Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Kurs ishining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 13,04 Mb.
səhifə83/120
tarix24.09.2023
ölçüsü13,04 Mb.
#147896
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120
2023-2024 УМК Dinamik makroiqtisodiyot

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi

Kurs ishi mavzusi tanlanib, talabaga ilmiy rahbar tasdiqlangandan so‘ng, talaba ushbu mavzu bo‘yicha adabiyotlar, ilmiy maqolalar, adabiy manbalari, hujjatlarni o‘rganishga kirishadi.
To‘plagan materiallar asosida ishning to‘liq rejasi tuziladi.
Kurs ishi rejasi kirish, asosiy qism (3 tadan 5 tagacha savoldan iborat) xulosa (fikr-mulohaza va takliflardan iborat), foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalarni o‘z ichiga oladi.
Savollarning nomi mavzu nomini takrorlamasligi kerak.

  1. Kurs ishi titul varag‘i yagona nusxa bo‘yicha rasmiylashtiriladi (1-ilovaga qarang).

  2. Ishning kirish qismida tadqiqotning maqsadi, vazifalari, mavzuning dolzarbligi, ilmiy, amaliy va uslubiy yondashuvi asosi, ishning mazmuni beriladi.

  3. Asosiy qismda har bir savolning to‘liq mazmunini, statistik ma’lumotlarning iqtisodiy tahlili, qonuniy asoslari, qo‘yilgan muammolar bo‘yicha iqtisodiy hisob-kitoblar, tashkilot va korxonalarning tajribalari, hozirgi vaqtdagi mavjud muammolar tahlili va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi.

Bularning barchasi qo‘yilgan talablarga javob berishi, ish ilmiy, aniq, asoslangan xarakterga ega bo‘lishi kerak. Har bir savollar qisqa xulosalar bilan tugallanishi kerak.
Kurs ishining asosiy qismi, ish umumiy hajmining 60 % ni tashkil qilishi kerak. Ishda izlanish ob’ektlarining tashkiliy va iqtisodiy tavsifi, boshqaruv sxemalari va ularning bog‘liqligi ko‘rsatiladi.
Statistik ko‘rsatkichlar, jadvallar, sxemalar, diagrammalr ko‘rinishida beriladi va ular iqtisodiy tahlil etiladi, hamda izohlanadi.
Ishda iqtisodiy ko‘rsatkichlar bir necha yillar misolida tahlil etilishi, ular o‘zgarishidagi tendensiyalar, qonuniyatlar va sabab oqibat bog‘lanishlari ochib berilishi kerak.
Kurs ishining xulosa qismida ish yuzasidan barcha xulosalar umumlashtiriladi, o‘z fikr-mulohazalari bildiriladi, amaliy taklif va tavsiyalar beriladi. Taklif va mulohazalar talabaning o‘ziniki bo‘lib, u ishda qayd etilgan takliflarni takrorlamasligi kerak.
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida talaba kurs ishida foydalangan adabiyot va hujjatlarnigina keltirishi lozim.
Adabiyotlar ro‘yxatini berishda hujjatlarni joylashish ketma-ketligi va bibliografik yozuvlarning to‘g‘ri yozilishiga ahamiyat berish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzishda ularni bir necha guruhlarga bo‘lish tavsiya etiladi. Hujjatlarni va adabiyotlarni guruhlar bo‘yicha joylashtirish misoli 2-ilovada ko‘rsatilgan.




  1. Yüklə 13,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin