Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etishning asosiy tamoyillari.
1. Malakaviy pedagogik amaliyotning DTSga muvofiqligi.
2. O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi qonuniala talablari asosida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida»gi Nizomga mosligi.
3. Malakaviy pedagogik amaliyotning Pedagogika instituti o’quv rejalari va amaliyot dasturlariga muvofiqligi.
4. Malakaviy pedagogik amaliyotda nazariya va amaliyot birligi.
5. Malakaviy pedagogik amaliyot natijalari muhokamasida oshkoralik.
6. Malakaviy pedagogik amaliyot natijalarini baholashda amaliyot ta’lim muasasasi rahbarlarining ob’yektivligi.
Malakaviy pedagogik amaliyot jarayonida kasbiy pedagogik ko’nikma asoslarini egallash:
1. Amaliyotchi – talabaning dars jarayonida mustaqil ijod etish va izlanish lozimligi.
2. Amaliyotchi — talaba va o’quvchining ta’lim jarayonida hamkorlikdagi faoliyatini rivojlantirish.
3. Pedagogik faoliyatni joriy va istiqbolli rejalashtirish va uni amalga oshirish.
4. O’quvchilar jamoasining ijtimoiy – psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’quv – tarbiyaviy vazifalarini belgilash.
5. O’quv – tarbiyaviy ishlarni kuzatish va tashkil qilish, unga tuzatishlar kiritish.
6. O’quvchilar, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota – onalar va bola tarbiyasida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan hamkorlik qilish. Amaliyotchi – talaba faoliyati mazmunining tarkibiy bosqichlari.
Dostları ilə paylaş: |