Fanning nomi Informatika va raqamli texnologiyalar
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) 120
Mustaqil ta’lim (soat) 180
Jami yuklama (soat) 300
Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim o‘quv yuklamasi (soatlarda) ajratilgan semester bo‘yicha taqsimoti
T/r
Auditoriya mashg‘ulotlar soatlari
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
1
Ma’ruza
20
10
10
2
Amaliy
20
10
10
3
Seminar
4
Labaratoriya
20
10
10
7
Jami auditoriya soatlari
60
30
30
5
Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar
60
90
30
6
Kurs loyihasi va kurs ishlari
8
Jami yuklama
120
120
60
I. Faning mazmuni Fanning maqsadi - Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda kasbiy faoliyatlarida uchraydigan turli masalalarni hal qilishda informatika va raqamli texnologiyalarning nazariy va amaliy asoslaridan foydalanish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantiirishdan iborat.
Fanning asosiy vazifasi – informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari, axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyat va ta’limning axborotlashtirilishi, kompyuterlarning axboriy-mantiqiy va arifmetik asoslari, elektron hukumat, elektron raqamli imzo, elektron tijorat va raqamli texnologiyalar, virtual borliq, bulutli texnologiyalar, blockchain va raqamli media marketing haqida nazariy va amaliy bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari. Informatika va raqamli texnologiyalar fanining maqsadi, obyekti va predmeti. Informatikaga oid fanlarning shakllanish tarixi. Informatikaning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari. Zamonaviy informatika tuzilmasi.
2-mavzu. Axborot, uning turlari, xususiyatlari va o‘lchov birliklari. Axborot va ma’lumot tushunchalari. Axborotlarni taqdim etish shakllari: uzluksiz (analog) va diskret axborotlar. Axborotlarning xususiyatlari. Axborotli jarayonlar. Axborotlarning xususiyatlari. Axborotning sintaktik, semantik, pragmatik o‘lchovlari. Axborotning o‘lchov birliklari.
3-mavzu. Bilim. Bilimlar ombori va ekspert tizimlari. Bilim tushunchasi. Bilimlarni olish usullari. Bilimning asosiy xossalari. Bilimlar ombori. Ekspert tizimlari.
4-mavzu. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish. Axborotlashgan jamiyatda inson. “Axboriy madaniyat” tushunchasi va uning mazmuni. Axboriy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish shart – sharoitlari va vositalari. Ta’limni axborotlashtirish. Jamiyat va ta’limni axborotlashtirishning huquqiy-meyoriy asoslari. Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali.
5-mavzu. Axborotlashgan jamiyatda inson. Axboroy madaniyat va uni shakllantrish. Axborotlashgan jamiyat. Jamiyat axborotlashtirishning huquqiy-me’yoriy asoslari. Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot potensiali.
6-mavzu. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi va arxitekturasi. Shaxsiy kompyuterlar va ularning turlari. Shaxsiy kompyuter tuzilishi. Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi va kompyuterlarning rivojlanish yo`nalishlari.
7-mavzu. Shaxsiy kompyuterning axboriy-mantiqiy asoslari. Mantiqiy o‘zgaruvchilar va mantiqiy ifodalar. Mantiqiy amallar. Mantiqiy funksiyalar va ularning rostlik jadvali. Mantiqiy sxemalar. Bul algebrasi va elementar Bul funksiyalari. Bul algebrasi qonunlari. Kompyuterni ishlashining mantiqiy va fizik asoslari.
8-mavzu. Kompyuterda axborotlarni qayta ishlashning arifmetik asoslari. Sanoq sistemalari. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. Ikkilik, sakkizlik va o‘n oltilik sanoq sistemalari. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish.
9-mavzu. Axborotlarni kodlash va dekodlash. Kodlash va dekodlash tushunchalari. Kodlash turlari. Matnli axborotlarni kodlash usullari. Grafik axborotlar va ularni kodlash. Audio va video axborotlarni kodlash.
10-mavzu. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Kompyuterlarda sonlarning qo‘zg‘almas vergulli va qo‘zg‘aluvchi vergulli usullarda tasvirlanishi. Axborotni kodlash: to‘g‘ri, to‘ldirish, teskari va modifikatsiyalashgan kodlar.
11-mavzu. Informatika va raqamli iqtisodiyot. Iqtisodiy informatikaning maqsadi va vazifalari. Iqtisodiy axborot, iqtisodiy informatika tushunchalari. Raqamli iqtisodiyot. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari. Raqamli iqtisodiyot.
12-mavzu. Elektron hukumat va elektron raqamli imzo. Elektron hukumat tushunchasi. Elektron hukumat vazifalari va printsiplari. Elektron hukumat tizimini rivojlantirishning meyoriy-huquqiy asoslari. Elektron hukumatning modellari. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. Elektron raqamli imzo va uning ochiq va yopiq kalitlari. Elektron sertifikatlar. Elektron hujjat almashish tizimlari.
13-mavzu. Elektron tijorat. Elektron tijorat (e-commerce) va elektron savdo (e-trade) xususiy belgilari va farqlari. Elektron pul tushunchasi va elektron pul birliklari. Elektron to‘lov vositalari. Elektron karmon. Elektron tijorat tizimlari. To‘lov tizimlari, ular orqali to‘lovlar va xaridlarni amalga oshirish.