Navoiy davlat pedagogika instituti "tarix" kafedrasi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə43/100
tarix05.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#173032
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100
Navoiy davlat pedagogika instituti “tarix” kafedrasi-fayllar.org

2005-yilning 14-15-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezi-denti I.Karimovning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tashrif chog‘ida ikki tomonlama aloqalami yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga xizmat qiladigan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma imzolandi.
Ushbu shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlaming yangisifat darajasiga ko‘tarilganining ifodasi bo‘ldi. Boshqacha aytganda, endilikda sho‘rolar amaliyoli davridagidan tubdan farq qiladigan yangi falsafiy yondashuvga, jumladan, strategik istiqbolga ega bo‘lgan umumiy manfaatlaming inobatga olinishiga asoslangan it-tifoqchilik munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga imkon yaratdi.
So‘nggi yillarda Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari ikki davlat rahbari-I.Karimov va Vladimir Putixming siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari tufayli jadal va izchil rivojlanib bormoqda. Bunday tendensiya nafaqat siyosiy muloqot, balki savdo-iqtisodiy, harbiy, harbiy-texnikaviy hamkorlik, gumanitar hamda madaniy sohalarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Ma'lumki, ittifoqchilik shartnomasini tayyorlash bo‘yicha ama-liy faoliyat bir necha yil ilgari boshlanib, 1999-yilning 11-dekabrida Harbiy va harbiy-texnikaviy sohada har tomonlama hamkorlik-ni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Shartnoma hamda 2004-yilning iyunida imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shart-noma ikki davlat o‘rtasidagi aloqalaming yanada yaqinlashuvida muhim bosqich vazifasini o‘tagan edi. Jumladan, strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomada global tahdidlar, birinchi galda, terrorizm va diniy ekstremizm kabi xavf-xatarlami nazarda tutgan holda strate-gik sheriklikni amalga oshirish zamr ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, ushbu hujjatda harbiy hamkorlik to‘g‘risida ham batafsil so‘z yuriti-ladi. Chunonchi, unda har ikkl mamlakat yoki birining manfaatlariga tahdid soladigan vaziyat vujudga kelgan taqdirda, ulami bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab qo‘yilgan. Bir so‘z bilan aytganda, Oʻzbekiston va Rossiya o‘rtasida imzolangan mazkur ittifoqchilik shartnomasi ikki mustaqil davlat va xalqlaming o‘zaro yaqinlashuvi jarayonining mantiqiy bosqichidir.
Yangi shartnoma tufayli Rossiya va Oʻzbekiston o‘rtasidagi mu-nosabatlar tom ma'noda ittifoqchilik mazmuniga ega bo‘lmoqda. Endilikda Oʻzbekistonga nisbatan agressiv xatti-harakatlar dunyodagi eng qudratli davlatlardan biri-Rossiyaga qarshi tajovuzni anglatadi. Masalan, ittifoqchilik haqidagi shartnomaning 2-bandida ta'kidlanishicha, «taraflardan biri qarshi muayyan davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan sodir etilgan agressiya har ikki tomonga sodir etilgan tajovuz hisoblanadi». Ushbu hujjatda tinchlikka xavf solishi yoki taraflardan birining xavfsizligiga raxna qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlami bartaraf etish chora-tadbirlarini kelishgan holda birgalikda amalga oshirish zamrligi haqidagi qoidalari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻz-o‘zidan ayonki, bu o‘rinda so‘z, awalo,terroristiq tahdidlar haqida bormoqda. Bu xatar qanchalik jiddiy eka-nini Andijon shahrida yuz bergan qonli voqealar, xususan, xorijdan moliyalashtirilgan bir guruh terroristlar tomonidan Oʻzbekistondagi konstitutsion tuzumni ag‘darib, o‘rta asr xalifaligini o‘matishga urinishlarini yaqqol namoyon etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Pre-zidenti I.Karimov ushbu voqealar munosabati bilan bergan interv-yusida «Andijondagi fojiani amalga oshirgan kuchlar ko‘zlagan maqsadidan qaytmayotgani, xalqaro maydonda biz haqimizda turli mish-mishlarni tarqatayotgani, huzg‘unchi g‘oyaiarni ilgari surayotgani-barchamizdan atrofdagi voqealarga loqayd bo‘lmaslik va ogoh boiishni taqozo etmoqda» («HapoflHoe cjiobo», 2005-yil 17-noyabr).
Rossiya Prezidenti V.Putin, o‘z navbatida ta’kidlaganidek, «Shartnoma ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlami mutlaqo yangi sifat darajasiga ko‘taradi. Rossiya va Oʻzbekiston mintaqada barqarorlik va taraqqiyoʻlga erishish yo‘lida kuchlari, zaxiralari, ul-kan gumanitar salohiyatlarini birlashtirmoqda» («HapoAHoe cjiobo», 2005-yil 23-noyabr).
Shartnomaning iqtisodiy jihatlari ham e’tiborga loyiqdir. Jum-ladan, Rossiya va Oʻzbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va mo-liyaviy aloqalar yanada yuqoriroq bosqichga ko‘tarildi, ikki mam-lakat tadbirkorlariga qo‘shimcha imtiyozlar yaratildi, o‘zaro hamkorlikning turli sohalaridagi to‘siqlar bartaraf etildi. Ta'kidlash joizki, Moskvada imzolangan mazkur shartnoma har ikki tomon uchun teng huquqli va o‘zaro foydalidir. Masalan, uning Oʻzbekiston xavfsizligini ta’minlash, mahalliy korxona va tadbirkorlaming ulkan Rossiya bozoriga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgani uning naqadar katta ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Binobarin, Rossiya Federatsiyasi uchun ham ushbu shartnomaning ahamiyati beqiyosdir. Deylik, chegarani tan olmaydigan tez tarqalib borayotgan terrorizmga qarshi birgalikda kurashish, iqtisodiyot, madaniyat, san’at, sog’liqni saqlash, ta'lim va fan kabi sohalarda ikki tomonlama aloqalaming rivojlanishidan Rossiya ham shubhasiz manfaatdordir.
Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzola-nishi oliy darajadagi aloqalaming, ayniqsa, parlamentlararo muno-sabatlar rivojiga ijobiy ta'sir etdi. Hozirgi davrda ikki mamlakat par-lamentlari o‘rtasidagi aloqalar, birinchi galda, qonunchilik faoliyati, delegatsiyalar almashuvi sohasida izchil rivojlanib bormoqda. 2005-yilning 18-20-mayida Rossiya Davlat Dumasining MHD hamda va-tandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi A.Kokoshin rahbarligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Boʻlib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida parla-ment maslahatlashuvlarini ortiqcha rasmiyatchiliksiz jadallashtirish masalasi muhokama etildi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin