Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Prognozlashtirish ob’ektining tizimli tahlili



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə26/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

9.3. Prognozlashtirish ob’ektining tizimli tahlili

Prognozlashtirish jarayonida, prognoz uchun kerakli bo‘lgan topshiriqlarni ishlab chiqish, har tomonlama prognozlashtirish ob’ekti tahlilini amalga oshirish shart. Ushbu analiz ob’ektning aniqlanishi va tadqiqot predmetini, uning prognozlashtirish maqsadi va vazifasini, tashqi manbalarga bog‘liqligini, tuzilishini, ishlash mexanizmi hamda ular ustidan boshqaruv kabilarni o‘zida mujassam etadi. Rasmiy nuqta’i nazardan qaraganda, ob’ektni izchil tadqiq qilish – optimal alternativ tanlovni amalga oshirishga hamda ob’ektni boshqaruvchi alternativ ta’sirlarning namoyon bo‘lishiga, shuningdek, uning kelgusi korrektirovkalangan modellarining tuzilishiga olib keladi.


Biz ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni ko‘rib chiqamiz, ularning tahlili esa prognozlashtirish ob’ekti sifatida qaralganda ancha murakkab, chunki ular murakkab tizimlar toifasiga kiradi.

9.1-rasm. Prognozlash jarayonlarining evolyusiyasi12

Tizim bir-biriga o‘zaro ta’sir etuvchi elementlari, ularning xossalari va aloqalari mavjud bo‘lgan butun bir kompleks sifatida qaralishi mumkin. Umuman olganda tizim – bu moddiy dunyoda elementlari mavjud bo‘lgan, butun bir kompleksning ob’ektiv mavjudligiga asoslangan ilmiy abstraksiya. Tizimning murakkabligiga oid faraz faqatgina uning elemenlariga emas, balki ular o‘rtasidagi ko‘p tarmoqli hamda ko‘p qirrali aloqalarga, tizimning butunligiga doir maxsus xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga va uning kutilayogan holatiga bog‘liq. Bu orqali murakkab tizimni ham elementlarning katta miqdori, ham ularning xilma-xil aloqalari aniqlaydi. Murakkab tizimning xususiyatlarini ta’riflashda, avvalo, uning yaxlitlik xususiyatidan boshlaymiz. Murakkab tizim tarkibidagi biror bir element (qism)larda mavjud bo‘lmagan xususiyatlarni namoyon qiladi. Demak, murakkab tizim uning tarkibini tashkil etuvchi qismlar va ularning xususiyatlari miqdoriga qaraganda ko‘proq jihatlarni namoyon etadi. Murakkablik va yaxlitlikning o‘zi tizimning yangicha xususiyatlarini vujudga keltiradi.





Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin