1 topshiriq 3-topshiriq Borliq tushunchasiga ta’rif bering. Izoh



Yüklə 24,76 Kb.
səhifə2/4
tarix27.09.2023
ölçüsü24,76 Kb.
#149707
1   2   3   4
III-IV-V topshiriq Rajabova Maftuna Falsafa

4-topshiriq.
Mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob`ekti” Mantiq ilmining asosiy masalalari. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari: Tushuncha, mulohaza va xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifini berish lozim (Izoh: xar bitta tafakkur shakliga tegishli formulalarni ko`rsatib berish lozim. Albatta alohida belgilar asosida izohlash kerak bo`ladi. 10 ballgacha baholanadi)
Mantiq ilmining asosiy masalalari. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari: Tushuncha, mulohaza va xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi.
«Mantiq» arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi bo‘yicha «logika» so‘ziga muvofiq keladi. «Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishida o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan «sub’ektiv mantiq» iborasida), va nihoyat, uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Tafakkur shakllari
«Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta sohasiga oid bo‘lgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, ma’lum bir metod yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Xuddi shuningdek, «predmetlarning birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi», «ma’lum bir metod yordamida qurilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida bo‘lishi» ilmiy nazariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, b, c,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, b, c,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g‘oya, argumentlash va shu kabilar) da amalga oshadi.
Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.
Formal mantiqning asosiy qonunlari quyidagilardan iborat
1. Ayniyat qonuni.
2. Nozidlik qonuni.
3. Uchinchisi istisno qonuni.
4. Etarli asos qonuni.
Formal mantiqda ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.
Tavsiflash – tasvirlashdan farq qiladi. Tasvirlash narsa va hodisaning tashqi tomonini, hissiy qabul qilish mumkin bo’lgan jihatlarini sanab o’tish yordamida uning ko’rgazmali kiyofasini yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Tavsiflash bo’lsa narsa va hodisaning ancha muhim bo’lgan jihatlarini ko’rsatadi. Tavsiflashda jins tushunchaning muhim bo’lgan jihatlari alohida narsada o’ziga xos tarzda ifodalanishi ko’rsatiladi. Tavsiflashda ko’rsatilgan belgilar majmuasi narsa va hodisaning ko’rsatmali timsolini yaratmaydi, balki, uning mohiyatini ochadi.



Yüklə 24,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin