Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə34/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

11.3. Makroiqtisodiy modellar.

T armoqlararo modellar majmuasi yiriklashgan dinamik va kengaytirilgan tabiiy-qiymatli modellarni o‘zi ichiga oladi. Tizimning hamjihatligi milliy daromad, uni taqsimlash tuzilmasi hamda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining sarmoya qo‘yilmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va boshqalar kabi yiriklashgan dinamik modelining asosiy ko‘rsatkichlarning tabiiy-qiymatli tarmoqlararo balansini tuzish uchun qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi.


Zamonaviy dinamik tarmoqlararo modellar iqtisodiy rivojlanishning sur’atlari va nisbatlarini aniqlovchi uchta asosiy omillar guruhi bo‘yicha iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini bashoratlashga imkon beradi. Xususan ular quyidagilar: rejali davr boshiga yig‘ilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarnimiqyosi va tarkibi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy salohiyatning boshlang‘ich darajasi; mehnat resurslaridan unumli foydalanish ko‘rsatkichlar o‘zgarishining istibolli tendensiyalar; jamiyatning yakuniy ehtiyojlarining istiqbolli tarkibi.


11.4. Iqtisodiyotni rivojlantirish modellari.

Iqtisodiy-matematik modeli masalan quyidagicha ifodalanilishi mumkin  . Bu model misol tariqasida u yoki bu buyumni tayyorlash uchun talab qilinadigan materiallarga bo‘lgan prognoz talablarini aniqlashda qo‘llanilishi mumkin. Bu holatda Xbuyumlar soni, a– bitta buyum uchun material sarflanish me’yori, Z–materiallarga bo‘lgan umumiy ehtiyoji.


Iqtisodiy-matematik modeli, agar bir nechta tur buyumlarni tayyorlash uchun materiallarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash kerak bo‘lsa, murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi:  yoki   , bu yerda n = 1, 2, 3,...n. Ushbu model materiallarga bo‘lgan ehtiyojning ikki guruh omillarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib turibdi: tayyorlanayotgan buyumlar soni va buyum uchun materiallar sarflanish me’yori. Bunday model deskriptiv (lotincha “desckribo”)deb ataladi.
Bir mahsulotli model nafaqat bir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalarda, balki bir qator holatlarda agar ishlab chiqariladigan mahsulotlar iste’mol qilinishda bir-birini o‘rnini bosadigan bo‘lsa yoki ularni mutlaq ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi mumkin. Ko‘p mahsulotli modellarda butun tarmoq ishlab chiqarayotgan mahsulotga va xomashyo yoki boshqa qandaydir resurslarni iste’mol qilishga bo‘lgan talab bo‘yicha ikkita yoki undan ham ko‘p chegaralar ko‘rib chiqiladi. Ushbu modellarda turli mahsulotlarni iste’molida o‘rnini bosadigan xususiyatini hisobga olgan holda turdosh mahsulotga keltirish imkoniyatidan unumli foydalanilishi mumkin.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin