14.3. Aholi turmush dinamikasini baholovchi ko‘rsatkichlar, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish dinamikasi.
Aholi turmush darajasini baholashda turar joylar bilan taminlanganligi, komunal xizmatlarning sifat darajasi, maktabgacha talim muassasalarining soni, sanatoriya-profilaktikalarning va turistik xizmatlarning mavjudligi ko‘rsatkichlari muhim rol o‘ynaydi. Shahar va qishloqlar o‘rtasidagi turmush darajasidagi tafovutni kamaytirish va barcha hududlarda yashash sharoitlarini tenglashtirish va ularni prognozlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi (aholi jon boshiga nisbatan). 10 ming kishiga to‘g‘ri keladigan vrachlar nisbati, shahar va qishloq axolisining uzoq muddatli maishiy-texnika vositalari bilan taminlanganlik darajasi 100ta oilaga nisbatan va ming kishiga to‘g‘ri kelishi hisoblanadi.
Ijtimoiy o‘sishni va aholi turmush darajasini prognozlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Uy xo‘jaliklarida uzoq muddatli ratsional foydalaniladigan uy anjomlarining har 100ta oilaga nisbati aniqlaniladi, so‘ngra prognoz qilingan talabga qarab ushbu anjomlarni ishlab chikarish uchun resurslar ajratiladi. Rivojlanishni rejalashtirishda ishlab chiqarish sohasi va tarmoqlarni rivojlantirishning eng maqbul omillarini ishlab chiqish zarur, u aholi turmush darajasini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak.
P rognoz qilingan vaqt dinamikasini ishlab siqarish va no ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘armaning hajmi va tarkibini aniqlashda quyidagi iqtisodiy matematik modellar prognozlashtirishda foydalaniladi. Ishlab chiqarishda jamg‘arma normasini, istemol uchun resurslar o‘sish suratlarining me’yor miqdorlari va noishlab chiqarish sohasidagi qurilish, noishlab chiqarish fondi dinamikasi va noishlab chiqarish kapital quyilmalarini muomalaga chiqarish modellari alohida ahamiyatga egadir.
Bu modellar olib boriladigan hisob- kitoblarning mantiqiy ketma-ketligini taminlaydi. Masalan: ishlab chiqarish jamg‘armasi dinimikasini tahlil qilish prognozlonayotgan vaqt oralig‘ida aholi turmush darajasining o‘sishiga ta’sirini ifoda etadi, hamda milliy daromodda, ishlab chiqarish jamg‘armasining ulushini, istemol uchun resurslar o‘sish surati va noishlab chiqarishdagi qurilishni ko‘rsatadi.
Prognozlashtirilayotgan jarayonni yechimlarini, ko‘plab variantlarini ishlab chiqish kerak. Noishlab chiqarish jamg‘armasi haqadagi axborot noishlab chiqarish fondini dinimikasini tuzish, noishlab chiqarish sohasida kapital quyilmalarni prognozlash imkonini beradi.
Ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish kelajakda aholi turmush darajasini belgilashda muhim ahamiyatga ega. U quyidagilarga bog‘liq: madaniyatning rivojlanishi, sog‘liqni saqlash, talim sohasi aholiga pullik xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi, aholining real daromadlarining o‘sishi, butun ijtimoiy infratuzilmasining jadal rivojlanishi asos bo‘la oladi. Shuning uchun prognozlashda aholining istemolining doimo o‘sib borishi hisobga olinishi kerak bo‘ladi.
Ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasini prognozlashda, iqtisodiyotni boshqa ko‘rsatgichlarini prognozlashda ularning o‘zaro aloqasi va bog‘liqligini inobatga olish zarur bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |