Tayanch so‘z va iboralar
Ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlari va ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Mamlakat budjetidan ijtimoiy jarayonlarni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lar, ularning o‘zgarish dinamikasi, O‘zbekiston ijtimoiy sohalarni rivojlantirish siyosati. Ijtimoiy sohalarni prognozlash usullari va modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Aholi turmush dinamikasini baholvchi ko‘rsatkichlar, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish dinamikasi. Aholi turmush darajasini belgilovchi me’yoriy miqdorlar. O‘zbekistonda ularning amaldagi miqdori prognoz uchun asosiy axborot bazasi. Maishiy xizmatlar sohasini prognozlash, chakana savdo aylanmasi va unga bo‘lgan talabni prognozlash. Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimining tarkibiy o‘zgarishei prognozlash.
MAVZU-15. DEMOGRAFIK JARAYoNLARNI PROGNOZLASh
Reja:
1. Prognozlash ob’ekti demografik jarayonlarning xususiyatlari, o‘zagrish tendensiyasi, o‘sish dinamikasi
2. Mamlakat aholisining tarkibiy tuzilishi
3. Ishchi kuchi, shahar va qishloqlarda ularning tarkibiy tuzilishi
4. Demografik jarayonlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni belgilovchi omillar.
15.1. Prognozlash ob’ekti demografik jarayonlarning xususiyatlari, o‘zagrish tendensiyasi, o‘sish dinamikasi
Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror ishlab chiqarilishini, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasini, uning malaka va kasbiy tarkibini o‘z ichiga oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini uning yosh va jins tarkibini, tug‘ilish va o‘lim darajasi, aholining xududiy joylashishi xaqidagi ma’lumotlarni tahlildan o‘tkazish asosida ko‘rib chiqadi. Demografik prognoz kelajakda oilalarning soni, ularning o‘rtacha kattaligi, migratsiya jarayonlarining yo‘nalishi va jadalligi, faol mehnat faoliyatining uzunlugi, mehnat faoliyatini boshlash va tamomlash, pensiyaga chiqishning o‘rtacha yoshlari, aholi umrining o‘rtacha uzunligi xaqida zarur ma’lumotlar olish imkonini beradi. Qiziqarli ma’lumotlar19
D emografik prognozlar asosida aholi ehtiyojlarining xajmi va tuzilishi, shaxsiy iste’mol mollari ishlab chiqarish, ma’orif, sog‘liqni saqlash va xokazolarni rivojlantirish rejalashtiriladi. Xullas, demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasini oshirish prognozlari bilan uzviy bog‘liq.
Ijtimoiy rivojlanish prognozlari aholining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini, turmush tarzining o‘zgarishi tendensiyalarini aniqlash sohasidagi murakkab tadqiqotlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu kompleksga quyidagilar kiradi: mehnat resurslarining bandligi va ularning foydalanish, milliy boylikni takror ishlab chiqarish, noishlab chiqarish ehtiyojlarini shakllantirish, aholining turmush darajasi, iqtisod tarmoqlarini rivojlantirish, xududiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish, iqtisod mexanizm iva boshqaruv tizimini rivojlantirish, jaxon xo‘jaligi va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |