga tushirib quyidagi jarayonni amalga oshirish kerak: “File” → “New” → “Workfile”, so‘ngra sizda ma’lumotlar yillik, yarim yillik, choraklik, oylik, haftalik haqidagi buyriqni tanlashiz kerak bo‘ladi, keyin ma’lumotlarning boshlanish muddati va tugash muddati haqidagi ma’lumotni kiritasiz “enter” tugmasini bosgandan so‘ng, yangi ish sahifsi ochiladi;

  • Mavjud ma’lumotlarni Eviews dasturiga ko‘chirish uchun quyidagi jarayonni amalga oshirish kerak: “File” → “Import” → “Read Text-Lotus-Excel” va Excel 5.0/95 shaklida saqlangan faylni tanlab “otkrыt” burug‘i beriladi. So‘ngra har bir ko‘rsatgich nomi yozilib “ok” buyrug‘i beriladi (eslatib o‘tamiz, Excelda saqlangan ma’lumotlarda vergul o‘rniga nuqta ishlatiladi, ko‘rsatgichlarning nomi lotin alifbosida yoziladi).

  • Ko‘rsatgichlarni o‘zgarish tendensiyalari asosida holat qaysi funksiya qonuniyatiga tegishligi aniqlanib, funksiyaning parametrlari quyidagi buyruqlar orqali topiladi: “Quick” → “Equition Estimation”. Olingan natijalar asosida jarayon prognozlashtiriladi.




Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin