Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Inflyatsiyaning mohiyati va turlari va hisoblash usullari



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə23/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

8.3. Inflyatsiyaning mohiyati va turlari va hisoblash usullari

Inflyatsiya nima? Inflyatsiyaning soddalashtirilgan ta’rifi – bu baholarning umumiy darajasining oshishi. Inflyatsiyaning to‘liq ta’rifi- bu tovar aylanmasiga zarur bo‘lgan pul massasi muomala vositalarining haddan tashqarari oshib ketishi, natijada pul birligi qadrining tushishi va o‘z navbatiga tovar baholarning oshishi


Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi.
Bu yerda qog‘oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi.
Qog‘oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. Narxlar indeksi esa joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi.

8.1-rasm. Mehnat unumdorligi va ish haqi o‘rtasidagi farq10

Inflyatsiya turlari. Kelib chiqish sabablariga qarab:


Administrativ inflyatsiya «administrativ» boshqariladigan baholar tufayli paydo bo‘ladi
Talab inflyatsiyasi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to‘la kondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o‘sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko‘p pul massasi to‘g‘ri keladi.
Taklif inflyatsiyasi, bunda baholarning o‘sishiga sabab sifatida garchi resurslardan to‘laligicha foydalanilmagan bo‘lsadaishlab chiqarish xarajatlarini oshishini keltirish mumkin
Xarajatlar inflyatsiyasi, bunda ishlab, chiqarish omillari bahosi oshganda ishlab chiqarish xarajatlari ham oshadi va natijada ishlab chiqarishlgan mahsulot narxi ham oshadi
Import inflyatsiyasi, bunda tashqi omillar ta’sir qilib, mamlakatga chet el valyutasining haddan tashqari oqib kelishi va import tovarlarining bahosi oshishi tufayli yuzaga keladi
Kredit inflyatsiyasi, ortiqcha kredit ekspansiyasi tufayli yuzaga keladi
Ko‘rinishi jihatidan:
Ochiq inflyatsiya, ya’ni tovar va xizmatlarning erkin bozordagi inflyatsiyasi;
Yashirinchi (bosilgan) inflyatsiya, bunda davlatning baholarni bir darajada majburiy ushlab turishida paydo bo‘ladi. Tovar defitsiti bo‘lganda tovarlar «qora bozor»ga o‘tib, u yerda ularning baholari doimiy ravishda o‘sib boradi.
Ko‘lamiga ko‘ra: Mahalliy inflyatsiya, ayrim mamlakatlarda yuz beradigan inflyatsiya; Jahon inflyatsiyasi.




Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin