Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə33/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

11.2. Ekonometrik modelllar.

Quyidagi ekonometrik modellarni ajratib olish mumkin: omilli, tarkibli va kombinatsion. Bitta model turi turli iqtisodiy ob’ektlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Agregirlashgan darajasiga qarab iqtisodiyotni rivojlanishining ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy, tarmoqlararo, hududlararo, tarmoqli,hududiy modellarga bo‘linadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish jihatlari bo‘yicha asosiy fondlarni, mehnat resurslarnitakror ishlab chiqarish, moliya tizimi va narx shakllantirish hamda boshqa modellarajralib turadi.


Ekonometrik modellarning o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) modellarga bo‘linadi. Masalan modeldagi ekzogen omillar korxona uchun yetkazib berishlarning jo‘shqinligini, endogen omillar esa korxonada mehnat resurslarning mavjudligini ko‘rsatib berishi mumkin.
Omilli modellar o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlarning turli miqdorini va ularga mos ravishda o‘lchamlarini o‘z tarkibiga olishi mumkin. Omilli modelning sodda turi bir omilli model hisoblanadi. Unda omil sifatida biron bir vaqt ko‘rsatkichi xizmat qiladi. Bu holatda u yoki bu ko‘rsatkichni tahlil va prognoz qilish vaqtning xronologik qatoriga nisbatan bog‘liqlikda amalga oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (u yoki bu dinamik qatori o‘zgarishining umumiy tendensiyani tavsiflovchi bog‘liqlik) aniqlanadi.
Tarkibiy modellar bir butun yoki agregatni shakllantiruvchi alohida unsurlar o‘rtasidagi nisbatlarni, aloqalarni izohlab beradi. Ushbu modellar tarkibiy-balans turdagi modellar sirasiga kiradi, ya’ni unda u yoki bu agregatni tarkibiy qismlarga bo‘lish bilan bir vaqtda ushbu unsurlarning o‘zaro aloqalari ko‘rib chiqiladi. Bunday modellar matritsali shaklga ega va tarmoqlararo hamda hududlararo aloqalarni tahlil qilish va prognozlash uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida oqimlarning, o‘zaro aloqalari masalan mahsulotni sohalararo yetkazib berish izohlanadi. Tarkibiy-balans modelining eng keng tarqalgan shakli ishlab chiqarishning tarmoqlararo balansi va mahsulotlarni taqsimlash hisoblanadi.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin