Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə53/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

Tayanch so‘z va iboralar

Tarmoqdagi mahsulot talabini prognozlashtirish. Prognozlashtirish ob’ektini belgilash. Prognozlashtirishdan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni aniqlash. Prognozlashtirishning vaqtini aniqlash. Talab doiralari va ularning talabdagi ulushini aniqlash, retrospektiv ma’lumot to‘plash, prognozlashtirish usulini tanlash, tarmoq mahsulotiga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha talab modelini ishlab chiqish.Uzoq muddatli talab. Prognoz ob’ekti. Prognozlashtirish vaqti. Tarmoq iqtisodiy rivojlanishida ko‘zda tutilgan maqsad. Ilmiy texnikaviy rivojlanish. Ishlab chiqarish tuzilmasi. Qisqa muddatli prognozlashtirish. Rejalashtirilayotgan davr prognozi. Resurslar sig‘imini prognozlashtirish. Normativ usul. Oddiy o‘rtacha usul. Ekstrapolyatsiya usuli. Regressiya usuli. Ishlab chiqarish resurslari talabini prognozlashtirish. Tarmoqning prognozlashtirish tarkibi. Talabni prognozlashtirish jarayoni. Iste’molning me’yori, resurslarga talabni prognozlashtirish.



AMALIY MAShG‘ULOTLAR BO‘YIChA O‘QUV MATERIALLARI


AMALIY MAShG‘ULOTLAR UChUN TOPShIRIQLAR, KEYS STADI, VAZIYaTLI MASALALAR VA TESTLAR


1-Mavzu: “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining mazmuni, vazifalari va predmeti


Topshiriqlar
1-masala
Quyidagi malumotlar berilgan: joriy yilda davlatning yalpi ichki maxsuloti YaIM=120 mln. O‘tgan yilgi pul massasi M=18 mln va shu yildagi pulning aylanish tezligi V=8 bo‘lsa muomiladan qancha pul chiqarildi?


2-masala
Tovar birligini ishlab chiqarish uchun bir guruh tovar ishlab chiqaruvchilar 15, ikkinchi guruh – 20, uchinchi guruh – 30, to‘rtinchi guruh 25 soat vaqt sarflaganlar. Agar birinchi guruh barcha tovarlarning 50, ikkinchi – 15, uchinchi guruh – 25, to‘rtinchi 10% ni ishlab chiqargan bo‘lsa, tovar birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatning miqdorini aniqlang.


3-masala
Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun «A», «B», «V», «G» va «D» tovarlardan 100 mln. so‘mlik ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Agar «A» va «B» tovarlardan teng miqdorda, «V» tovardan «A» tovarga nisbatan 50 foiz kam, «G» tovardan «A» tovarga nisbatan 75 foiz kam, «D» tovardan 1 mln. so‘mlik ishlab chiqarilsa, talab bilan taklif o‘rtasidagi muvozanat ta’minlanadi. Narxlar o‘zgarmagan sharoitda har bir tovardan necha so‘mlikdan ishlab chiqarish zarurligin aniqlang.


4-masala
Noshirlarning ish haqisi oshirildi. Bir paytning o‘zida boshqa sohalarda ish haqi kamaytirildi. Natijada aholining o‘rtacha daromadi o‘zgarishsiz qoldi. Shundan so‘ng o‘rtacha narx va chop etilgan gazetalar soni 10%ga o‘zgardi. Agar hamma ishlab chiqarilgan gazetalar sotilsa, noshirlarning daromadi qanday o‘zgaradi?


5-masala
1784 yilda Angliyada 1 funt qo‘lda yigirilgan ip 130,4 pens turgan. 1823 yilda yigiruv mashinasining ixtiro qilinishi mehnat unumdorligini 11,7 marta oshirishga imkon berdi. Mashina ishlatilgandan keyingi 1 funt ipning qiymatini aniqlang.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin