Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti 1- bosqich 103- guruh talabasi Yusupova Noilaning kimyoviy hisoblash fanidan tayyorlagan slaydi


Elementning yadro zaryadlari bir xil, lekin massa sonlari turli olia bolgan atom turlari izotoplar deyiladi



Yüklə 114,6 Kb.
səhifə2/3
tarix13.04.2023
ölçüsü114,6 Kb.
#97519
1   2   3
yadro reaksiyalari Noila

Elementning yadro zaryadlari bir xil, lekin massa sonlari turli olia bolgan atom turlari izotoplar deyiladi.
Har qaysi izotop ikkita kattalik: massa soni (tegishli kimyoviy element belgisining chap tomoni yuqorisiga yoziladi) va tartib raqami (kimyoviy element belgisining chap tomoni pastiga yoziladi) bilan xarakterlanadi.
Elementning atom massasi uning barcha tabiiy izotoplari massalarining shu izotoplarning tarqalganlik darajasi e’tiborga olingan o‘rtacha qiymatiga teng.
Masalan, tabiiy xlorning 75,4 foiz massa soni 35 bolgan izotopdan va 24,6 foiz massa soni 37 bolgan izotopdan iborat: xlorning o'rtacha atom massasi 35,453. 
Yadro reaksiyalari — bu atom yadrolarining elementar zarrachalar bilan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasidao‘zgarishidir. Bunday reaksiyalarning tenglamalarini yozish massa va zaryadning saqlanish qonunlariga asosiangan. Bu degan so‘z, tenglamaning chap qismida massalar yig‘indisi bilan zaryadlar yig'indisi tenglamaning o‘ng qismidagi massalar yig'indisi bilan zaryadlar yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak, demakdir
Siklotron qurilmasi yaratilgandan (1930) keyin juda ko‘p turli-tuman yadro reaksiyalari kashf qilindi va tekshirildi.Yadro reaksiyalarining tenglamalarini qisqacha yozish ko‘p qollaniladi. Dastlab boshlanglch yadroning kimyoviy belgisi yoziladi, so‘ngra (qavs ichida) reaksiyani vujudga keltirgan zarracha va reaksiya natijasida hosil bolgan zarracha qisqacha belgilanadi, shundan keyin hosil boigan yadroning kimyoviy belgisi qo‘yiladi. Bunda boshlangich va hosil bolgan yadrolaming simvollarida faqat massa sonlari qo‘yiladi,chunki yadrolarning zaryadlarini D.l.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasidan oson aniqlash mumkin. 
Yemirilish davri 2 guruhga ajraladi.bular 1.Alfa yemirilish 2.Beta-yemirilish ALFA-YEMIRILISH (a-yemirilish, parchalanish) — oʻz-oʻzidan radioaktiv yemirilish jarayonida atom yadrolaridan a-zarralarning ajralib chiqishi. BETA-YEMIRILISH (Remirilish, parchalanish) —atom yadrolarining elektron va antineytrino yoki pozitron va neytrino chiqarib radioaktiv yemirilishi (parchalanishi). 
Beta-yemirilishning uch tipi maʼlum: elektron yemirilish (neytronning protonga aylanishi), pozitron yemirilish (protonning neytronga aylanishi) va elektron qamrash. Elektronlar chiqarganda yayaro elementlarning davriy sistemasivya oʻzidan keyin turgan kimyoviy element izotopiga, pozitronlar chiqarganda oʻzidan oldin turgan element izotopiga aylanadi. Elektron Beta-yemirilishda yadro zaryadi 1 ga koʻpayadi, pozitron Beta-yemirilishda 1 ga kamayadi; massa soni oʻzgarmaydi. Beta-yemirilish yadro kuchlari muammosiga bogʻliq masalalardan biridir. Yadro kuchlari elektromagnit va gravitatsion kuchlarga mutlaqo oʻxshamaydi. Bu kuchlar yadroning ikki zarrasi bir-biriga juda yaqin kelgandagina namoyon boʻladi. Ikkinchidan, bu kuchlar almashinish xususiyatiga ega, yaʼni zarralar uzoqlashganda bir-biriga tortiladi, yaqinlashganda esa itariladi va zarralar bir-biriga aylanadi.
Mac, neytron protonga, proton esa neytronga aylana oladi. Demak, proton va neytron ayni bir zarraning ikki xil holatidir. Yadro tarkibida hech qanday oʻzgarish roʻy bermaydi. Baʼzan, zarralar oʻzaro almashinadi. Bunday hodisa beqaror yadrolardagina kuzatiladi. Radioaktiv yadrolar tarkibida yo neytron, yoki protonlar ortiqcha boʻladi. Neytronlardan biri protonga aylansa, yadro turgʻun holatga oʻtadi. Bunda zaryadlar muvozanati saqlanishi uchun elektron yadrodan tez chiqib ketadi. Bu holda Rnurlanish roʻy beradi. Agar yadroda ortiqcha protonlar boʻlsa, ulardan biri neytronga aylanishi mumkin. Bunda musbat elektron (pozitron) hosil boʻladi va tez yadrodan chiqib ketadi. Neytronning oʻzi beqaror zarradir. U uzoq vaqt yadrodan tashqarida boʻlsa, oʻzoʻzidan proton va elektronga boʻlinadi. Proton yadroning elektron qobigʻidan elektron kamrashi natijasida proton neytronga aylanadi. Koʻpincha, yadroga eng yaqin Kqobiqdan elektron qamraladi,Kqamrash deb shuni aytiladi. Kkamrashda Kqobiqdagi boʻshagan joyga yuqoriroq qobiqlardan elektronlar oʻtadi, bunda foton ajraladi. Umuman olganda Beta-yemirilish jarayoni qator murakkab masalalarni oʻz ichiga oladi. Bulardan
Rnurlanishda radioaktiv atomdan elektronlar katta energiya b-n otilib chiqadi. Bu elektronlar energiyasi har xil usullar bilan (mas, magnit maydonida elektronlarning ogʻishini oʻlchash yoʻli b-n) aniqlanadi (q. Betanurlar detektoroʻ). Kvant mexanika qonunlariga muvofiq, yadroda muayyan miqdordagina energiya boʻlishi kerak. Haqiqatan yadro yemirilishda diskret miqdordagi energiyaga ega boʻlgan azarralar va unurlar tarqatadi. Shu sababli r-nurlanishda ham aynan shu holni kuzatish mumkin. Muayyan izotop yadrosi chiqaradigan elektronlar noldan maksimal qiymatgacha uzluksiz energiya taqsimotiga (spektrga) ega boʻladi. Demak, energiya uzluksiz taqsimlanar ekan. Bizni energiya taqsimoti uzluksizligi emas, balki energiyaning qayoqqa sarf boʻlishi qiziktiradi. Odatda, ajralib chiqqan toʻla energiya hisoblanganda u spektr qiymatiga teng boʻlib chiqadi va barcha elektronlar energiyasi yigʻindisi umumiy energiya qiymatidan kam energiya b-n tarqaladi. Qolgan energiya qayoqqa ketadi? Energiyaning saqlanish qonuni Beta-yemirilishda buziladimi? Harakat miqdori momentining saqlanishi yoki spin saqlanishi ham goʻyo buzilgandek boʻladi. 
V. Pauli B. ye. da saqlanish qonunlari goʻyo buzilar ekan, demak, bu jarayon notoʻgʻri talqin etilgan, deb fikr yuritdi. U yangi zarra paydo boʻlishini aytdi. Beta-yemirilishda kam energiyali va harakat miqdoriga ega neytral zarra ham ishtirok etadi. Lekin bu holni tajriba davomida kuzatish kiyin. Har bir jarayonda muayyan miqdorda energiya ajralib chiqadi va bu energiya zarralar orasida ixtiyoriy ravishda taqsimlanadi, elektronga esa, sharoitga qarab, shu energiyaning har xil ulushi toʻgʻri keladi. Shunday qilib, Beta-yemirilishda p*rQe emas, balki p—>rQeQlskuzatiladi, bundar— proton, «—neytron, x — neytral zarra. E. Fermi bu zarrani «neytrino» deb atadi. Bu italyancha «neytroncha» demakdir. Hozir bu zarra a«ntineytrino» deyiladi. Proton parchalanishida paydo boʻlgan zarra «neytrino» deb yuritiladi. Formulada v—neytrino. Neytrino va antineytrinoning tinch holatda massasi boʻlmaydi. Elektron va antineytrino energiyalarining yigʻindisi neytron va proton massasining ayirmasidan iboratdir, lekin elektron energiyasi miqdori har xil boʻlishi mumkin, chunki xar bir yemirilishda energiya har xil miqdorda taqsimlanadi. Ikki elektron chiqarish bilan (A, Z) yadro (A, ZQ2) yadroga aylansa, qoʻsh B. ye. sodir boʻladi. Bunda v va v (neytrino va antineytrino) ayniy yoki ayniy emasligiga qarab Beta-yemirilish ikki xil sxemaga ega boʻladi (q. Radioaktivlik).

Yüklə 114,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin