6.3. Davlat boshqaruv organlari operatsiyalarining tavsiflanishi Ushbu bo‘limda DBO operatsiyalarini tasniflashning nazariy asoslari statistik tizimning asosiy kategoriyalari bo‘yicha yoritilgan: daromadlar, olingan transfertlar, xarajatlar, sof kreditlash, minus qarzlar to‘lovi va moliyalashtirish.
a) Asosiy chegaralanishlar T o‘lov va bir yoqli operatsiyalar. To‘lov operatsiyalari o‘z ichiga tovar, xizmatlar to‘lovi, mulkdan foydalanish yoki unga nisbatan egalik huquqning qo‘lga kiritish, shuningdek, amaliy xizmatlar to‘lovini oladi:
- joriy va kapital;
- moliyaviy aktivlar va passivlar;
- kassa qoldiq summalarini o‘zgartirish;
- daromadlar;
- olingan transfertlar;
- davlat xarajatlari va kreditlarning bashorati;
- moliyalashtirish.
Soliq tushumlari, soliq bazasi bu, soliq solinadigan o‘lchamdir.
Soliq bazasi turlariga daromadlar, ish haqi va import hajmi kiradi. Soliq turlari – soliq solinadigan bazaga bog‘liq ravishda bo‘ladi. Har qaysi soliqlar belgilangan tartibda soliq bozoriga mos ravishda bo‘lishi shart. Ammo soliq hujjatlarining asosida soliq qonunlari turadi, soliq bazasini aniqlash murakkab. Soliq stavkalari strukturasida har xil elementlar uchun soliq ayrim hollarda qonun asosida ozod qilish.
Tayanch so‘z va iboralar
Davlat boshqaruv organlari. Markaziy hukumat. Kassa tamoyili. Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari. Tushumlar. Yalpi sof tushumlar. Transfertlar. Davlat boshqaruv sektori tushunchasi. Davlat organlari operatsiyalari hajmining miqdoriy o‘zgarishi. Davlat organlari operatsiyalarini tavsiflash. Daromadlar va xarajatlar tahlili. Davlat jamg‘armalari va investitsiyalari tushunchalari. Budjet disbalansini o‘lchash. Budjet defitsitini moliyalashning muqobil usullari. Makroiqtisodiy oqibatlar. Soliq tushumlari tahlili. Turli yig‘imlar. Soliq bazasi. Yalpi va sof tushumlar. Konsolidatsiya. Joriy hisob va kapital. Moliyaviy aktivlar va passivlar. Noaniq tushumlar. Davlat xarajatlari va kreditlarining prognozlari. Moliyalashtirish. Davlat budjeti tarmog‘ida makroiqtisodiy tahlili.