Fanidan mustaqil ish mavzu



Yüklə 308,24 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü308,24 Kb.
#166048
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 
O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETINING JIZZAX
FILIALI 
SIRTQI BO’LIM 
“FALSAFA” FANIDAN 

MUSTAQIL ISH
 
 
 
 
MAVZU: “Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari”
 
 
 
 
 
 
Bajardi : III-KURS 557/22 guruh talabasi: Uzoqov Sh 
JIZZAX 2023
 
 
 


 
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. 

RЕJA: 
1. Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti sifatida. Tafakkur shakllari va 
qonunlari haqida tushuncha.
2. Tushunchaning umumiy tavsifi. Tushunchaning mazmuni va hajmi, ularning 
o‘zaro aloqasi.Tushunchalarning turlari.
3. Hukm borliqni aks ettirishning mantiqiy shakli sifatida.
4. Xulosa chiqarishning mohiyati. . 
1. «Mantiq» arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi bo‘yicha «logika» so‘ziga muvofiq keladi. 
«Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «fikr», «so‘z», 
«aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘p ma’noligi turli xil narsalarni ifoda 
qilishida o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam 
qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), 
ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, 
fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni harakterlaydigan qonun-qoidalar yig‘indisini 
(masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida), va nihoyat, uchinchidan, tafakkur shakllari 
va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi. Mantiq ilmining o‘rganish 
ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi 
«fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur 
bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish 
jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab 
olish zarur. Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida 
sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat.
Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha 
hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan, 
uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib etishga 
bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o‘z oldilariga 
ma’lum bir maqsadlarni qo‘yadilar. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan predmetlar doirasi, 
tadqiqot yo‘nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi. Bilish murakkab, 
ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning 
dastlabki boskichini hissiy bilish - insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil 
etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, 
ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo‘ladigan va shuning uchun ham 
inson bevosita seza oladigan belgilari xaqida ma’lumotlar olinadi.Hissiy bilish 3 ta 
shaklda: sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi.


Sezgi predmetning birorta tashqi xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) 
aks ettiruvchi yaqqol obrazdir. Idrok predmetning yaxlit yaqqol obrazi bo‘lib, u mazkur 
predmet haqidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida hosil bo‘ladi. Alohida 
olingan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok berilgan predmetni boshqa predmetlardan 
(masalan olmani behidan, nokdan va shu kabilardan) farq qilish imkonini beradi.
Tasavvur esa avval idrok etilgan predmetning obrazini ma’lum bir signallar 
(berilgan predmet bilan ma’lum bir umumiylikka ega bo‘lgan) ta’sirida miyada qayta 
hosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat 
hissiy bilish shaklidir. Masalan, tanishingizga o‘xshagan kishini uchratganda 
tanishingizni eslaysiz, yoki ko‘rmoqchi bo‘lgan imoratingizni mavjud imoratlar 
obrazlari.yordamida.yaqqol.his.qilasiz.
Lekin, shunga qaramasdan hissiy bilish o‘z imkoniyatlari, chegarasiga ega. U 
bizga alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari 
xaqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik (masalan 
muz bilan havoning harorati o‘rtasidagi bog‘lanish) o‘rganilmaydi, predmetlarning 
umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq 
qilinmaydi.
Bundan tashqari, ba’zi hollarda hissiyotimiz bizni aldab qo‘yadi. Masalan, 
uzoqdan sizga qarab yurib kelayotgan kishini tanishingizga o‘xshatasiz, lekin yaqinroq 
kelganda uning boshqa kishi ekanligi ma’lum bo‘ladi. Boshqa bir misol. Endi 
tanishgan kishingiz xaqidagi dastlabki taassurot (bu asosan uning tashqi tamonidan 
ko‘rinishiga qarab hosil qilinadi), u bilan muloqatda bo‘lgandan keyin o‘zgaradi. Mana 
shu o‘rinda «Kiyimiga qarab kutib olishadi, aqliga qarab kuzatishadi» degan 
maqolning hissiy bilish bilan aql o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni, farqni yaxshi ifoda 
qilishini ta’kidlash lozim. Yuqorida qayd etib o‘tilgan holatlar bilishda tafakkurga 
bo‘lgan ehtiyojni, uning mohiyatini, bilishda tutgan o‘rnini chuqur anglashga yordam 
beradi.
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida 
erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio-aql) bilish bosqichi 
bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular 
o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. Tafakkur 
uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida.mavjud
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chikarish tafakkurning universal shakllari, 
uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi.Muhokama yuritish ana shular va 
ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy 
strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, goya, argumentlash va shu 
kabilar) da amalga oshadi.
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari 
qatoriga fikrning chin bo‘lishi va formal jihatdan to‘g‘ri ko‘rilishi kiradi. Chin fikr deb, 
o‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (Masalan, «Temir-
metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall 
emas»).
Fikrning chin yoki xato bo‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir. 
Fikrning chin bo‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo‘lsada, o‘z holicha 
etarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan to‘g‘ri ko‘rilgan ham 


bo‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taallukli bo‘lib, tafakkurda hosil 
bo‘ladigan turli xil mantiqiy strukturalarda, sodir bo‘ladigan har xil mantiqiy amallarda 
o‘z aksini topadi. Fikrni to‘g‘ri ko‘rishga tafakkur qonunlari talablariga rioya 
qilgandagina erishish mumkin.
Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) 
o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib 
chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri ko‘rish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, 
izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat. Olamdagi narsa va hodisalar 
harakati o‘ziga xos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu harakatning inson 
ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni ham o‘ziga xos ob’ektiv qonuniyatlar asosida 
amalga oshadi. Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, 
umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiq ilmida qonun 
tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni 
ifodalaydi.
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo‘ysunadi. 
Ular dialektika qonunlari va formallashgan mantiq qonunlaridir.Dialektika 
qonunlari ob’ektiv olam va bilish jarayoniga xos bo‘lgan eng umumiy qonunlar bo‘lib, 
dialektik mantiq ilmining o‘rganish sohasi hisoblanadi. Formallashgan mantiq 
qonunlari esa, faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dialektika qonunlari mantiqiy 
tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq qonunlari 
esa, fikrning to‘g‘ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo‘lishini 
e’tiborga olgan holda o‘rganadi. Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunari) 
deyilganda fikrlashga xos muhim, zururiy bog‘lanishlar tushuniladi.
Tafakkur qonunlari ob’ektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida 
aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan. Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri 
amalga oshishini ta’minlab turadi.
Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda 
xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro aloqalarini ifodalaydi. Tafakkur qonunlari 
yuzaki qaraganda sub’ektiv qonunlardek bo‘lib tuyulsa ham, aslini olganda, ob’ektiv 
mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal 
qiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, o‘zgartirish, yangilash 
mumkin emas.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq izchil, ziddiyatsiz, 
asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan holi bo‘lish 
va isbotlilik (asoslanganlik) to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir.
Ayniyat qonuni. Biror buyum yoki hodisa xaqida fikr yuritilganda ularga xos 
bo‘lgan barcha muhim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet xaqidagi fikr necha 
marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy 
mazmunga ega bo‘ladi.
Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining mohiyatini 
tashkil.etadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra ma’lum bir predmet yoki hodisa xaqida aytilgan ayni 
bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun 
formal mantiq ilmida «A-A dir» formulasi bilan ifodalanadi. Ayniyat qonunining 


asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va 
aksincha, o‘zaro aynan bo‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas.
Bu mantiqiy tafakkurning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu 
qonunni, bilib yoki bilmasdan, buzish holatlari uchraydi. Ba’zan, bu holat bir fikrning 
tilda turli xil ifodalanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Tilda mavjud bo‘lgan omonim va sinonim so‘zlarning qo‘llanishi ham ba’zan turli 
fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishiga, ya’ni noto‘g‘ri muhokamaga olib keladi. 
Masalan: falsafiy nuqtai nazardan «sifat» tushunchasi, o‘ziga xos mazmunga ega 
bo‘lsa, biror hunarmand tomonidan bu tushuncha, boshqa mazmunda (yaroqli, foydali) 
qo‘llaniladi. Yoki Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining quyidagi misralari misol bo‘la oladi:
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot,
Nasixatim yod qilib ol farzandim, Yolgiz yursa chang chiqarmas yaxshi ot 
Nozidlik qonuni. Inson tafakkuri aniq, ravshan bo‘libgina qolmasdan, 
ziddiyatsiz bo‘lishi ham zarur. Zidiyatsizlik inson tafakkuriga xos bo‘lgan eng muhim 
xislatlardan biridir. Ma’lumki, ob’ektiv voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir 
xil sharoitda biror xususiyatga ham ega bo‘lishi, ham ega bo‘lmasligi mumkin emas. 
Masalan, bir vaqtning o‘zida, bir xil sharoitda inson ham axloqli, ham axloqsiz bo‘lishi 
mumkin emas.
U yo axloqmi yoki axloqsiz bo’ladi. 
Bir vaqtning o‘zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taalluqli bo‘lmasligi 
tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib qolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida 
ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil 
bo‘lishini ta;minlaydi. 
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa xaqida aytilgan ikki o‘zaro bir-
birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda 
birdaniga chin bo‘lishi mumkin emasligini, hech bo‘lmaganda ulardan biri albatta xato 
bo‘lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham V, ham V emas bo‘la olmaydi» formulasi 
orqali beriladi.Nozidlik qonuni qarama-qarshi va zid mulohazalarga nisbatan 
qo‘llaniladi. Bunda qarama-qarshi mulohazalarning har ikkalasi ham bir vaqtda xato 
bo‘lishi mumkin; o‘zaro zid mulohazalar esa bir vaqtda xato bo‘lmaydi, ulardan biri 
xato bo‘lsa, ikkinchisi albatta chin bo‘ladi. Qarama-qarshi mulohazalarda esa bunday 
bo‘lmaydi, ya’ni ulardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. 
Masalan: «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Aristotel-mantiq fanining 
asoschisi emas» - bu o‘zaro zid mulohazalardir. Bu zid mulohazalarning har ikkalasi 
bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo‘lgani uchun, ikkinchisi xato 
bo‘ladi. O‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan «Bu dori shirin» va «Bu dori achchiq» 
mulohazalarining esa ikkalasi bir vaqtda, bir xil nisbatda xato bo‘lishi mumkin. Chunki 
dori shirin ham, achchiq ham bo‘lmasligi, balki bemaza yoki nordon bo‘lishi 
mumkin.Noziddlik qonunini bilish va unga amal qilish raqibning, suhbatdoshning 
fikrlaridagi mantiqsizlikni aniqlash, ilmiy tahlilni izchil va chuqur mantiqiy asosda olib 
borish imkonini beradi.Uchinchi istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi 
bo‘lib, fikrning to‘liq mazmunini qamrab olib bayon qilingan ikki zid fikrdan biri chin, 
boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi. Bu qonun «A - V yoki V 
emasdir» formulasi orqali beriladi. Uchinchisi istisno qonuni tushunchalar o‘rtasidagi 
zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar tushunchaning to‘liq 


mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi 
ma’lum bo‘lsa, unda uchinchisi istisno qonuni amal qilmaydi. Masalan:Talaba 
imtihonda» a’lo» baho oldi. Talaba imtihonda «ikki» baho oldi.Bu mulohazalar 
munosabatida nozidlik qonuni amal qiladi. Chunki bu mulohazalarning har ikkisi ham 
xato bo‘lishi va talaba imtihonda «o‘rta» yoki «yaxshi» baho olishi mumkin.Agar, 
«Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi» va «Talaba imtihonda «a’lo» baho olmadi», 
mulohazalarini tahlil qilsak, unda bu mulohazalardan biri chin, boshqasi xato, 
uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chunki «yaxshi», «o‘rta» va «ikki» 
baholar – «a’lo» baho emas. 
Yetarli asos qonuni. To‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri 
isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar xaqida chin 
muhokama yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha 
bo‘lmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda chinligi 
avvaldan ma’lum bo‘lgan va o‘zaro mantiqiy bog‘langan mulohazalarga asoslaniladi, 
ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan, tasdiqlangan boshqa 
bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati etarli asos qonuni 
orqali ifodalanadi. Inson tafakkuriga xos bo‘lgan bu qonunni birinchi marta 
nemis faylasufi va matematigi G. Leybnis ta’riflab bergan. 
Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o‘zining mavjudligi uchun yetarli 
asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning in’ikosi 
bo‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo‘lishi kerak. Yetarli asos qonunining bu 
talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida 
A ham mavjud».Mantiqiy asos bilan ob’ektiv, xaqiqiy real asosni aralashtirib yuborish 
mumkin emas. Asos va natija orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni sabab va oqibat 
aloqadorligidan farqlash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor» degan mulohazani «U 
shifoxonada davolanayapti» degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifoxonada 
davolanish dastlabki mulohazaning sababi emas, balki oqibatidir. Ko‘rinib turibdiki, 
mantiqiy asos hamma vaqt ham hodisaning sababi bilan mos kelmaydi. Fikrlarning 
yetarli asosga ega bo‘lishligining obektiv manbai faqat sabab-oqibat munosabatinigina 
emas, shuningdek, fikrning izchilligi, asoslanganligini, isbotlangan bo‘lish 
xususiyatlarini ham, ya’ni ob’ektiv mazmuni sabab-oqibat munosabatlaridan 
tashqarida bo‘lgan boshqa munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, to‘g‘ri tafakkurning yo‘qorida ko‘rib o‘tilgan qonunlarining har 
biri chin bilimga erishish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida 
alohida-alohida yoki birin-ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar 
bog‘lanishining xarakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga ko‘ra fikrlash 
jarayonida har bir mulohaza qat’iy mazmunga ega bo‘lishi, aynan shu fikr doirasida 
o‘zgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni 
keltirib chiqaradi. Zid mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlash ularni mantiqiy 
asoslashni taqozo etadi. 
2. Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi 
tafakkur shaklidir. Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning 
bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir 
predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada 


bo‘lganligi uchun ko‘p belgilarga ega. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos 
bo‘lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning 
ma’lum bir guruxiga tegishli bo‘lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan, har bir 
kishi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi individual belgilarga 
ega. Shuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, millat va 
shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, 
ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo‘lgan umumiy belgilarga 
ega.
Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo‘lishi uchun 
zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning 
muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo‘lishi uning o‘z 
maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqoza etadi.
Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo‘qolishi 
bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga 
taalluqli bo‘lishi individning inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas.
Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo‘lishi, 
bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo‘lishimizga qarab ham 
belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo‘lmagan belgilar, boshqa 
munosabatda muhim bo‘lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday 
kasbni tanlashi uchun muhim bo‘lsa, inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim 
emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim 
belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo‘lishi bilan 
zaruriy aloqada bo‘lgan belgilardan) farq qiladi. Nihoyat, predmet to‘xtovsiz 
harakatda, taraqqiyotda bo‘lganligi uchun, vaqt o‘tishi bilan uning muhim bo‘lgan 
belgisi nomuhim bo‘lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga 
aylanishi mumkin.
Demak, tushunchada predmet o‘zining muhim belgilari orqali fikr 
qilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo‘lishi mumkin. 
Masalan, «Hamza Xakimzoda Niyoziy» tushunchasida predmetning umumiy 
belgilari (inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, 
«Boy ila xizmatchi» dramasining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida 
e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz 
faqat birorta konkret predmetni, masalan, o‘zimiz yozib o‘tirgan qalamni idrok 
qilishimiz yoki u to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. «Umuman 
qalam» ni idrok qilib bo‘lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi 
emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o‘zida konkret qalamlarning 
barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo‘lgan individual 
belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda 
bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib 
turadigan spetsifik beligilar bo‘lib ham xizmat qiladi. Tushuncha predmetning 
nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak uni to‘laligicha aks ettira olmaydi. 
Bu ma’noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan o‘zoqrokda turadi. 


Lekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini in’ikos qilishi, mohiyatini aks 
ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to‘laroq ifoda 
etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o‘laroq, inson miyasida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil 
qilinadi. 
Bu 
usullar 
taqqoslash, 
analiz, 
sintez, 
abstraktsiyalash, 
umumlashtirishlardan iborat. Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro 
solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi 
individual belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash analizni taqoza qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda 
solishtirib bo‘lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko‘ra taqqoslanishi kerak. Buning 
uchun u xossalar ajratilishi lozim. Analiz yordamida predmet fikran uni tashkil 
qiluvchi kismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi. Sintez 
analizga teskari usul bo‘lib, u analiz davomida ajratilgan kismlar, tomonlarni 
fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bo‘lmasa 
predmet xaqida yaxlit fikr hosil qilib bo‘lmaydi.
Analiz va sintez uzviy bog‘liqdir.Tushuncha hosil qilish uchun 
predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual 
belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa 
abstraktsiyalash yordamida amalga oshiriladi. Umumlashtirishda predmetlar 
ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va 
shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish 
imkoniyati yaratiladi. Tushunchaning shakllanishi so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular 
o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda 
namoyon bo‘lishidir. Tushunchalar so‘z va so‘z birikmalari yordamida ifoda 
qilinadi. Masalan «talaba», «tarix fakulteti», «O‘zbekiston Milliy Universiteti» va 
shu kabilar so‘zlardan iborat. Lekin bundan tushuncha va so‘z aynan bir xildir, 
degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir 
tilda ham turli xil so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi omonim va sinonim 
hodisalari so‘z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan dalolat 
beradi. 
Shuni ham aytish lozimki, so‘zning ko‘p ma’noga ega bo‘lishi ba’zan fikr 
yuritish jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning 
uchun ham fan va texnikada ko‘proq terminlardan foydalaniladi. Termin qat’iy 
bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil 
ma’noda ishlatiladi. Tushuncha o‘zining mazmuni va hajmiga ega. 
Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari 
yig‘indisi tashkil etadi. Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning 
muhim belgilari, ya’ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning 
birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi ob’ektiv chin 
(haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo‘lishi, dunyoqarashning shakllanishida 
ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi. Tushunchaning hajmi esa unda fikr 
qilinayotgan predmetlar yig‘indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib 
keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika
fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab oladi.


Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning 
mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu 
qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va 
aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining 
mazmuniga «mantiq» ga oid bo‘lish» belgisini qo‘shish bilan hajm jihatidan 
undan torroq bo‘lgan «mantiq fani» tushunchasiga o‘tiladi. «Fan» 
tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan 
torroq bo‘lgan «ijtimoiy ong shakli «tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga 
xos bo‘lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan san’atda bo‘lmagan spetsifik 
belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi. Bu qonun tushunchalar bilan 
olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi. Mantiqda tushunchalar 
mazmuni va hajmi bo‘yicha bir qancha turlarga bo‘linadilar. Xususan, hajmiga 
ko‘ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi. Yakka tushunchaning hajmida 
bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Yer planetasi», «O‘zMU asosiy 
kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar 
predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy 
tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning 
miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, 
«ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni 
chegaralangan. Ularni hisobga olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi hajmini 
tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni hisobga olib bo‘lmaydi. 
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to‘plovchi tushunchalarni farq qilish 
ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, 
u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. Masalan, 
«O‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
birinchi sessiya materiallarini o‘rganmoqda» degan fikr O‘zMUning har bir 
talabasiga tegishli. Demak, «O‘zMU talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi 
tushunchadir». O‘zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muhokama etishmoqda» degan 
fikrda esa, «O‘zMU talabalari» tushunchasi to‘plovchi tushuncha sifatida ishtirok 
qiladi, chunki fikr ularning to‘plamiga nisbatan bildirilgan. Mazmuni bo‘yicha 
tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo‘linadilar. 
Konkret tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. 
Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, 
alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari - konkret 
tushunchalar, «qaxramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go‘zallik» 
(borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt 
tushunchalardir. Mazmuni bo‘yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni 
ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud 
bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday 
tushunchalardir. Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining 
mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, 
«O‘qituvchi» va «O‘quvchi», «Ijobiy qaxramon» va «Salbiy qaxramon», «Sabab» 
va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi. Ba’zi hollarda 
ijobiy va salbiy tushuchalar ham farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning 


mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning 
mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, 
«Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», 
«Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir. Biz yuqorida tushunchalarning bir 
qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan 
qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. 
Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy 
tushuncha;
«A. Navoiy nomli O‘zbekiston davlat kutubxonasi» - yakka, to‘plovchi, 
chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.
Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada 
bo‘lganligi uchun, ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir 
aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni 
aniqlash 
uchun, 
avvalambor, 
taqqoslanadigan 
va 
taqqoslanmaydigan 
tushunchalarni farq qilish lozim. Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy 
belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan 
tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday 
taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, 
ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega 
bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va 
«Zuxro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan 
tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar 
o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar 
esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Sig‘ishadigan 
tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. 
Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo‘ysunish. 
Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks 
ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq 
qiladi. Masalan, «I.A. Karimov», «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» 
tushunchalari xuddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi sxema 
yordamida ko‘rsatish mumkin. A - I.A. Karimov.
V - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Qisman moslik munosabatidagi 
tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan: 
A-Sportchi. V-Talaba. Bo‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining 
hajmi ikkinchisining hajmiga to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. 
Masalan:
A-Fan. V-Mantiq. Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka 
ega bo‘lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni 
yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu 
tushunchalar o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, qarama-
qarshilik, zidlik. Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida 
mavjuddir. 
A-Fan. 
V-Mantiq.


 S-Fizika. 
Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini 
istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi 
belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, 
ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik 
munosabatidagi tushunchalar o‘zlari bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq 
egallay olmaydi. Masalan, «Baland bo‘yli odam» va «Past bo‘yli odam» 
tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to‘liq qoplay olmaydi. A - 
Odam.V - Baland bo‘yli odam. S - Past bo‘yli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta 
xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq 
bo‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik 
munosabatidagi tushunchalardan farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning 
hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan, A - Odam. V - Baland bo‘yli odam, S - Baland 
bo‘yli emas odam. Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning 
mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa 
fikr shakliga o‘tishga yordam beradi. Masalan «Talaba» va «A’lochi» 
tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar 
a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.
3. Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos 
emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. 
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor 
shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning 
oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, 
munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket 
o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar 
yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun, ularni ifodalaydigan 
hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, 
boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar 
ifodalanadi.
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi 
haqida bilim ifoda qilingan bo‘ldi. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra 
chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni 
to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda 
chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlar 
mavjuddir. Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukm mantiqiy kategoriya 
bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. 
Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo‘ladi. Masalan, «Vaqt orqaga 
qaytmaydi», «Hayot - bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda qiladilar. Hukmlar 
tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir 
hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq 
hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, 


«Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan 
mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini 
o‘rganadi», degan mulohaza murakkab humkmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki 
qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o‘rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur 
qonunlarini o‘rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat. Mulohaza (hukm) tarkibida 
mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega - sub’ekt 
(S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim-predikat (P) 
predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar 
hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning 
terminlari deb ataladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U 
sub’ekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi. Oddiy 
qat’iy hukmning formulasi quidagicha yoziladi: S - P. Oddiy hukmlar sifati va 
miqdoriga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Sifatiga ko‘ra tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi. 
Hukmning sifatini mantiqiy bog‘lama belgilaydi. Tasdiq hukmlarda belgining 
predmetga xosligi, inkor hukmlarda, aksincha, xos emasligi ko‘rsatiladi. Masalan, 
«A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifidir» - tasdiq hukm, 
«Matematika ijtimoiy fan emas» - inkor hukm. Miqdoriga ko‘ra oddiy hukmlar yakka, 
umumiy va juz’iy hukmlarga bo‘linadi. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetlarning 
soni, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi. Yakka hukmlarda birorta belgining 
predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqil davlatdir», «Axmedov tarixchi emas». Umumiy hukmlarda 
birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir 
predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan: «Har 
bir inson baxtli bo‘lishni xohlaydi», va «Hech bir aqlli odam vaqtini bexuda 
sarflamaydi». Juz’iy hukmlarda birorta belgining predmetlar to‘plamining bir qismiga 
xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba’zi faylasuflar notiqdir». 
«Ko‘pchilik talabalar dangasa emas». Juz’iy hukmlarda «ba’zi» so‘zi «hech bo‘lmasa 
bittasi, balki hammasi» degan ma’noda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra «Ba’zi toshlar tirik 
mavjudot emas», degan hukm chin bo‘ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas. 
Ma’lum ma’noda yakka hukmlarni umumiy hukmlar bilan tenglashtirish mumkin. 
Chunki har ikki hukmda ham to‘plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli 
yoki taalluqli emas, deb ko‘rsatiladi. Yakka hukmlarda esa bu to‘plam birgina 
predmetdan iborat bo‘ladi. Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va 
ba’zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan 
klassifikatsiyasi (asosiy turlari) dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 1. 
Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan 
fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu 
hukmlar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S – P dir» formulasi 
orqali ifodalanadi.2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham 
inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish 
yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir S - P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha 
E harfi bilan belgilanadi. 3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham 
tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I 
harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S - P dir» formulasi orqali ifodalanadi. 4. Juz’iy inkor 
hukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, 


«Ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S - P emas» 
bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi. Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy 
hukmlardagi terminlar (S va P) tushunchalar orqali ifodalanganligi tufayli ularning 
hajmiga ko‘ra o‘zaro munosabatlarini aniqlash mumkin. Hukmlarda terminlar (S va 
P) to‘liq yoki to‘liqsiz hajmda olingan bo‘ladi. Termin to‘liq hajmda olinganda uning 
hajmi boshqa terminning hajmiga to‘liq mos bo‘ladi yoki mutlaqo mos bo‘lmaydi 
(ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lsa, unda 
uning hajmi boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno 
qilinadi. Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo‘ladi: 1. A - Umumiy tasdiq 
hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Predikati esa ba’zan 
to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan: «Hamma insonlar tirik 
mavjudotdir». Bu hukmning sub’ekti – «Inson», predikati – «Tirik mavjudot» 
tushunchasidir, «Hamma» - umumiylik kvantori. Bu hukmning sub’ekti to‘liq hajmda 
olingan, chunki unda ham ma insonlar to‘g‘risida fikr bildirilgan va bu tushuncha 
«tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to‘liq kirishadi. Uning predikati to‘liq 
hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi-insonlar haqida fikr 
yuritiladi. Buning doiraviy sxemasi quyidagicha: Umumiy tasdiq hukmlarning 
ba’zilarida S ham, R ham to‘la hajmda bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma 
musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-rasm). 2. E – Umumiy inkor 
hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, 
«Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni 
ifodalaydi, hech bir – umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-
birini istisno qiladi (3-rasm). 3. I – Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt 
to‘liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. 
Masalan: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». Hukmning terminlari quyidagicha: S – 
talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Bu hukmda S ham, 
R ham to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman 
mos keladi Yana bir misolni ko‘ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – 
vrachlar, R – xirurglar, ba’zi-mavjudlik kvantoridir. Hukmda sub’ekt to‘liq hajmda 
olinmagan, chunki unda ba’zi vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to‘liq 
hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi vrachdir. Predikatning hajmi 
sub’ektning hajmiga kirgani uchun u to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. 4. U – Juz’iy inkor 
hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda, predikati esa to‘liq hajmda 
olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S – 
yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Hukmning sub’ekti 
to‘liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. 
Hukmning predikati esa to‘liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi 
haqida fikr bildirilgan (6-rasm). Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, 
umumiy hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to‘liq hajmda, juz’iy hukmlarning 
sub’ekti to‘liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt to‘liq 
hajmda bo‘ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R £ S bo‘lgandagina to‘liq hajmda 
bo‘ladi, boshqa hollarda esa to‘liqsiz hajmda olinadi. Hukmlarda terminlar hajmini 
aniqlash qat’iy sillogizmni to‘g‘ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim 
ahamiyatga ega. Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari. Ular 
quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. 


Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki 
xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. Shuning uchun atributiv hukmlarni birorta 
predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi 
hukm deb ta’riflasa bo‘ladi. Masalan: «Hamma daraxtlar o‘simliklardir» va «Hech bir 
o‘simlik hayvon emas». Birinchi hukmda daraxtlarning o‘simliklar sinfiga kirishi 
haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o‘simliklar va hayvonlar sinfining o‘zaro hech 
qanday umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan. Ikkita, uchta va hokazo 
predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini 
ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo‘lakdan 
katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va 
bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining 
munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. Munosabat hukmlari sifatiga ko‘ra tasdiq yoki 
inkor hukm turlariga bo‘linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar 
o‘zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi 
munosabat hukmlarida esa predmetlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud 
emasligi haqida fikr bildiriladi. Munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra ham turlarga 
bo‘linadi. Xususan, ikki o‘rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra yakka-yakka, 
umumiy-umumiy, xususiy-xususiy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, 
juz’iy-umumiy turlarga bo‘linadi. Masalan: «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); 
«Gruppamizning har bir studenti fakultetimizdagi hamma o‘qituvchilarni biladi» 
(umumiy-umumiy); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar ba’zi hind kino yulduzlarini 
yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy). «Tarix o‘qituvchisi gruppamizdagi har bir talabani 
yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do‘stim ba’zi masalalarni echa oladi» (yakka-
juz’iy); «Gruppamizdagi hamma talabalar ingliz tilini o‘rganadilar» (umumiy-yakka); 
«Gruppamizdagi ba’zi talabalar fransuz tilini o‘rganadilar» (juz’iy-yakka); 
«Gruppamizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o‘yinchisini 
biladilar» (juz’iy-umumiy). Uch o‘rinli, to‘rt o‘rinli va hokazo munosabat hukmlari 
ham yuqoridagi kabi turlarga bo‘linadilar. Atributiv va munosabat hukmlaridan 
boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat 
hukmlari («A - B» ko‘rinishda bo‘lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg‘ir yog‘adi) 
ni ko‘rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qat’iy hukm turlari sifatida talqin 
qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko‘rib chiqmaymiz, chunki mavjudlik 
hukmlarini ko‘pincha atributiv hukmlar ko‘rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat 
hukmlari ko‘rinishida talqin qilish mumkin. Shuningdek, oddiy hukm turlari sifatida 
ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar ham farqlanadi. «Gruppamiz 
talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko‘rsatuvchi hukmdir. 
«Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o‘qitiladigan fanlardan darsliklar yetarli». 
Bu istisno qiluvchi hukmdir. Hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm 
deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy 
bog‘lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq 
oddiy hukmlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchining 
mazmuniga ko‘ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish 
mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent. Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) 
hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va» «ham», «ham da» kabi 
mantiqiy bog‘lovchilar vositasida o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan hukmlarga 


aytiladi. Masalan: 1."Qo‘ngirok chalindi va dars boshlandi». 2. «A. Navoiy shoir va 
davlat arbobi bo‘lgan». 3. «Muhammad SAV Xorazmiy va Axmad Fargoniylar 
matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar». Ayiruvchi (dizyunktiv) 
hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog‘lamalari vositasida oddiy hukmlardan 
tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir 
qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: 
«Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi». «Ikkinchi 
soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi bog‘lamalar «V» - 
dizyunksiya belgisi orqali ifodalanadi. Shartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning 
«agar... unda» mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli 
hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va yetarli shart tushunchalarini farqlash 
zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga 
aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo‘lmasa, hodisa ham bo‘lmaydi. Masalan: 
«Agar o‘simlik suvsiz qolsa, u quriydi». Ekvivalentlik hukmlari «agar va faqat agar 
... unda» mantiqiy bog‘lovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o‘zaro 
bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm 
ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm 
ekanligini aniqlash zarur bo‘ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan 
fikr uchun zaruriy va yetarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo‘ladi. 
Masalan: «Agar berilgan butun son juft son bo‘lsa, unda u ikkiga qoldiksiz bo‘linadi». 
Hukmlar (mulohazalar) o‘rtasidagi munosabatlar. Mulohazalar (hukmlar) ham 
tushunchalar kabi taqqoslanadigan (umumiy sub’ekt yoki predikatga ega bo‘lgan) va 
taqqoslanmaydigan turlarga bo‘linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig‘ishadigan 
yoki sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Mantiqda ikki mulohazadan birining chinligidan 
ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo‘lsa, ular o‘zaro sig‘ishmaydigan 
mulohaza (hukm) lar deyiladi. Sig‘ishmaydigan mulohaza (hukm) lar bir vaqtda chin 
bo‘la olmaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to‘liq yoki qisman 
ifodalaydi. Sig‘ishadigan mulohaza (hukm) lar o‘zaro ekvivalentlik, mantiqiy 
bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi. 
Sig‘ishmaydigan hukmlar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) 
munosabatida bo‘ladi. Mulohaza (hukm) lar o‘rtasidagi munosabatlarning sxematik 
ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali mulohaza (hukm) lar 
o‘rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi. Masalan, «Har bir jamiyat o‘z axloqiy 
normalariga ega». Bu A – umumiy tasdiq mulohaza (hukm). Ye, I, O ko‘rinishlarda 
quyidagicha ifodalanadi: E. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas. I. 
Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega. O. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy 
normalariga ega emas. Bu hukmlar taqqoslanadigan mulohaza (hukm) lar bo‘lib, ular 
o‘rtasida chinligiga ko‘ra o‘ziga xos munosabatlar mavjuddir. Sig‘ishmaydigan 
mulohaza (hukm) lar o‘rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) 
munosabatlari bo‘ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha 
bo‘lgan umumiy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra ularning har 
ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu hukmlar bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; 
agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi albatta xato bo‘ladi. 
Yuqoridagi misollardan A– mulohaza (hukm) chin, E – mulohaza (hukm) xato 
ekanligi ma’lum bo‘ladi. Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha 


bo‘lgan mulohaza (hukm) lar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohaza (hukm) larning 
har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri ham ma vaqt chin, 
boshqasi esa xato bo‘ladi. Yuqoridagi misollardan A – mulohaza (hukm) chin bo‘lib, 
O – mulohaza (hukm) xatodir. Shuningdek, I – mulohaza (hukm) chin, E – mulohaza 
(hukm) xatodir. Sig‘ishadigan mulohaza (hukm) lardan mazmuni bir xil, hajmi turli 
xil bo‘lgan hukmlar o‘zaro bo‘ysinish munosabatida bo‘ladi. Bunda umumiy 
mulohaza (hukm) lar bo‘ysindiruvchi, juz’iy mulohaza (hukm) lar bo‘ysinuvchi 
bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysinuvchi 
juz’iy hukmlar ham chin bo‘ladi. Lekin juz’iy hukmlar chin bo‘lganda, umumiy 
hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Yuqoridagi misoldan A – mulohaza (hukm) 
chin bo‘lgani uchun unga bo‘ysinuvchi I – mulohaza (hukm) ham chin bo‘ladi. Agar 
umumiy mulohaza (hukm) lar xato bo‘lsa ularga bo‘ysinuvchi juz’iy hukmlar noaniq 
(chin yoki xato) bo‘ladi. Misolimizda E – mulohaza (hukm) xato bo‘lgani uchun, O 
– mulohaza (hukm) ham xato bo‘ladi. Ba’zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo‘lsa, 
juz’iy hukmlar chin bo‘ladi. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har 
xil bo‘lgan juz’iy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin 
bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining 
xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi albatta chin bo‘ladi. Yo‘qoridagi misolimizda O – 
mulohaza (hukm) ning xatoligi aniq bo‘lgani uchun, I – mulohaza (hukm) chindir. 
Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar ham ma vaqt chin bo‘ladi, chunki ularda 
aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston 
Respublikasi madxiyasining muallifi» va «A. Oripov – O‘zbekiston Qaxramoni» 
mulohaza (hukm) lari o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil sub’ektga, lekin har xil 
predikatga ega bo‘lgan mulohaza (hukm) lardir. Hukmlarning chinligiga ko‘ra 
munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta aham 
iyatga ega. 4. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu 
bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga 
keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. 
Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar 
yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga 
aytiladi.
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tishdan tashkil 
topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar 
bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: mantiq, logtka, «fikr», «so‘z», «aql», 
«qonuniyat», hissiy bilish, hissiy bilish, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur, 
tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish, tafakkur qonuni, formal mantiq 
qonunlari, ayniyat qonuni, nozidlik qonuni, uchinchi istisno qonuni, yetarli asos 
qonuni, tushuncha, taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish, 
tushunchaning mazmuni va hajmi, hukm, sub’ekt, predikat, termin, xulosa 
chiqarish, deduksiya, induksiya, analogiya, sillogizm. 

Yüklə 308,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin