Ikkinchi bosqich sirtqi iqtisod yo`nalishi talabalariga falsafa fanidan №1 topshiriq 3-topshiriq Borliq tushunchasiga ta’rif bering. (Izoh: keltirilgan atamalarninig har biriga to`g`ri javob uchun 2 balldan beriladi. 10 ballgacha baholanadi)
Borliq atributlari - Muayyan jismning aynan shu jism ekanligini belgilovchi xususiyatlari uning atributlari deyiladi. Borliqning ham bir qancha atributlari mavjuddir. Ular: harakat, fazo, vaqt, in’ikos, ong va boshqalar. Borliq o‘zining xossalari, xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Endi borliqning atributlari, ya’ni ajralmas tub xususiyatlari haqida to‘xtab o‘taylik.
Materiya – massaga ega va fazoda joy oluvchi obyektdir. Materiya tushunchasining aniq taʼrifi yoʻq. Baʼzi taʼriflarga koʻra, materiya elementar fermionlardan iborat har qanday narsadir (biroq bunda bir qator muammolar tugʻiladi: elementar fermion boʻlmagan, biroq massaga ega bozonlar mavjud; fermiondan iborat neytrinolarning ayrim tiplari massasiz boʻlishi mumkin). Yorugʻlik (fotonlar) va baʼzi bozonlar materiya, deb qaralmaydi.
Harakat – borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. Harakat tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — Harakatdirdir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir.
Fazo – fundamental kattalik boʻlib, quyidagicha taʼriflanishi mumkin:
olamning fundamental tuzilishi qismlaridan biri, ichida jismlar ajratilgan, joylashgan, shakllari va hajmlari aniqlangan, harakat qilishga imkonlari boʻlgan oʻlchamlar toʻplami;
yuqoridagi taʼrifga qarshi maʼnoda: mavhum matematik konseptual soha (vaqt va son kabi) boʻlib, uning yordamida biz jismlarning joylashishi, shakli, hajmi, harakati va ular orasidagi masofani taqqoslaymiz va oʻlchaymiz;
Yer va uning atmosferasi tashqarisidagi koinot qismi.
Matematikada chiziqli fazo,faktor fazo,... lar ham bor Biz yashab turgan fazo 3 oʻlchovli fazo hisoblanadi.Va yana matematikada biz yashab turgan 3 oʻlchovli fazodan tashqari 4,5,... oʻlchovli fazo tushunchalari ham kiritilgan.Albatta bu kiritilgan fazolar faqat nazariy jihatdan tushuntiriladi amalda esa hattoki 4 oʻlchovli fazoni ham tasvirlab berish mushkul vazifa.
Vaqt birligi–– soniyani avvallari Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng deb qabul qilinar edi. «Quyosh sutkasi»ning aniq ta’rifini astronomlar shakllantirishgan. Lekin, o‘lchashlarning ko‘rsatishicha, yerning aylanish jarayoni nodavriy o‘zgarishlar bilan kechishi tufayli, yuqoridagi ta’rif qoniqarli bo‘lmay qoldi. Vaqt birligini yanada aniq belgilash uchun 11 - O‘TXK (1960 yil, 9-rezolyutsiya, CR, 86) Xalqaro Astronomiya Ittifoqining 1900-chi tropik yilga asoslanib taklif qilgan ta’rifini qabul qildi. Biroq, tajribalar shuni ko‘rsatdiki, atom yoki molekulaning ikki energetik sathlararo o‘tishiga asoslangan.