SHovqin va tebranishlardan himoyalash
SHovqin deb, insonda yoqimsiz sub’ektiv hislarni keltirib chiqaradigan har xil, darajasi va tovush chastotasi bo‘yicha tartibsiz tovushlar jamlanmasiga aytiladi.
GOST ga asosan spektral xarakteriga asosan shovqinlar: uzluksiz spektrli bir oktavadan ko‘p bo‘lgan tonli, keng diapazonli, ularning spektrida eshitish mumkin bo‘lgan diskret tonlar bo‘ladi. Vaqt xarakteristikalari bo‘yicha shovqin
quyidagi turlarga bo‘linadi: doimiy, tovush darajasi 8 soatlik ish kunida 5 dB dan ko‘p o‘zgarishga ega emas; doimiy bo‘lmagan, tovush darajasi ish kuni davomida 5 dB dan kup o‘zgaradigan. Gravitatsiya bo‘linmasida shovqin doimiy bo‘ladi.
Ish joyidagi shovqin xarakteristikasi tovush bosimining oktava chiziqlaridagi o‘rta geometrik chastotali darajasi bo‘lib hisoblanadi. Ularning keng chiziqlardagi mumkin bo‘lgan shovqin darajasi 3.1 jadvalda keltirilgan.
Ventelyasion quoilmalar chiqaradigan shovqin bosimining darajasi quyida ko‘rsatilganlardan 5 dB dan oshmasligi kerak.
Jadval 3.1- Ruhsat etilgan shovqin va tovush bosimi darajalari
Ish joylari
|
Tovush bosimining darajasi (dB) oktava chiziqlarida o‘rta geometrik chastota bo‘yicha, Gs
|
Tovush darajasi va tovush darajasi ekvivalentlari, DBA
|
63
|
125
|
250
|
500
|
1000
|
2000
|
4000
|
8000
|
Ishlab chiqarish binolaridagi doimiy ish joylari.
|
95
|
87
|
82
|
78
|
75
|
73
|
71
|
69
|
80
|
YUqori shovqin darajasiga ega texnologik dastgohlar
|
99
|
92
|
86
|
83
|
80
|
78
|
76
|
74
|
85
|
Insonning eshitish diapazoni tahminan 130 dB, 140 dB shovqinga odam chidolmaydi. 80 dB dan yuqori bo‘lgan shovqinlar vaqtinchalik ish qobiliyatining yo‘qolishiga va eshitish qobiliyatining susayishiga olib keladi.
SHovqinning insonga doimiy ta’siri eshitish organlari va markaziy nerv sistemasiga yomon ta’sir qiladi. SHovqinning zararli ta’siri bilan kurashish maqsadida quyidagi choralar kiritilmoqda: Avtomatlashtirish va mexanizatsiyalao‘, masofadan boshqarish, shovqin bo‘lmagan joydan turib mashinaning ishini kuzatishi mumkin bo‘ladi. Bunday himoya qurilmalari sifatida binolarda tovush yutuvchi to‘siqlar, qoplamalar va boshqalar o‘rnatiladi.
. Binolarni yoritish
Gravitatsiya bo‘linmasida normal ish sharoitini ta’minlash maqsadida odamlar va transport o‘tish joylarida sun’iy yoritish hisil qilinadi; Navbatchi yoritish ishchi yoritish o‘chganida ishga tushadi, shuningdek, yaqinida ishlayotgan odamlar uchun xavfli bo‘lgan dastgohlar joylashgan joylarda odamlarni evakuatsiya qilish uchun avariyali yoritish mavjud. Odamlarni evakuatsiya qilish uchun avariyali yoritish umumiy yoritish tarmog‘idan mustaqil tarmoqqa ulangan bo‘ladi.
Lyuminessent lampalardan foydalanilganda yoritilganlik 150 lk dan kam bo‘lmasligi kerak va cho‘g‘lanma lampalarda esa gravitatsiya bo‘linmasida, umumiy va kombinatsiyalashgan yoritishda yoritilganlik 75 lk dan kam bo‘lmasligi kerak. Tabiiy yoritishda KEO 0,3% deb qabul qilamiz va ko‘shma yoritishda esa KEO 0,2%.
Avariyali yoritish ish joylarida ishni davom ettirishni ta’minlash uchun yorqinlik darajasi normadagidan 5% dan qo‘proqqa kam bo‘lmasligi kerak.
Odamlarning bo‘linmadan evakuatsion chiqishida avariyali yoritish asosiy yo‘laklar pollarida va zinalarda 0,5 lk dan kam bo‘lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |