Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


MUSTAQIL TA’LIMNI BAHOLASh BO‘YIChA USLUBIY KO‘RSATMA



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə74/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

MUSTAQIL TA’LIMNI BAHOLASh BO‘YIChA USLUBIY KO‘RSATMA

KIRISh

“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani bo‘yicha tayyorlangan mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y.. 11-12-son, 295-modda) konunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida" qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. 2001 y.. 15-16-son, 104-modda), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 10 iyulda 1981-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan topshiriqqa muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-1-son bilan davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazilgan nizomga, 2009 yil 26 maydagi 160-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat asttestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizom, 2009 yil 14 avgustda 286-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i, TDIU rektorining 2016 yil 22 iyuldagi “Universitetda reyting tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom” ga muvofiq hamda 2017-2018 o‘quv yili uchun tasdiqlangan “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining ishchi o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan. “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko‘rsatma bakalavriat bosqichi 200000–“Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq” bilim sohasining 230000 “Iqtisod” ta’lim sohasi barcha ta’lim yo‘nalishlari 3-kurs talabalarining mazkur fandan mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholashda asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi.


Mustaqil ish talabalarning mazkur fan bo‘yicha mustaqil faolligi hamda o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o‘quv rejada semestrlar bo‘yicha belgilangan soatlar hajmiga ko‘ra amalga oshiriladi. Xususan, 5230100 “Iqtisodiyot (makroiqtisodiyot)” ta’lim yo‘nalishi uchun “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani bo‘yicha 3 kurs 5-6 semestrida, o‘quv soatlarining umumiy hajmi o‘quv rejada 258 soat, shu jumladan shundan 74 soat ma’ruza va 74 soat seminar mashg‘ulotiga, mustaqil ta’limga 96 soat miqdorida belgilangan.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.




  1. Yüklə 13,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin