2023 yilda maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yinining ta’lim muassasa bosqichi uchun savollar
1. Xalq tilida uning yana “jingʻil, “tamariks” kabi nomlari ham boʻlib, bu daraxt shoʻr tuproqning atrofga tarqalib ketishini oldini olsa, yoʻl yoqalarida mashinalardan chiqadigan zaharli gazlarni “yutib” kislorodga aylantiradi, daryo boʻylari hamda qirgʻoqlarni oʻpirilishdan saqlaydigan foydali butadir.
Savol: Ushbu buta nomini unlilari bir xil boʻlgan soʻz bilan yozib bering.
Javob: Yulgʻun.
Izoh: Gazlarni “yutishi” yulgʻun nomiga ishora edi.
Manba:
1. 7-sinf geografiya darsligi 62-bet.
2. https://xs.uz/uz/post/zhingilzorning-ohi-nolasi
2. Mo‘g‘ullar armiyasi juda qattiq intizom asosida qurilgan bo‘lib, har bir askarda ot, nayza, qilichdan tashqari U ham bo‘lishi zarur edi. UNDAN mo‘g‘ullar jang paytida ham, kundalik hayotida ham birdek foydalangan. U bir jamoviy sport o‘yinining asosiy elementari bo‘lib aylanasi 10 sm dan 12,5 sm gacha va uzunligi kamida 33,5 metrni tashkil qiladi.
Savol: UNI toping.
Javob: Arqon.
Izoh: Moʻgʻul askarida igna, arqon, elak, qozon va boshqa zarur anjomlari boʻlishi kerak edi. Arqon tortish sportida arqonning oʻlchamlari qanday boʻlishi kerakligini aytib oʻtdik.
Manba:
1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Arqon_tortish_oʻyini
2. 2022-yilgi yangi nashr, 7-sinf Jahon tarixi, 126-bet.
3. Ular o‘rta asrlarda Misrda mavjud bo‘lgan harbiylar qatlami bo‘lib, asosan, kavkazlik va turkiy xalqlar vakillaridan iborat qullardan shakllantirilgan. Arabchadan tarjima qilinganda ularning nomi ham “qul” bo‘lgan, lekin amalda ular orasidan ko‘plab hukmdorlar chiqqan.
Savol: Ushbu harbiylar qatlamini toping.
Javob: Mamluk.
Izoh: Mamluklar sultonligi, Burjitlar sulolasi ular tomonidan boshqarilgan.
Manba:
1. Jahon tarixi (XVI–XIX asrning 60-yillari) Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining VIII sinf o‘quvchilari uchun darslik, to‘rtinchi nashri, Cho‘lpon, Toshkent — 2019, 29, 96-bet.
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9C%D0%B0%D0%BC%D0%BB%D1%8E%D0%BA%D0%B8
4. Bugungi kunda UNING saqlanib qolganlari “Yasht”, “Videvdat”, “Visperat”, “Yasna” va “Xordo” kabilar. Uning qolgan qismlari ma’lum sabablar tufayli yo‘qolgan, masalan, OLOVda yoqib yuborilgan.
Dostları ilə paylaş: |