Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Korrelyatsiya va regressiya tahlili usuli



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə29/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

10.4. Korrelyatsiya va regressiya tahlili usuli

Umumlashgan katta sonni tahlil qilish va konkret kuzatishda u yoki bu qonuniyatlarni aniqlash zaruriyatligi ko‘pgina iqtisodiy tadqiqotlarning harakterli xususiyati hisoblanadi. Real borliqda hech bir iqtisodiy zaruriyat bevosita sof holda namoyon bo‘lmaydi.


Bir qiymatni o‘zgartirish boshqasining o‘rtacha qiymatining o‘zgarishiga olib keladigan hollarda bog‘lanishni o‘rganish katta qiziqish uyg‘otadi. Mana shunday bog‘lanishga korrelyatsion bog‘lanish deyiladi. Korrelyatsiyani tahlil qilishdan maqsad, hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning zichligini o‘rganishdir. Bog‘lanishlar o‘z mohiyatiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy hodisalar, shu jumladan, iqtisodiy hodisalar odatda murakkab bog‘lanishga ega bo‘ladi.
Korrelyatsion tahlil hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlaydigan usullardan biri hisoblanadi. Lekin faqat korrelyatsion tahlil bog‘lanishning zichligi haqida oddiy baho bera oladi. Bu holat iqtisodiy tadqiqotlarda korrelyatsion tahlilni keng qo‘llash imkoniyatini beradi. Korrelyatsion tahlil haqida gapirganda regression tahlilni unutmaslik kerak. Regression tahlil hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning statistik tahlil usuli bo‘lib, bog‘lanish shakllarini tahlil qiladi. Regression tahlil natijalari regressiya tenglamalari va koeffitsientlarida sifat ifodasiga ega bo‘ladi.
Korrelyatsion bog‘lanishlar tasnifi quyidagi 1-chizmada keltirilgan.
Korrelyatsion va regression tahlilning samaradorligi ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Korrelyatsion va regression tahlil qilishdan oldin o‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasida bog‘lanish har tomonlama sinchiklab tahlil qilinishi lozim. Haqiqatan ham bog‘lanish mavjud bo‘lsa, korrelyatsion va regression tahlil usulidan foydalanish hamda real ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni olish mumkin bo‘ladi.
Korrelyatsion tahlilning birinchi vazifasi, korrelyatsion bog‘lanish shakllarini, ya’ni regressiya funksiyasi ko‘rinishlarini (chiziqli, darajali, logarifmik va boshqalar) aniqlashdan iborat. Bog‘lanish shakllarini tanlash regression tahlil va tanlanayotgan funksiya haqidagi ma’lum gipotezalarni ishlab chiqish hamda tahlil qilishdan boshlanadi.






Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin