Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə42/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

13.2. Ilmiy tadqiqot turlari.

Ilmiy texnika taraqqiyotini shakllanishi va ularning natijalarini amalga oshirish 5 ta bosqichdan iborat bo‘ladi, ya’ni fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar, ishlab chiqarishga tayyorlash va ekspluatatsiya.


Fundamental tadqiqotlar - bu olib boriladigan tadqiqotning mavjudligi tahlili, tabiiy rivojlanish qonun va qonuniyatlarini aniqlash, jamiyat, inson, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ochib berish, mavjud qonun va qonuniyatlar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat.
A maliy tadqiqotlar mohiyatan ikki vazifasi mavjud: birinchidan, u fundamental tadqiqotlarni tahlil qilish yangi ish qurollari (texnika,texnologiya, materiallar va boshqalar) yaratish maqsadida uni rivojlantirish; ikkinchidan ishlab chiqarish jarayoni holatini tahlil qilish, hamda mavjud texnika asosida yangi texnika asosini yaratish va ularni amaliyotga keng joriy etishdan iborat. Amaliy tadqiqotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘riqnoma, normalar, uslubiyot, me’yorlar, me’yor aktlarning asosliligi bilan yaratilgan amaliy ilmiy tadqiqot natijalari va ularni bevosita amaliyotga joriy qilishdan iborat bo‘lib ob’ekt sifatida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi.
Amaliy tadqiqotlarlarni prognozlashning asosiy belgilari quyidagilar: tadqiqotga ketgan xarajatlar hajmi, kerakli materiallar miqdori, moliyaviy resurslar miqdori, ilmiy xodimlarning malakasining oshishi, yangi mutaxasislarga bo‘lgan talab, tadqiqotning moddiy ta’minlanganligi, tadqiqotga bo‘lgan talab va ehtiyoj.
Ilmiy ishlanmalar deganda konstruktorlik, texnologik, loyihalar asosida yangi texnikalar, texnologiyalar, mahsulotlar, hamda ishlab chiqarilgan mehnat jihozlari va qurollarini modernizatsiyalash ularni tajribalardan o‘tkazish tushiniladi. Ishlanmalar amaliy tadqiqotlargi o‘xshab ketadi, lekin u davlat standartlariga javob berishi kerak. ularni amalga oshirishda quyidagi talablar mavjud: konstruktorlik va texnologik ishlanmalar ustidan ishlash tartibi, tajriba na’munalari, tajriba partiyasi, ommaviy ishlab chiqarish uchun tayyorligini tekshirish. Konstruktorlik- tajribaviy ishlanmalar tarmoq ilmiy tekshirish tashkilotlari konstruktorlik loyiha tashkilotlar hamda konstruktorlik va texnologik ishlab chiqarish byurolar birlashmalar tomonidan sanoat tashkilotlari tarkibida amalga oshiriladi.
Ekspluatatsiya bosichida yangi texnika ishlab chiqaruvchilar iste’moli mumkin bo‘ladi. Yaratilgan mahsulot va texnika, ma’naviy va jismoniy eskirgandan so‘ng, u seriyali ishlab chiqarish va ekspluatatsiyadan chiqariladi. Shu bilan ixtironing hayotiy sikli tugaydi. Zamonaviy ilmiy taraqqiyoti shartlaridan biri nafaqat tadqiqot ishlanmalarning tadiqot davrining qisqa bo‘lishi, balki uning iste’mol davrini ham qisqartirishdan iboratdir. Rivojlanganmamlakatlarda texnika texnologiyalarni ma’naviy eskirish davri 3-5 yilni tashkil qiladi.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin