2023 yilda maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yinining ta’lim muassasa bosqichi uchun savollar


Savol: Ushbu janrni toping. Javob



Yüklə 27,5 Kb.
səhifə5/5
tarix12.09.2023
ölçüsü27,5 Kb.
#142777
1   2   3   4   5
2023 yilda maktablar “Zakovat” ta’lim muassasa bosqichi uchun savollar

Savol: Ushbu janrni toping.
Javob: Felyeton.
Manba:
1. O‘zbekiston tarixi 9-sinf (Toshkent-2019), 142-143-bet.
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Felyeton

17. XV asr oxirida portugal dengizchisi U yerga borishiga dahshatli bo‘ronlar sabab bo‘lgani uchun u yerni Bo‘ronlar burni deb atagan. Lekin Portugal qiroli Juan II u yerdan Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishiga umid qilib, Bo‘ronlar so‘zi o‘rniga boshqa ikki so‘zdan foydalanib nom qo‘ygan.


Savol: Qanday nom berishganini 3 so‘zda yozib bering?
Javob: Yaxshi Umid burni.
Manba:
1. Jahon tarixi. 8-sinf. 8-bet
2. https://ru.wikipedia.org/wiki/Мыс_Доброй_Надежды

18. Bu hayoliy chiqiz Alp tog‘larida 1000- 1300 metr, Kavkaz tog‘larida 2700 metr, Tyanshan tog‘larida esa 4200 metrdan o‘tib, uning balandligi tog‘ joylashgan joy, iqlim va boshqa omillarga bog‘liq ekan. Ushbu hayoliy chiziq tepasida yil bo‘yi Uni ko‘rishimiz mumkin.


Savol: Uni toping.
Javob: Qor.
Qabul: Muz.
Izoh: bu chiqiz Qor chizig‘i , ya’ni undan balandda qor yil bo‘yi erimay turuvchi chiziq. Qor chizig‘ining balandligi joyning geografi k o‘rniga, iqlimi, yog‘in miqdori, yonbag‘ir ekspozitsiyasiga bog‘liq. Qanchalik havo harorati past va yog‘inlar ko‘p bo‘lsa, shunchalik qor chizig‘i pastda joylashadi.
Manba: 10-sinf Geografiya darsligi 35-bet.

19.  Suv o‘tlari va qo‘ziqorinlarning simbiozi natijasida vujudga kelgan ushbu organizmlar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular tosh va qoyalarda, cho‘l va dashtlarda, daraxt va buta po‘stloqlarida o‘sadi. Shimol bug‘ularining qishdagi asosiy ozuqa manbai hisoblangan ular shimol hududlarida muhim ahamiyatga ega.


Savol. Ular nimalar?
Javob. Lishayniklar.
Manba:
1. “Biologiya” 9-sinf, 23-bet.
2. https://milliycha.uz/lishayniklar-nima/

20. Birinchi bu turdagi muassasa qayerda paydo bo‘lgani aniq emas. Ba’zi farazlarga ko‘ra, bu turdagi ilk muassasa X asrda Buxoroda tashkil qilinib, Farjak deb atalgan. Islom olamida ushbu turdagi muassasalarning ahamiyati beqiyos.


Savol: Gap qanday muassasa haqida ekanligini toping.
Javob: Madrasa.
Manba:
1. O‘zbekiston tarixi. 7-sinf. 47-bet.
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Madrasa
Yüklə 27,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin