Tayanch so‘z va iboralar
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashda axborotning zarurligi va uning mohiyati. Axborot turlari, iqtisodiy axborotlarning shakllanishi. Makroiqtisodiy tahlilning axborot bazasi – makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Axborotning sifati va ishonchliligi. Tahlil ob’ektlarining faoliyatini ifodalovchi axborot statistikma’lumotlar. Makroiqtisodiy tahlil uchun axborotlar yig‘ish, qayta ishlash, uzatishda informatsion texnologiyalardan keng foydalanish. Prognozlashda axborotlarning mohiyati, prognoz natijalarining ishonchliligiga axborot sifatining ahamiyati, iqtisodiy mohiyati. Prognozlashdagi axborot yetishmovchiligi muammosi va uni hal qilish yo‘llari. Ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni shakllanishi va turlari. Axborotlarning o‘lchov birliklari, ularning prognozlash modellarida ifodalanish talablari va tamoyillari.
Mavzu-4. REAL SEKTORNING MAKROIQTISODIY TAHLILI
Reja:
1. Milliy daromadlar va mahsulotlar hisobi
2. Milliy hisobot tizimini asosiy agregatlari.
3. Ko‘rsatkichlarni hisoblash muammolari.
4.1. Milliy daromadlar va mahsulotlar hisobi
Asosiy makroiqtisodiy hisoblar milliy daromad, milliy mahsulot hisoblari, to‘lov balansi, davlat moliya statistikasi va pul-kredit obzori hisoblanadi. Bu hisoblar umumiy maqsad uchun xizmat qiladi. Ular iqtisodiy tahlil va iqtisodiy siyosatga doir qarorlar qabul qilish uchun poydevor hisoblanadi. Iqtisodiyotning turli nuqtai-nazarlarini xarakterlashiga qaramay, ularning hammasi yagona konsepsiyaga asoslanadi va yagona tizimni tashkil etadi. Bu bobni o‘rganishdan maqsad shu tizimni va shu hisoblar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishga qaratilgan.
M akroiqtisodiyotning predmeti iqtisodiy agregatlarni o‘rganish hisoblanadi, chunonchi, xarajatlar, daromadlar va ishlab chiqarish hajmi umumiy darajalarini; bandlik ko‘rsatkichlari; baho va ish haqi; tashqi savdo oqimlari; soliq tushumlari va davlat xarajatlari; pul va kredit oqimlari. Amaliyotda makroiqtisodiyot uch masalani yechishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi: o‘zgarishlarni iqtisodiy agregatlar orqali tushintirish; iqtisodiy o‘zgaruvchilar o‘zgarishi oqibatlarini bashoratlash; iqtisodiy siyosatni aniqlovchi shaxslarga u yoki bu iqtisodiy maqsadlarga erishishiga yordam berish. Milliy hisoblar asoslari makroiqtisodiy o‘zgaruvchilar haqidagi zaruriy axborotlarni sistemalashtirilgan tarzda qayd qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Bozor narxlarida hisoblangan YaIM ishlab chiqaruvchi birlik – rezidentlar xo‘jalik faoliyatining oxirgi natijasini ifodalaydi. U barcha ishlab chiqaruvchi birlikrezidentlar tomonidan qo‘shilgan qiymatlarning yalpi summasini aks ettiradi. U yana oxirgi tovar va xizmatlar iste’molining summasidan import tovar va xizmatlar summasini chiqarib tashlaganiga yoki bo‘lmasa ishlab chiqaruvchi birlik-rezidentlar tomonidan taqsimlangan daromadlar summasiga teng.
Ishlab chiqarish rezidentlari xo‘jalik faoliyati natijasida olingan daromad, asosan rezident o‘rtasida taqsimlanadi. Shu bilan birga daromadlarning ma’lum bir qismi norezidentlarga to‘lanishi, tashqi dunyo (norezidentlar) daromadlarining bir qismi rezidentlarga o‘tishi mumkin. Rezidentlar tarafidan olingan daromadlarni hisoblash uchun YaMD, YaIMdan norezidentlarga tegishli daromadni (yollanma ishchilarga to‘lovlar yoki mulkdan daromad) ayirib, unga ishlab chiqaruvchi birlik norezidentlardan kelgan daromad ko‘shiladi. YaIM va YaMD orasidagi farq “sof xorij daromadi” deya nomlanadi va u musbat yoki manfiy qiymatga ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |