Umumiy xavfsizlik talablari
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun umumiy qoidalar: ishchi xodim yodda tutishi kerakki, texnologik rejim normalari va uskuna va dastgohlar bilan ishlash qo‘llanmasiga rioya qilish – ishlab chiqarish va texnika xavfsizligining asosidir; har bir ishchi ish boshlashdan oldin ish joyining xavfsiz holatda ekanligiga ishonch hosil qilishi, himoya qurilmalari, asboblar, mexanizmlar va ish uchun zarur bo‘lgan moslovchilarning mavjudligi va soz holatda ekanligini tekshirib ko‘rishi lozim; hamma ishchilar baxtsiz hodisa yuz berganda, kasbiy zaharlanishda va elektr toki urganda jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishadi; ishchilarning harakatlanishi faqat ular uchun mo‘ljallangan yo‘laklar, zinalar va maydonlarda mumkin. Quvurlardan, tarnovlardan va boshqa qurilmalardan oshib o‘tish taqiqlanadi; ish holatidagi qurilmani qarovsiz qoldirish taqiqlanadi; ishga faqat maxsus kiyimda tushish lozim, zarur holatlarda, individual himoya vositalaridan foydalanish kerak; barcha elektr jihozlari er o‘tkazgichiga ega bo‘ladi; elektr dvigatellarni ishga tushirish qurilmalari bilan bog‘liq operatsiyalarda dielektrik qo‘lqoplardan foydalaniladi.materiallar, zahira qismlar, jihozlar, va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash uchun maxsus joydlar mo‘jallangan, ish jyini keraksiz jihozlar bilan to‘ldirio‘ga yo‘l qo‘yilmaydi. Bevosita ish joyida chekish yoki oziq ovqat iste’mol qilish taqiqlanadi, faqat belgilangan joyda ruhsat etilgan. Texnik yoki sanoat quvurlaridan suv ichish taqiqlanadi. Ichimlik suvi bilan ta’minlash rahbariyat tomonidan baklarda va maxsus suv idishlarida amalga oshiriladi.
Fabrikaning loyihasida quyidagi texnika xavfsizligi chora tadbirlari ko‘rilgan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish va yordamchi binolarning, fabrika xonalarining va shuningdek, hudud, yo‘llar va ochiq maydonlagi ish joylarining yoritilishi.
Mashinalarning va uzatmalarning to‘siq qurilmalari.
Binolarning balandli, yo‘laklar va bino oldidagi ayvonlarning normalari.
Dastgohlarni ta’mirlash uchun mo‘ljallangan yo‘laklarning minimal kengligi detallar va ehtiyot qismlarning o‘lchamidan tashqari ikki tomonlan 0,6m kengroq olinadi.
Ish maydonlari, ko‘prikchalar, yo‘laklar va zinalar, ularning 1 metrdan baland bo‘lmagan alohida va yaxlit qoplamali to‘siqlar bilan ta’minlanishi qo‘l qo‘yish joyigacha 0,15m.
Mashina va apparatlar, dastgohlar gabaritlari va devorlar orasidagi masofa normalari: asosiy yo‘laklarda minimal oraliq kamida 1,5m; mashinalar aro o‘tish yo‘laklarida esa kamida 1m, mashina va devorlar orasida esa kamida 0,7m.
CHang ushlagich tizim qurilmalari.
SHamollatish va zararli gazlarni yo‘qotish.
YUk ko‘tarish mexanizmlarini va bosim ostida ishlaydigan idishlardni o‘rnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalarining bajarilishi.
Bug‘ va issiq suv quvurlarini o‘rnatish va ulardan fydalanish qoidalarining bajarilishi.
Ogohlantiruvchi chiroq va iovush signallarining o‘rnatilishi.
Belgilangan normalar asosida ishchilarning maxsus forma va individual himoya vositalari bilan ta’minlanishi.
Ishlab chiqarish xizmat topshiriqlarini berish.
Ishchilarni ishlab chiqarish xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasida o‘z vaqtida tayyorlash va sinovdan o‘tkazish.
Sexlarni yong‘in va yong‘in xavfsizligi vositalari va shuningdek, o‘t o‘chirish qurilmalari, dastgohlari va inventarlari bilan ta’minlash.
Zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish va ularni saqlash qoidalarining bajarilishi.
Dostları ilə paylaş: |