4.2. Milliy hisobot tizimini asosiy agregatlari.
“Moddiy ishlab chiqarish sof mahsulot” (MISM) markaziy reja asosida yotuvchi harajat-mahsulot jadvalidan kelib chiqqan. MISM va YaIM orasidagi farq shuki, MISM tarkibiga amartizatsiya va nomoddiy xizmat sektoriga qo‘yilgan qiymatning ma’lum qismi qo‘yilmaydi. MISM tarkibiga moddiy ishlab chiqarish mahsulotining taqsimoti bilan bog‘liq xizmat kiradi, masalan, transportirovka, saqlash va marketing. Bunday xizmatlarga moddiy ishlab chiqarish jarayoni “davomi” deb qaralgan. Bundan tashqari MISM tarkibiga ishlab chiqarish jarayonida qo‘shimcha qo‘shiladigan resurslar tarkibiga kirmasa-da MISMdan chiqarib tashlanmagan. Shu bilan bir vaqtda avvallari markazlashtirilgan rejalashtirish qo‘llanilgan turli mamlakatlarda nomoddiy xizmatlar orasida qaysilari kirishi amaliyotda turlicha hal qilingan.
4.1-rasm. Real sektorda makroiqtisodiy muvozanat4
Korxona yaratgan qo‘shilgan qiymat ishlab chiqarish hajmi bilan oraliq iste’mol farqiga teng. YaIMni barcha ishlab chiqarish birliklari qo‘shilgan qiymati summasi kabi olish mumkin. YaIMni yana bozor baholarida va (omillarni) qiymatlari bo‘yicha o‘lchash mumkin. Keyingi usul daromadlarni o‘lchash bilan bog‘liq. U yalpi qo‘shilgan qiymatdan soliqlar minus ishlab chiqarish subsidiyasi ayrilganiga teng bo‘lgan ixtiyoridagi natijani beradi.YaIM (omillar qiymati bo‘yicha) = hamma omillar daromadlarning summasi (daromadlarga soliqlarni to‘lashdan ilgari) =W+OS (1) YaIM (bozor baholari bo‘yicha) = YaIM (omillar qiymati bo‘yicha) ITS
W+OS+ITS
4.3 Ko‘rsatkichlarni hisoblash muammolari.
I nflyatsiyani baholashning oddiy usullaridan biriga ko‘ra xarajatlarning o‘sishi prognozlarning asosi hisoblanadi. Lekin inflyatsiyani bunday baholash faqatgina taxminiy bo‘lishi mumkin, sababi, vaqti kelib narxlar ko‘tarilishining butun iqtisodiyotga sezilarli bilvosita ta’siri namoyon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum davr ichidagi narxlarning o‘zgarishi nafaqat shu davr ichidagi xarajatlar o‘sishining o‘zgarishini, balki oldingi davrlardagi xarajatlar o‘sishining davomli ta’sirini ham aks ettiradi.
Iste’mol narxlari indeksi (CPI) – bu, rezidentlar tomonidan iste’mol qilinadigan import va mamlakat ichida ishlab chiqarilgan tovarlarni ma’lum savatdagi narxi indeksidir. Bundan farqli ravishda YaIM deflyatori – bu, ham ichki iste’mol, ham eksport uchun ishlab chiqarilgan barcha tovarlar narxi indeksidir. Kutish mumkinki, iste’ml narxlari indeksi (INI) va YaIM deflyatorining o‘zgarishidagi farqlar aks ettiradi. Agar import narxlari eksport narxlariga qaraganda ko‘proq darajada oshsa, INI orqali ifodalangan inflyatsiya darajasi, boshqa sharoitlar teng bo‘lganda, YaIM deflyatori orqali ifodalangan inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘ladi.
Qoida bo‘yicha xarajatlar o‘sishi tendensiyasiga quyidagilarning o‘zgarishi ta’sir qiladi:
- jahon savdosidagi narx darajasi (xorijiy valyutada);
- nominal almashuv kurslari;
- ish haqi miqdori;
Dostları ilə paylaş: |