Kurs ishini tashkil etish Ishning mavzusini tanlash
«Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fani bo‘yicha kurs ishi mavzusi ushbu uslubiy ko‘rsatmada tavsiya sifatida keltirilgan mavzular ro‘yxatidan tanlab olinishi mumkin. Shuningdek, kafedra bilan kelishilgan holda, mazkur ro‘yxatga kiritilmagan boshqa bir dolzarb mavzu ham kurs ishi uchun talaba tomonidan tanlanishi mumkin.
Kurs ishi mavzusini tanlashda, talabaning qiziqishi sohasi, tanlangan mavzuning dolzarbliligi, ilmiy va statistik axborot bazasining mavjudliligi, mavzuning aynan “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani predmeti doirasida bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish
Kurs ishining rejasi talaba tomonidan ilmiy rahbar bilan maslahatlashgan holda tuzilishi kerak. Kurs ishning tayyorlangan rejasi kafedra mudiri yoki uning yordamchisidan tasdiqlatib olinishi lozim.
Kurs ishida belgilangan reja topshiriqlarini bajarilish muddatlari ilmiy rahbar tomonidan talabaga belgilab beriladi.
Talaba tasdiqlangan rejaga qat’iy amal qilishi, unda belgilangan vazifalarni (reja savollarini) bosqichma-bosqich hamda ilmiy rahbar nazoratida amalga oshirishi kerak.
Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar Kafedraning asosiy vazifalari
Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kerak.
kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko‘rib chiqish;
mavzuni tanlashida talabalarga kerakli ko‘rsatmalar va amaliy yordam berish;
talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish;
talabaning kurs ishi rejasini tasdiklab berish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;
kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam berish;
talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz berish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.