Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Yanchish va tasniflashda xavfsizlik koidalari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə23/28
tarix13.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#174863
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Yanchish va tasniflashda xavfsizlik koidalari

Tegirmon va tasniflagichlarning mahalliy boshqarishga ega bo‘lgan ishga tushirish qurilmalari shunday joylashgan bo‘lishlari lozimki, tegirmon va tasniflagichni qo‘shadigan odam ularni ishini kuzatish imkoniga ega bo‘lmog‘i lozim.


Tegirmon ichida ishlashga ushbu Qoidalarning 424-bandi talablarini bajargandan keyin texnik nazorat xodimi yoki naryad-ruxsatnoma bo‘yicha brigadir ko‘zatuvida ruxsat etiladi.
Tegirmonning lyuki pastki holatda qopqoq boltlarini echish yoki ularni bo‘shatish, shuningdek ulitkasimon pitatelning kojuxi boltlarini tortish tegirmon ishlaab turganda man qilinadi.
SHarlar konteynerlarga yuklanayotgan vaqtda yuklash joyi to‘silgan va “Xavfli” degan plakat osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Konteynerni ko‘tarish paytida odamlar undan xavfsiz masofada turishlari kerak. SHarlar konteynerga uning bortidan 100mm pastroq qilib yuklanadi.
Sterjenlarni yuklash bo‘yicha sharsimon pitatellar va mexanizmlardan foydalanilgan holda ularni xavfsiz ishlashi tartibini belgilaydigan maxsus yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi lozim.
Tasniflagichlarga xizmat ko‘rsatilishiuchun ish maydonchalari tasniflagich vannasi borti balandligidan kamida 600mm pastroq qilib joylashtirilishi lozim. Tasniflagichlar vannasiga qarama-qarshi tomondagi ish maydonchalarini balandligi 1000mm bo‘lgan metall suyanchiqlar bilan jihozlanadi.
Tasniflagichlarda spiral yoki reykalarni aylantirish va ko‘tarish mexanizmlarga xavfsiz xizmat ko‘rsatilishi uchun suyanchiqli ko‘prikchalar (maydonchalar), shuningdekushbu Qoidalar talablariga muvofiq yuritma
elementlarining to‘siqlari bo‘lishi lozim.


Yong‘in xavfsizligi

Gravitatsiya bo‘limi yong‘inga xavfi bo‘yicha “V” kategoriya va II darajaga kiradi – tutib turuvchi devorlar, zina panjaralari va kolonnalarining minimal ruhsat etiladigan olovbardoshliligi 2 soat, shuningdek, maksimal ruhsat etilgan chegaradagi olovning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik. Odamlarning zichligi 3-5odam/m2 bo‘lganida eng katta oraliq masofa 100 metr, gravitatsiya bo‘limi shu normalarga to‘g‘ri keladi.


Norma bo‘yicha, dastlabki o‘t o‘chirish vositalariga 11 qo‘l o‘t o‘chirgichlari kiradi: OU-2, OU-5, OU-8 va shuningdek, 45 ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar va 22 sig‘imi 0,2 m3 dan bo‘lgan suvli baklar va 11 dona chelak. Xo‘jalik ichimlik suv quvurlari bilan birikib ketadigan yong‘inga qarshi suv ta’minoti oldindan tayyorlangan bo‘ladi.
Fabrikadagi yong‘in profilaktikasining asosiy vazifasi yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar majmuini o‘tkazishdan iboratdir. Kundalik yong‘in profilaktika ishlarini yong‘in xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan shaxslar, texnik yong‘in komissiyasi a’zolari amalga oshirishadi.

Yong‘inga qarshi tartibni saqlash, yong‘inga qarshi dastgog‘lar va inventardan to‘g‘ri foydalanish uchun o‘sha joyga biriktirilgan odam javobgar bo‘ladi. Xodimni ishga rasmiylashtirish davrida xodimlar yong‘in xavfsizligi me’yorlari to‘g‘risidagi dastlabki yong‘inga qarshi yo‘riqnomani o‘tishadi. Yong‘inni nazorat qilish davlat yong‘in nazorati orqali amalga oshiriladi.


Fabrikada xizmat ko‘rsatuvchi yong‘in topshirig‘i va korxona kommututorini bog‘lovchi telefon xizmati bo‘ladi.
Korxona maydonlarida yong‘inga qarshi quvur tarmoqlari loyihalashtirilgan bo‘ladi. YOng‘in gidrantlari yo‘l bo‘ylab bir biridan 150 metr masofada, bino devoriga 5m dan yaqin bo‘lmagan joylarda va chorraxalarga yaqin joylarda o‘tish tomonodan 2m dan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.
Ishlab chiqarish xizmatidagi yo‘llar o‘t o‘chirish xizmati avtomobillari uchun yaroqli bo‘ladi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin