1.Malakaviy amaliyotni tashkil etishning asosiy mezonlari:
-Amaliyotning mazmuni va vazifalari hayot bilan bog'liq bo'lishi;
-Maktab, kollej, akademik litsey o'qituvchilariga zamonaviy talablar;
-Amaliyotda boshqarish tizimini takomillashtirishda hozirgi zamon menejment nazariyalarini tadqiq etishi;
-Maktab, kollej, akademik litseyda fanlararo aloqani amalga oshirilishi;
2. Malakaviy amaliyot oldida turgan vazifalar:
-Boshqaruvga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish kasbiy ko'nikma va malakalarga ega bo'lishliri;
-Maktabda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda menejment tamoyillarini qo‘llash va tadqiqotlar o‘tkazish;
-Ta’lim xizmatlari bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va boshqarish;
-Boshqarishning namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va qo‘llash;
-Aniq pedagogik vazifalarni hal etish jarayonida jamiyatshunoslik, psixologiya, pedagogika va maxsus fanlar bo'yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish va boyitish;
-Kasbiy malaka va ko'nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirish;
-Pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy izlanuvchan, yondoshuvchan va o'z mehnati natijalarini tahlil eta olish malakalarini o'stirish;
-Bolalar va o'smirlar bilan o'quv tarbiyaviy ishlarni olib borishda o'zbek milliy madaniyati an'analaridan foydalanish va amaliyotda ilg'or pedagogik tajriba bilan tanishish.
Dostları ilə paylaş: |