Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə24/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

Tayanch so‘z va iboralar

Ishsizlik va inflyatsiya makroiqtisodiy tahlilning asosiy ko‘rsatkichlari. Ishsizlik iqtisodiy kategriya sifatida, uning turlari, shakllanish bosqichlari. Ishsizlikning YaIMga ta’siri va uni iqtisodiy tahlili. Ishsizlikni tahlil qilish usuli, uning miqdoriy me’yori. Ishsizlikni shakllantiruvchi omillar. Ishsizlik va bandlik. O‘zbekistonning ishsizlikni kamaytirish siyosati. Ishsizlik darajasini iqtisodiy tahlili. Inflyatsiya va uning iqtisodiy mohiyati. Inflyatsiyani belgilovchi omillarning tahlili va ularning miqdoriy tarkibi. Mamlakat iqtisodiyotini mustaqillik yillaridagi rivojlanish davrida inflyatsiya darajasining dinamikasini iqtisodiy tarkibi, o‘zgarish (kamayish) tendensiyasi tahlili.




Mavzu-9. MAKROIQTISODIY PROGNOZLAShNING MOHIYaTI, PREDMETI VA OB’EKTI


Reja:

1. Iqtisodiy prognozlash tushunchasi, uning mohiyati va funksiyasi


2. Prognoz, gipoteza va reja xaqida tushunchalar
3. Prognozlashtirish ob’ektining tizimli tahlili


9.1. Iqtisodiy prognozlash tushunchasi, uning mohiyati va funksiyasi

Ijtimoiy-iqtisodiy hayotni, kelajakni baholamasdan uning rivojlanish istiqbolini prognozlashsiz tasavvur qilish qiyin. Rejali ijtimoiy xo‘jalik yuritish sharoitida iqtisodiy prognozlar jamiyat rivojlanishining mumkin bo‘lgan maqsadlarni ularga erishishni ta’minlovchi iqtisodiy resurslarni, uzoq muddatli, o‘rta muddatli va joriy rejalarning ehtimol bo‘lishi mumkin bo‘lgan va iqtisodiy jihatdan samarali variantlarni aniqlash uchun, iqtisodiy va texnik siyosatining asosiy yo‘nalishlarini asoslash, qabul qilinayotgan qarorlarning natijalarini prognozlash va har bir muayyan vaqtda aniq tadbirlarni, faoliyatni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Bozor islohotlari va ilmiy-texnik taraqqiyotni takomillashtirish sharoitida prognozlash ijtimoiy rivojlanishining strategiya va taktikani shakllantirishning hal qiluvchi ilmiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.


Insonning aqliy faoliyati mobaynidagi eng asosiy va muhim jihatlardan biri – bu kelajakni oldindan bashorat qilishdir.
Bugungi kunda oldindan bashorat qilishning ikki xildagi ko‘rinishi mavjud – ilmiy bashoratlash hamda ilmiy asoslanmagan bashoratlash. Ilmiy asoslanmagan bashoratlash – insonning topqirligi, sezgirligi bilan bog‘liq bo‘lgan bashoratlashlarni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy bashoratlashning oddiy bashoratlashdan prinsipial farqi shundaki, ilmiy bashoratlash orqali kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisa to‘g‘risida ishonchliroq va aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Bu orqali esa amaliyotda eng muhim va maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ilmiy bashoratlashning xilma-xil shakllari orasida eng ko‘p tarqalgan turlaridan bittasi prognozlashtirish hisoblanadi.
Prognoz shu paytgacha hech bir til tizimida hali kuzatilmagan ehtimolli voqeani atamalar orqali qayd etishga, biror bir ob’ekt, jarayon, hodisaning holatini uzoq yoki yaqin kelajak uchun qayd etishga yordam beradi.
Prognozni ishlab chiqishda tekshirilgan, aniq va ziddiyatga uchramaydigan prognozlashtirish metodidan foydalanish lozim. Ana shundagina, prognozni shaxsiy intuitiv tarzda emas, balki ilmiy asoslangan tarzda ishlab chiqilganligini etirof etish mumkin. Qolaversa, prognozlashtirilgan voqea-hodisaning realizatsiyasini kelajakda tekshirish usullari ham aniq bo‘lishi shart.
Shunday qilib, prognoz – bu kelajakda, ma’lum bir muddat oralig‘ida ob’ekt, hodisa yoki jarayonlarning rivoji samarasi hamda ularning ehtimolli yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ilmiy-uslubiy asoslangan mulohaza hisoblanadi.
Prognozlashtirish sohasi keng qamrovli va xilma-xildir. Bugungi kunda geografik, geologik, ekologik, tibbiy prognozlashtirish, ilm-fan va texnika prognozi, iqtisodiy, sotsiologik, harbiy prognozlashtirish, tashqi-siyosiy, yuridik, madaniy-estetik va boshqa turdagi prognozlashtirish sohalarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin