Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə17/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

6.1. “Davlat boshqaruv organlari” tushunchasiga izoh

Davlat boshqaruv organlari (DBO) bo‘yicha qo‘llanmani”ning boshidayoq davlat boshqaruv organlari funksiyalariga izoh beriladi: imtiyozli bozor xizmatlarni taklif qilish yo‘li bilan davlat siyosatini olib borish va daromadlarni, asosan, boshqa sektorga solingan soliq hisobidan qayta taqsimlash. Qiziqarli ma’lumotlar7


D avlat sektori, funksiyalari ushbu izohga mos keluvchi tuzilmaviy birliklarni o‘z ichiga oladi. Davlat boshqaruv sektorlari quyidagilardan iborat:

  • huquqiy jihatdan butun davlat hududida kuchga ega bo‘lgan markaziy hukumat;

  • davlat hududining bir bo‘lagida markaziy hukumatga bog‘liq bo‘lmagan holda vakolatga ega bo‘lgan shtatlar, viloyatlar, regionlar hokimiyati;

  • turli kichik ma’muriy birliklar hududida mustaqil vakolatga ega bo‘lgan mahalliy boshqaruv organi;

  • faqat davlat hududida soliqqa tortish va davlat xarajatlari sohasidagi ba’zi funksiyalarni bajaruvchi har qanday milliy boshqarmalar.

Ijtimoiy ta’minot fondlari, yuqorida izohlangan ko‘rinishda davlat sektoriga tegishli bo‘ladi. Davlat tashkilotlari davlat sektoridan alohida qaraladi.


6.2. Davlat boshqaruv organlari (DBO)ning operatsiyalar hisobi


K assa tamoyili. Davlat Moliya statistikasi ma’lumotlarini to‘plash bo‘yicha Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning normalari tomonidan davlat operatsiyalarini qayd qilishda kassa tamoyili: tushumlar va to‘lovlar to‘lov amalga oshirilayotgan paytda qayd qilish kerakligi uchun qo‘llaniladi.
Bunday hisob-kitob asosida DBO va iqtisodiyotning qolgan qismi orasidagi fond va resurslar taqriban ifodalangan imkonining mavjudligi yotadi: unga shuningdek, moliyaviy statistikaning boshqa turlari ham bevosita to‘g‘ri keladi.
Yalpi va sof tushumlar, to‘lovlar. Asosiy tamoyil sifatida, tushum va to‘lovlarning yalpi summasi ko‘rsatilishi kerak
Bu holda statistik ma’lumot milliy daromadni oshirish va uni to‘latishning to‘liq hajmi va ta’sirini ifoda etadi.
Konsolidatsiya. Davlat moliya statistikasi ma’lumotlari tayyorlashda davlat sektori ichidagi birliklararo operatsiyalarni va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan umumiy kategoriyalar qatorida barcha operatsiyalarni birlashtirish maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin