1.Fast Ethernet texnologiyasi uning xususiyatlari va turlari
Fast Ethernet texnologiyasi. Fast Ethernet va Ethernet texnologiyalarining barcha farqi fizik pog’onada to’plangan. Fast Ethernet texnologiyasida MAC va LLC pog’onalar oldingi bo’limda yozilgandek o’z joyida qolgan. Shuning uchun Fast Ethernet texnologiyasini ko’rganda fizik pog’onada uning bir necha variantini urganish yetarli hisoblanadi. Fast Ethernet texnologiyasida fizik pog’onani tashkil qilish bir muncha murakkab hisoblanadi, chunki unda kabel tizimining uchta variantidan foydalaniladi: - ko’p modli optik tolali kabel (ikkita tola); - 5-darajadagi o’rama juft (ikki juft); - 3-darajadagi o’rama juft (to’rt juft).
Yangi Fast Ethernet texnologiyasida ma’lumot uzatish muhiti sifatida koaksial kabellardan foydalanilmaydi. Bu ko’pgina yangi texnologiyalarning intilishi bo’lib, uncha katta bo’lmagan masofalarda 5-darajadagi o’rama juft kabeli koaksial kabel kabi belgilangan tezlikda ma’lumotlarni uzatish bilan birga tarmoqni qurish bir muncha arzonga tushadi va foydalanish uchun qulay hisoblanadi. Katta masofalarda koaksial kabelga nisbatan optik tola bir muncha keng o’tkazuvchanlik polosaga ega bo’lib, narxi ham yirik koaksial kabel tizimlaridagi nosozliklarni qidirish va bartaraf etish uchun sarflanandigan yuqori harajatlar bilan solishtirganda ko’p bo’lmaydi. Ajratilgan muhitda Fast Ethernet tarmog’i 10Base-T/10Base-F tarmog’i kabi konsentratorlarda qurilgan iyerarxik daraxtsimon ko’rinishda bo’ladi. Fast Ethernet tarmog’i konfigurasiyasining asosiy farqi tarmoq diametrining 200 metrgacha kamaytirilgani. Bu esa 10-megabitli Ethernet tarmog’i bilan solishtirganda ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 baravar oshirilgani hisobiga minimal uzunlikda kadrlarni uzatish vaqti 10 baravarga oshishi bilan tushuntiriladi. Ushbu bo’limda Fast Ethernet texnologiyasining yarim dupleksda ishlovchi klassik varianti ko’riladi. Fast Ethernet texnoliyasining fizik variantlari Ethernet texnologiyasini fizik jihatdan amalga oshirishdan katta darajaliligi bilan bir-biridan farq qiladi. Bu yerda o’tkazgichlar soni va kodlash usuli o’zgaradi. Fast Ethernet fizik pog’ona uchun uchta turli xil rasmiy standart o’rnatilgan va ularga quyidagicha nom berilgan: - ekranlashtirilmagan 5-darajadagi UTP o’rama juftli ikki juftli kabel uchun 100Base-TX yoki 1 darajali STP ekranlashtirilgan o’rama juftli kabel; - ekranlashtirilmagan 3, 4 yoki 5-darajadagi UTP o’rama juftli to’rt juft kabel uchun 100Base-T4; - ikki tolali ko’p modli optik tolali kabel uchun 100Base-FX. Uchala standartlar uchun quyidagi tasdiq va xarakteristikalar to’g’ri hisoblanadi. 1. Fast Ethernet texnologiyasining kadr formatlari Ethernet tarmog’ining 10 Mbit/s texnologiyasidagi kadr formatlaridan farq qilmaydi. 2. Kadrlar orasidagi interval 0,96 mks, bit intervali esa 10 ns. Erkin foydalanish algoritmlarining barcha vaqt parametrlari: kechiktirish vaqti, minimal o’lchamda kadrni uzatish vaqti o’zgartirilmagan. 3. Muhitning bo’sh holati xususiyati Ethernet 10 Mbit/s standarti kabi signal yo’qligi emas, balki muhit bo’ylab ortiqcha kodga mos keluvchi oddiy manba belgisini jo’natish orqali aniqlanadi.
100Base-FX/TX/T4 ro’yxati. 100Base-FX, 100Base-TX va 100Base-T4 o’rtasida ko’plab umumiyliklar mavjud, shuning uchun ham bularning xususiyati umumiy nom bilan, masalan 100Base-FX/TX nomi bilan beriladi.
100Base-FX spesifikasiyasi yarim dupleks va dupleks ish tartibida ko’p modli optik tola bo’yicha Fast Ethernet protokoli ishini aniqlaydi. Yethernet 10 Mbit/s tezlikda ma’lumot uzatganda ma’lumotlarni taqdim etish uchun manchester kodidan foydalanadi. Fast Ethernet standartida esa boshqa – 4V/5V («V» harfi binari – ikkilik so’zidan olingan bo’lib, elementar signalning ikki holatini bildiradi) usuli aniqlangan. Bu usul Fast Ethernet texnologiyasi yaratilish vaqtida FDDI tarmoqlarida o’zining ko’pgina afzalliklarini ko’rsatgan, shuning uchun o’zgarishlarsiz 100Base-FX/TX spesifikasiyada qo’llanilgan. Bu usulda MAS ostki pog’onaning har bir 4 biti (belgi deb ataluvchi) 5 bitda taqdim etiladi. Ko’p bit har besh betni elektr yoki optik impulslar ko’rinishida taqdim etishda NRZI kodlarini qo’llash imkonini beradi. NRZI kodida ikkilik sanoq tizimi birlari va nollarini kodlash uchun elektr signalini ikkita potensialidan, optik signal uchun esa yorug’lik davri va qorong’ulikdan foydalanadi.
100Base-TX ro’yxatida ma’lumot uzatish muhiti sifatida 5 darajadagi UTP yoki 1-turdagi STP kabellaridan foydalaniladi. Buning 100Base-FX ro’yxatidan asosiy farqi avtomuloqotning mavjudligi bo’lib, u portlarning ish holatini tanlash uchun qo’llaniladi. Avtomuloqot sxemasi ikkita fizik bog’langan qurilmalarni fizik pog’onaning bitli tezligi va o’rama juftlar soni bilan farq qiluvchi bir nechta standartlar bilan ishlash va bunda bir muncha qulay ish holatini kelishish imkonini beradi. Avtomuloqotning odatdagi ish tartibi 10 va 100 Mbit/s tezlikda ishlovchi tarmoq adapteri konsentratorga yoki kommutatorga bog’langanda boshlanadi.