Loyihalashtirilayotgan oltin ishlab chiqarish fabrikalari ob’ektlarini ekspluatatsiya qilishda atmosferani ifloslantiradigan moddalar chiqishini kamaytirish maqsadida quyidagi chora tadbirlar ko‘riladi:
1) rudani konveyerdan konusga ag‘darganda chang ko‘tarilishini kamaytirish uchun chodir shaklidagi konusni yopish qurilmasi o‘rnatiladi.
2) yirik maydalash korpusidagi texnologik dastgohdan chiqadigan havoni changdan tozalash uchun gaz tozalash qurilmasidan (siklon SN-15) foydalaniladi.
3) asosiy binoda havoni changdan tozalash uchun gaz tozalash qurilmasidan foydalaniladi.(tezkor yuvgich SIOT-M №6)
Xulosa Misli rudalarni flotatsiya usulida boyitish texnologiyasini tanlash va hisoblashda ruda yirikligi yillik unumdorlikka qarab tayyorlash dastgohlarini tanladim. Bunda mening hisob kitoblarim bo‘yicha maydalash jarayoniga ShDP 12 x 15 markadagi maydalagichdan foydalanish samarador bo`ldi. Birinchi bosqich yanchishga 2 dona MMC " Kaskad " o`zi yanchar tegirmoni tanladim va shu tegirmonni samarali deb bildim. Ikkinchi bosqich yanchishga esa 2 dona MSHS – 55 x 65 tegirmonini tanladim. Tasniflashning I- bosqichiga hisoblashlar natijasida eng samaradori 2KSP-24 markali klassifikatorni tanladim. Hamda Tasniflashning II-bosqichiga 54 dona ГЦ-360 gidrosiklonini tanladim.
Hozirgi kunda Qalmoqir koni misli rudalarini flotatsiya usulida boyitib kelmoqda. Men bu kurs loyihamda misni boyitish uchun Mexanik turdagi flotatsiya mashinalaridan foydalandim. SHundan kelib chiqib men flotatsiya jarayoni uchun «Mexanobr» FMR-25 M-6 markali flotatsion mashinani tanladim har bitta bosqich uchun kammeralar sonini aniqladim. Sikllararo va Asosiy flotatsiya jarayoni uchun kameralar soni 7danadan to`g`ri keldi.Tozalash flotatsiyasi uchun 2 dona, hamda Nazorat flotatsiyasi uchun 1 dona flotamashinaning kamerasi to`g`ri keldi. Bu flotatsiya jarayonida men Sikllararo flotatsiyani ishlatdim. Sababi ruda shlamlanishini kamaytirish bo`ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. A.Barry Wiils and A.James Finch. «Wiil’s Mineral Processing Technology». USA University of Technology, 2007.
2. I.K. Umarova. «Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi». Toshkent, 2013.
3. I.K.Umarova, G.Q.Solijanova. «Foydali qazilmalarni qayta ishlash va boyitish». Toshkent, 2009.