100BASE-FX - Fast Ethernet-ning optik tolali versiyasi . 100BASE-FX jismoniy muhitga bog'liq (PMD) pastki qavati FDDI ning PMD tomonidan aniqlanadi , shuning uchun 100BASE-FX optik tolali 10 Mbit/s versiyasi bo'lgan 10BASE-FL bilan mos kelmaydi .100BASE-FX hali ham ko'p rejimli tolalarni o'rnatish uchun ishlatiladi, bu erda sanoat avtomatizatsiya zavodlari kabi ko'proq tezlik talab qilinmaydi.
3-rasm 100BASE-FX ko’rinishi
Fast Ethernet tarmog'i jismoniy shina topologiyasini ta'minlamaydi, faqat passiv yulduz yoki passiv daraxt ishlatiladi. Bundan tashqari, Fast Ethernet tarmoqning maksimal uzunligi uchun ancha qattiqroq talablarga ega. Axir, uzatish tezligi 10 barobar oshirilsa va paket formati saqlanib qolsa, uning minimal uzunligi o'n barobar qisqaradi. Shunday qilib, er-xotin signalning tarmoq orqali o'tish vaqtining ruxsat etilgan qiymati 10 marta kamayadi (Ethernetda 5,12 mks ga nisbatan 51,2 mks).
100Base-FX/TX/T4 ro’yxati. 100Base-FX, 100Base-TX va 100Base-T4 o’rtasida ko’plab umumiyliklar mavjud, shuning uchun ham bularning xususiyati umumiy nom bilan, masalan 100Base-FX/TX nomi bilan beriladi.
2. Ethernet texnologiyasi jismoniy qatlami
Ethernet texnologiyasining fizik tasnifi o’z ichiga quyidagi ma’lumot uzatish muhitlarini oladi: - 10Base-5 – diametri 0,5 dyuymli koaksial kabel, u «yo’g’on» koaksial deb ham ataladi. 50 Om bo’lgan to’lqinli qarshiligi mavjud. Segmentning maksimal uzunligi 500 metr (takrorlovchisiz); - 10Base-2 - diametri 0,25 dyuymli koaksial kabel, u «ingichka» koaksial deb ataladi. 50 Om bo’lgan to’lqinli qarshiligi mavjud. Segmentning maksimal uzunligi 185 metr (takrorlovchisiz); - 10Base-T – ekranlashmagan o’ramli juft kabeli (UTP). Konsentratorlar asosida yulduz topologiyasini tashkil qiladi. Konsentrator va oxirgi bog’lama orasidagi masofa 100 metrdan ko’p bo’lmaydi; - 10Base-F – optik tolali kabel. Topologiyasi 10Base-T standart kabi bir xil bo’ladi. Ushbu tasnifning bir necha varianti mavjud, bular - FOIRL (masofa 1000 metrgacha), 10Base-FL (masofa 2000 metrgacha), 10Base-FB (masofa 2000 metrgacha). Yuqoridagi rusumlashlarda 10 - bu ma’lumot uzatish tezligi – 10 Mbit/s, «Base» so’zi esa 10 MGs asosiy chastotada ma’lumot uzatish usuli. Fizik pog’ona standartidagi oxirgi belgi kabel turini bildiradi.
Lokal tarmoqning dastlabki texnologiyalarida fizik pog’onada kompyuterlarni birlashtiruvchi qulay vosita sifatida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. Amalda barcha texnologiyalarning (ArcNet, Token Ring, FDDI, Ethernet) boshlang’ich bosqichida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. 90-yilning o’rtalariga kelib unumdorlik, ishonchlilik va keng ko’lamliligi jihatidan yuqori ko’rsatkich evaziga kabelli mahalliy tarmoqlardagi barcha texnologiyalar o’rnini paketlar kommutasiya texnologiyasi egallay boshladi.
Zamonaviy lokal tarmoqlar ikkala texnologiya bo’yicha quriladi, faqat Ethernet texnologiyasi oldinroq paydo bo’lgan bo’lib, unda muhitning ajratiladigan algoritmi sifatida tasodifiy ruxsat usuli qo’llaniladi. Lokal tarmoqni o’rganishda aynan ushbu klassik texnologiyalardan boshlash maqsadga muvofiq. Ethernet texnologiyasi Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari oilasiga kiradi
Y uqorida aytib o’tilgan standartlarning har birini batafsil ko’rib chiqamiz. 10Base-5 standarti Ethernet texnologiyasining klassik standarti hisoblanadi. Tarmoqning yo’g’on koaksial kabel asosida qurilgan turli xil komponentlari uchta qismdan iborat bo’lib, takrorlovchi yordamida ulanadi, u 6.1-rasmda keltirilgan.
Kabel barcha stansiyalar uchun monokanal sifatida foydalaniladi. 500 metr maksimal uzunlikdagi kabel segmenti oxirida signal so’nishi va akslanishining oldini oluvchi qarshiligi 50 Om bo’lgan terminatorlar («qopqoq») bo’lishi kerak. Stansiya kabelga qabul qilib uzatuvchi – transiver (bu kabelga o’rnatiluvchi tarmoq adapterining bir qismi) yordamida bog’lanishi kerak. Transiver kabelga kontaktli va kontaktsiz usul bilan bog’lanishi mumkin.
Transiver tarmoq adpterining 50 metrgacha bo’lgan 4 ta o’rama juftli interfeys kabeli AUI (Attachment Unit Interface – ulanuvchi qurilma interfeysi) bilan bog’lanadi (bunda adapter AUI raz’yomga ega bo’lishi kerak). Transiver va tarmoq qismlarining boshqa qismlari o’rtasida standart interfeysning mavjudligi bir turdagi kabeldan boshqa turdagi kabelga o’tish uchun juda foydali hisoblanadi. Buning uchun faqat transiverni almashtirish yetarli hisoblanib, tarmoq adapterining boshqa qismi o’zgartirilmaydi, chunki u MAC pog’onadagi protokol asosida ishlaydi. Faqat bunda yangi transiver (misol uchun, o’rama juftli kabel uchun transiver) AUI standart interfeysi bilan mos kelishi zarur.
Bitta segmentga 100 tagacha transiver ulanishga ruxsat beriladi, bunda ulangan transiverlar orasidagi masofa 2,5 metrdan kichik bo’lmasligi kerak. Kabelning har 2,5 metrida transiver ulanish nuqtasini bildiruvchi belgilar bo’ladi.
10Base-5 standarti tarmoqda takrorlovchilardan foydalanish imkoniyatini aniqlaydi. Takrorlovchi bitta tarmoqqa bir necha kabel segmentini ulash va tarmoqning umumiy uzunligini oshirish uchun xizmat qiladi. Takrorlovchi bitta kabel segmentidan signalni qabul qiladi va shaklini hamda impuls quvvatini kuchaytirib, bundan tashqari impulslarni sinxron tarzda boshqa segmentga takrorlaydi. Takrorlovchi ikkita (yoki undan ko’p) kabel segmentiga ulanuvchi transiverdan tashkil topadi, bundan tashqari uzining takt generatori bilan takrorlovchi blokdan iborat bo’ladi. Ushbu standart tarmoqda 4 tagacha takrorlovchi va mos ravishda 5 tagacha kabel segmentidan foydalanishga ruxsat etadi. Kabel segmentining 500 m. maksimal uzunligi bu 10Base-5 tarmog’ini 2500 m. maksimal uzunligini beradi. Bu esa Ethernet tarmog’ining maksimal diametri standartlari cheklovlari bilan aniq mos tushadi.
6.1-rasmda uchta segmentdan iborat ikkita takrorlovchi bilan bog’langan Ethernet tarmog’iga misol keltirilgan. Chetki segmentlarning yuklamasi ko’p bo’lib, o’rtadagisining yuklamasi kam. Ethernet 10 Base-5 tarmog’ida takrorlovchilarni to’g’ri tadbiq qilish 5-4-3 qoida deb nomlanib, 5 ta segment, 4 ta takrorlovchi, 3 ta yuklamali segmentdan iborat bo’ladi.
10Base-2 standarti. 10Base-2 standartida uzatuvchi muhit sifatida ingichka Ethernet koaksial kabeldan foydalaniladi. Takrorlovchisiz segmentning maksimal uzunligi 185 metrni tashkil qilib, segment oxirida 50 Omli terminator qo’yiladi. Ingichka koaksial kabel shovqindan yaxshi himoyalanmagan, mexanik jihatdan mustahkam emas va bir muncha tor o’tkazuvchan yo’lakka ega. Stansiya kabelga yuqori chastotali uch tarmoqli (ya’ni bir tarmog’i tarmoq adapteri bilan qolgan ikki tarmog’i esa kabellarga ulanadigan) T-konnektor yordamida ulanadi. Bitta segmentga ulanuvchi maksimal segmentlar soni – 30 ta. Stansiyalar orasidagi eng kam masofa 1 m. bo’lib, kabelning har 1 metriga bog’lamalarni ulash uchun maxsus belgi qo’yiladi. 10 Base-2 standartida 5-4-3 qoidasi bo’yicha takrorlovchilardan foydalanish mumkin. Bunda tarmoq 5x185 = 925 m. maksimal uzunlikka ega bo’ladi. Bu cheklov Ethernet standartining 2500 m. cheklovidan ancha kuchli hisoblanadi. Ethernet tarmog’ining qoidasi bo’yicha 1024 tadan ortiq bog’lama bo’lmasligi kerak, 10Base2 standarti esa segmentga ulanuvchi stansiyalarni 30 taga, yuklamali segmentlar sonini 3 taga cheklaydi. Shuning uchun ham 10Base-2 tarmog’ida bog’lamalar soni 29x3 = 87 tadan oshmasligi zarur. 10Base-2 standarti 10Base-5 standartiga juda yaqin hisoblanadi, faqat unda transiverlar tarmoq adapteri bilan birlashtirilgan. Bunda ingichka koaksial kabel kompyuter shassisiga ulangan tarmoq adapterining chiqish raz’yomigacha boradi. Ushbu holatda tarmoq adapterida «osilib» turadi, bu esa kompyuterlarni fizik jihatdan joyini o’zgartirishni qiyinlashtiradi. 10Base-2F standart tarmog’ining odatdagi bitta kabel segmentidan iborat tarkibi 6.2-rasmda ko’rsatilgan.
Bunday standartni amaliyotga tadbiq qilish kabelli tarmoq uchun oddiy yechim hisoblanib, tarmoqqa kompyuterni ulash uchun tarmoq adapteri, T-konnektor va 50 Om qarshilikdan iborat terminator kerak bo’ladi. Kabelli bog’lanishning bunday turi avariya va buzilishlarga moyilligi kuchli bo’ladi. Ingichka kabel yo’g’on kabelga nisbatan shovqinni qabul qiluvchanlik xususiyati yuqori hisoblanadi. Monokanalda ko’p mexanik bog’lanishlar bo’ladi, bunda: har bir T-konnektor uchta mexanik bog’lanishni berib, shundan ikkitasi tarmoq hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Foydalanuvchilar murojaatlari raz’yomlar orqali kira olishi mumkin. Bu esa monokanal to’liqliligini buzadi.
1 0Base-T standarti. 10Base-T tarmoqlarida muhit sifatida ikkita ekranlashtirilmagan o’rama juftlardan foydalaniladi. Ko’p juftli kabellar asosidagi 3 darajadagi o’rama juft kabellari ko’pdan buyon bino ichida telefon apparatlarini ulash uchun qo’llaniladi. Ushbu ommabop kabel turi lokal tarmoq uchun juda foydali bo’ladi, chunki ko’p binolarga kerakli kabel tizimi o’rnatilgan. Tarmoq adapterini va kommunikasion qurilmalarini o’rama juft kabeliga shunday ulash usulini yaratish kerakki, bunda tarmoq adapterida, kommunikasion qurilmalarda va tarmoq operasion tizim dasturiy ta’minotida koaksial kabel asosidagi Ethernet tarmog’i bilan solishtirganda o’zgartirish juda kam bo’lishi kerak. Oxirgi bog’lamalar ikki nuqtali topologiya bo’yicha o’rama juftli maxsus qurilma – ko’p portli takrorlovchi yordamida bog’lanadi. O’rama juftdan biri ma’lumotlarni oxirgi bog’lamadan takrorlovchiga (tarmoq adapterining Tx chiqishiga) uzatish uchun, boshqasi esa takrorlovchidan stansiyaga (tarmoq adapterining Rx kirishiga) uzatish uchun kerak bo’ladi. 6.3-rasmda uch portli takrorlovchiga misol keltirilgan. Takrorlovchi biror oxirgi bog’lamadan signalni qabul qiladi va sinxron tarzda uni barcha portlarga uzatadi. Bu ish esa uzluksiz tarzda amalga oshiriladi. Bunday holatda ko’p portli takrorlovchilar konsentrator (hub) deb ataladi. Konsentrator signali umumiy muhitni – mantiqiy monokanal (mantiqiy umumiy shina) tashkil qiluvchi portlarga ulangan barcha o’rama juft kabellarga takrorlash vazifasini amalga oshiradi