Ish standart A4 formatli oq qog‘ozning faqat 1 yuzasiga yoziladi. Standartga mos holda har bir varaqni yozishda 4 tomondan hoshiya qoldirilish kerak.
Chap tomondan – 30 mm;
Yuqoridan - 20 mm;
O‘ng tomondan – 15 mm;
Pastdan – 20 mm.
Har bir varaq 10 mm, oraliqdagi 28-32 qatordan (satr) iborat bo‘lishi, har bir satr 60-65 belgidan (tinish belgilar va oraliqlarni qo‘shib hisoblaganda) va 3600 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.
Savollar nomlari asosiy tekstdan oraliqlar bilan ajratiladi (10 mm).
Varaqlarni nomerlash pastdan ketma-ketlikka rioya qilgan hoda 3-varaqdan (kirish) boshlab, ya’ni titul varag‘i va mundarijadan so‘ng.
Agar kurs ishida muallif ishga taalluqli bo‘lgan iqtibos(sitata)lardan foydalansa, iqtibos olingan manbaning o‘ziga xos xususiyatlari to‘liq saqlanishi zarur: orfografiya, punktuatsiya, abzaslar joylanishi, shriftlar ajratilishi. Iqtiboslar matnning ichida berilsa, qoidaga muvofiq holda qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Iqtiboslarga havolalar matn ichida, satrlardan keyin va matn oxirida, asosan varaqning past qismida chiziqdan keyin berilishi mumkin.
Agar talaba iqtibos (sitata) bo‘yicha havolalarni ishning oxirida keltirilgan adabiyotlarga bersa, unda matnda iqtibos kata qavsga olinib, qavsdan so‘ng bu adabiyotlarning tartib nomerlari ko‘rsatilishi kerak.
Kurs ishini himoya qilish.
Kurs ishini himoya qilish kafedra tomonidan tayinlangan komissiyasining ochiq majlisida amalga oshiriladi.
Himoya talabaning o‘z ishi yuzasidan tayyorlagan qisqa (10-12 daq.) ma’ruzasidan iborat. Ma’ruzada mavzuning dolzarbligi, foydalanilgan manbalarning tavsifi, umumlashtirilgan xulosalar, muallifning bu masala yuzasidan qilgan fikr-muloxazalari va takliflari bayon etiladi. Illustrasiya sifatida talaba oldindan tayyorlangan sxema, jadval, grafik, diagramma, rasmlardan foydalanishi mumkin. Dokladni tugatgach talaba komissiya a’zolarining savollariga javob beradi.