Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Ishlab chiqarish resurslari talabini prognozlashtirish



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə52/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

16.3. Ishlab chiqarish resurslari talabini prognozlashtirish.

Tarmoqning uzoq muddatli (perspiktiv) talabi, hajmi va ishlab chiqarish strukturasini belgilashda ular uchun kerakli bo‘lgan xom ashyo, mexnat va moliyaviy resurslarni prognoz qilish kerak.


Ushbu talab hisobining asosini tarmoq maxsulot biriligi, resurs xajmi, mexnat xajmi va jamgarma xajmi kabi ko‘rsatkichlar (koeffitsient) tashkil etadi. Xisobotlar natural xamda qiymat shaklida ko‘rsatiladi.
Tarmoqning xom-ashyo resurslariga talabi maxsulot ishlab chiqarilishi uchun kerakli moddiy resurslarning qiymat shaklidagi xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

Prognozlash davri ichida Lt tarmogida maxsulot birligi uchun mexnat xarajatining kamaytirilganligi xisoblanishi:
Lt=L0E
L0- maxsulotning bazaviy mexnat xajmi (sanoatdagi mexnat resurslarining o‘sish sharoitida PT ning oshib ketishi muammosi muxim axamiyat kasb eta boshlaydi)

16.1-Rasm. Mehnatga layoqatli aholi soni22

Bu holda ishchi kadrlarga bo‘lgan talab


TtqLtXt Xt- prognoz qilinayotgan maxsulotning ishlab chiqarish xajmi.


16.4. Tarmoqning prognozlashtirish tarkibi

T armoq haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun prognozlashtiriladigan ob’ektning barcha tashkil etuvchilari faoliyati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak, masalan, ilmiy texnik va konstruktorlik tajribalar holati; ishlab chiqarish texnik bazasining rivojlanishi; ishlab chiqarishning tashkiliy texnik darajasi; mahsulotning iste’mol darajasi va uning qondirilishi darajasi; tashkilotning xo‘jalik boshqaruvi rivojlanishi va ishlab chiqarishning ijtimoiy sharoiti va boshqalar. Prognozlashtirishning barcha turlari bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, ular tarmoq prognozlashtirish strukturasini shakllantiradi.


Iqtisodiy prognoz ob’ektilariga qo‘yiladigan talab bu prognoz srukturasi va tashkil etuvchilarini tuzish. Har bir iqtisodiy prognoz o‘zida: qisqa prognoz yo‘nalishi tahlili; uning zamonaviy holati; kelajakda rivojlanish yo‘nalishi; prognozlash davrida sodir bo‘ladigan muammolar va ularning yechimlari natijalarini amaliyotga tadbiq etish; olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tajriba izlanishlar va ularni prognozlash davrida va undan tashqarisida kutilayotgan natijalar; fundamental tadqiqotlarni baholash; berilgan vaqt oralig‘ida prognoz natijalari, takliflarini ko‘rib chiqish, ushbu natijalarni ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini baholash. Prognoz qilingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish uchun har bir prognozga quyidagilar zarurdir: berilgan davr mobaynida sodir bo‘layotgan asosiy voqealarni aniqlab, prognoz natijalariga ta’sirini aniqlash; prognoz natijalarini eng yaqin va eng uzoq amalga oshish davrini va ushbu vaqt o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; prognoz jarayonini ishlatilish sohasini yoki umumiy sohasini prognozlatirilayotgan ob’ektga boshqa ob’ektlar tomonidan ichki va tashqi ta’sirini sifat va miqdor jihatdan aniqlash; prognoz natijalarini amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan xom-ashyo, energiya, mehnat va moliyaviy resurslar hajmini aniqlash; prognozlash natijalarini texnik iqtisodiy va boshqa ko‘rsatgichlar bo‘yicha baholash.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin