Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə45/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

Tayanch so‘z va iboralar

Ilmiy tadqiqot natijalarini prognozlash ob’ekti sifatida. Ilmiy-texnik tadqiqotlarning xususiyatlarni amalga oshirish ketma-yetligi, murakkabligi, tasodifligining darajasining yuqoriligi. Ilmiy tadqiqot turlari. Fundamental tadqiqotlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, samaradorligini ob’ektiv baholash usuli va umumiy tadqiqotlardagi ulushining salmog‘i. Ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonini prognozlashning xususiyatlari va tamoyillari. Ilmiy-texnik taraqqiyotning prognozlash usullari, evristik-logistik usullar. Innovatsion tadqiqot loyihalari va ularning natijalarini prognozlash.


MAVZU-14. IJTIMOIY JARAYoNLAR VA AHOLI TURMUSh DARAJASINING O‘SIShINI PROGNOZLASh


Reja:

1. Ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlari va ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar.


2. Ijtimoiy sohalarni prognozlash usullari va modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Aholi turmush dinamikasini baholovchi ko‘rsatkichlar, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish dinamikasi.


14.1. Ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlari va ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar.

Asosiy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajalari aholining turmush darajasi orqali ifodalanadi, bu tushuncha o‘zida kishining ham moddiy, ham manaviy jihatdan qoniqishi tushuniladi.


Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning asosiy ajralmas qismi bu istemol hajmi harakatini baholash va ilmiy texnik taraqqiyotining o‘rnini aniqlashdir.
Istemolning o‘sishini tahlil qilish aholi turmush darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aholi istemoli tarkibidan kelib chiqib, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, omillar va istemolning o‘zaro ta’siri sabab-oqibatlarini aniqlash, hozirgacha bo‘lgan davr mobaynida istemol tarkibining o‘zgarishi sabablarini tahlil qilish, prognoz qilinadigan asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda mamlakatning ijtimoiy rivojlanishi va aholi turmush darajasida katta o‘rin egallaydi. Qiziqarli ma’lumotlar17
B u sohani
prognozlashtirishning asosiy vazifasi avvalo kelajakda aholi istemolini aniqlash va ularni qondirish imkoniyatlarini izlashdan iborat. Masalan: yuqori sifatli va turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, xizmatlar, uy-joylar va boshqalar.
Qulay sharoitda inson har tomonlama rivojlanar ekan, unga nafaqat moddiy balki manaviy talab ham oshib boradi. Inson rivojlanishi bilan o‘z yaxshi ish sharoitini tashkil etishga, tibbiy xizmatlarni va dam olish sharoitlarini yaxshilashga harakat kiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi istemolining o‘sishini prognozlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu bilan kelajakdagi istemol hajmining rivojlanish tendensiyasini bilish mumkin.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin