Gipoteza umumiy nazariya dairasidagi ilmiy bashoratni tavsiflaydi. Bu shuni anglatadiki, gipotezani tuzish dastlabki bazaviy nazariya va u asosida tadqiq etilayotgan ob’ektlarning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirishning ochilgan qonuniyatlari hamda sabab-oqibat aloqalarini tashkil etadi. Gipoteza darajasida harakatlarning umumiy qonuniyatlarini ifodalovchi ushbu ob’ektlarning sifat jihatidan tafsiloti beriladi.
Prognoz gipotezadan farqli ularoq yanada yuqori aniqlikka ega, chunki nafaqat sifat o‘lchamlariga, balki miqdoriy o‘lchkamlarga asoslanadi, shu bois ob’ektning kelajakdagi holatini miqdoriy jihatdan ham tavsiflashga imkon beradi. Prognoz aniq amaliy nazariya darajasida bashoratlashni nazarda tutadi. Shunday qilib, prognoz gipotezadan noaniqlik darajasi past hamda yuqori darajali haqqoniyligi bilan farq qiladi. Shu bilan birga prognozning tadqiqot qilinayotgan ob’ekti, hodisa bilan bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi mavjud emas: prognoz ehtimollik tavsifiga ega.
R eja aniq muayyan maqsadlarni qo‘yish va tadqiq etilayotgan ob’ektning aniq hodisalarini bashoratlashni ko‘zda tutadi. Unda belgilangan vazifalarga muvofiq tarzda rivojlanishning yo‘llari va vositalari qayd etiladi, qabul qilingan boshqaruv qarorlari asoslanadi. Uning eng asosiy farq qiluvchi jihati - topshiriqning aniqligi va ko‘rsatmali ekanligidadir. Shunday qilib, rejada bashoratlash yanada aniq holda namoyon bo‘ladi. Prognoz kabi reja ham aniq amaliy nazariya natija va yutuqlarga asoslanadi. Qiziqarli ma’lumotlar11 Prognozlash shakllari o‘z mohiyatiga ko‘ra boshqarish va rejalashtirish tizimida bir-biri bilan va tadqiq etilayotgan ob’ekti bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, ob’ektning o‘zining aniqliligi bilan istiqboldagi harakatlarini bilish bosqichlarining ketma-ketligini ifodalaydi. Ushbu jarayonning dastlabki qadami – ob’ektni u uchun yangi belgilangan holatiga o‘tkazish rejasini tuzish hisoblanadi. Buning uchun eng muhim vositasi umumilmiy bashoratlash va reja o‘rtasida bog‘lovchi zanjir sifatida ishtirok etuvchi prognoz xizmat qiladi.
Gipotiza umumiy tavsilotiga ega bo‘lsa ham, usiz hech qanday ilmiy boshqarish va rejalashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Gipoteza ushbu jarayonga ta’sir etib, uni tuzish uchun muhim axborot manbasi hisoblanadi. Ko‘p holatlarda gipotiza bevosita rejalarni ishlab chiqishda ham huddi shu vazifani bajaradi.
Rejalashtirish bilan prognozlash bir biri bilan chambarchas bog‘liq. Reja va prognoz o‘z mohiyatiga ko‘ra rejaning ijtimoiy ishlab chiqarishini boshqarishda yetakchi bug‘in sifatida hal qiluvchi rol uynayotgan sharoitda bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi rejalashtirish bosqichlarini ifodalaydi. Bunda prognoz mavjud amaliyotning istiqbolda rivojlanish imkoniyatlariga qaratilgan omil sifatida xizmat qiladigan bo‘lsa, prognozlash - rejalarni ishlab chiqish dastagi sifatida namoyon bo‘ladi.