Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Demografik jarayonlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni belgilovchi omillar



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə50/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

15.4. Demografik jarayonlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni belgilovchi omillar.

Yaxlit holdagi aholi prognoz soni va strukturasi dastlab tashqi migratsiyani hisobga olmagan holda amalga oshiriladi, chunki uning xissasi uncha katta emas, biroq xududlar uchun demografik prognozlar aholi migratsiyasini hisobga olgan holda tuzilishi lozim. Migratsiya nafaqat aholining umumiy soniga ta’sir qiladi, balki uning nisbiy va yosh strukturasini ham o‘zgartiradi. Shuning uchun bu omil tug‘ilish bilan bir qatorda asosiy omil hisoblanadi. Migratsiya koeffitsientini hisoblash uchun dastlab xududning har 1000 kishisiga to‘g‘ri keladigan ko‘chib kelishlarning o‘rtacha soniga teng bo‘lgan ko‘chib kelish koeffitsientini hisoblash lozim. Har 1000 kishiga xududdan ko‘chib ketish va kelishlar koeffitsienti beriladi. So‘ngra ko‘chib ketishlar va kelishlar o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bu farq sof migratsiya koeffitsientini yoki migratsiya soldosi koeffitsienti hisoblanadi.



15.1-Rasm. Jamiyat ijtimoiy tuzilmasining o‘zgarishi, mln.kishi20

Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror ishlab chiqishi, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasi, uning malakaviy va kasbiy tarkibini o‘z ichiga qamrab oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini uning jins va yosh bo‘yicha tarkibi, tug‘ilishi va o‘lishi, aholining hududiy joylanishi bo‘yicha ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqiladi. Demografik prognozi oilaning kutilajak soni, uning o‘rtacha miqdori, aholininng migratsion oqimining yo‘nalishi va intensivligi, faol mehnat faoliyatining davomiyligi, mehnat faoliyatining boshlanishi va yakunlanishi, nafaqaga chiqish o‘rtacha yoshi, o‘rtacha hayot kechirish to‘g‘risida prognoz axborotini olishga imkon beradi.


Demografik prognoz asosida aholining ijtimoiy ehtiyojlarining hajmi va tarkibi, shaxsiy iste’mol buyumlarni ishlab chiqarish, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash rivojlanishini va h.k rejalashtiriladi. Demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish prognozlari va turmush darajasini oshirish bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.



Yüklə 13,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin