Blokcheynning afzalliklari. Blokcheyn mo’jizasi quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi.
U bitta tashkilotga qarashli emas, u markazdan boshqarilmaydi. Blokcheyn ko’plab vazifalarni bajaradi.
Ma’lumotlar kriptografik tarzda saqlanadi.
Blokcheyn o’zgarmasdir, birovga bog’liq emas, shuning uchun hech kim blokcheyn ichidagi ma’lumotlarni buza olmaydi.
Blokcheyn bir-biri bilan internet orqali bog’langan minglab kompьyuterlarda bir vaqtning o’zida saqlanuvchi ma’lumotlar ro’yxati (jurnal)dir.
Blokcheyn shaffof, ochiq, shuning uchun xohlagan kishi ma’lumotni kuzatishi mumkin, ma’lumotlarni hamma ko’rib kuzatib turadi.
Demak, blokcheyn uchta xususiyatga ega – u markazlashmagan, oshkor va o’zgarmas. Markazlashmagan tizimning markazlashgan tizimdan nima farqi bor?
Birinchidan, ular markazlashtirilganligi sababli, barcha ma’lumotlar bitta joyda (bankda) saqlanadi, agar bu tizim biror sababga ko’ra yopilsa, hech kim o’zi ega bo’lgan ma’lumotlarga kira olmaydi. Markazlashtirilgan tizimda ma’lumotlar bitta tashkilot tomonidan saqlanmaydi, bu yerda ma’lumotlarning har biri tarmoqqa tegishli bo’ladi.
Markazlashmagan tarmoqda siz biror firma bilan aloqa qilmoqchi bo’lsangiz, bank ishtirokisiz to’g’ridanto’g’ri aloqada bo’lishingiz mumkin. Sizning pulingiz faqat siz va o’zingiz uchundir. Bankka bormasdan, pulni bankdan o’tkazmasdan, xohlagan kishingizga yuborishingiz mumkin. Masalan, mobil telefon orqali. Bu tizimda hamma narsa ochiq-oydin bo’ladi. Bunday shaffoflik darajasi ilgari hech qachon moliyaviy tizimda bo’lmagan.
Shuningdek, blokcheynda o’zgarmaslik xususiyati muhim o’rin tutadi. Bu blokcheyn tarkibiga biror o’zgartish yoki ma’lumot kiritilsa, keyin uni buzib bo’lmasligini anglatadi. Bu moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Masalan, odamlar tovarlar bilan ishlaganda, firmaning hisob raqamini chetlab o’tsalar, qancha pullarni o’g’irlash mumkin bo’lardi. Blokcheynda kriptografik xesh algoritm funktsiyasi amal qiladi. Qay tarzda blokcheynlar o’zgarmaslikka erishishi haqida kitobning dastlabki boblarida aytib o’tganmiz.
Blokcheyn – bu tizim ishtirokchilari vositachisiz bir-biriga aktivlarini ishonchli tarzda uzatish imkonini beruvchi texnologiyadir. Masalan, blokcheynda pul o’tkazmalari haqidagi hujjatlarni saqlash mumkin. Blokcheyndan aynan kim, kimga va qancha virtual pul o’tkazganligi to’g’risidagi hujjalarni qayd qilish uchun foydalaniladi. Biroq unda boshqa aktivlarni ham saqlasa bo’ladi. Umuman, blokcheynda yozuvlarni almashtirish va soxtalashtirishning aslo iloji yo’q.
Blokcheyn g’oyasining yorqin namunasi – bu Ethereum kompaniyasidir. Unga Rossiyaning Kolomna shaharchasida tug’ilgan, hozir Kanadada yashayotgan 19 yoshli dasturchi Vitaliy Buturen asos solgan. Bu platforma blokcheynda ilovalar yaratish uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda Ethereum kompaniyasi 703 milliard dollarga baholanayapti.